3 amaliy ish Ta’mirlanadigan detalni payvandlash-kavsharlash ishlariga tayyorlash Ishning maqsadi
Download 259,09 Kb.
|
Амалий иш -3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism
№3 amaliy ish Ta’mirlanadigan detalni payvandlash-kavsharlash ishlariga tayyorlash Ishning maqsadi: payvandlash chokining mavjud turdagi qirralari, o`lchamlari va shakllarining ishlanmasi bilan tanishish, qirralarni X - va V – ko`rinishli ishlanmasiga tayyorlashni o`rganish. Nazariy qism Ta’mirlanadigan detal nosozligining jihatiga bog`liq holda uni payvandlashga tayyorlash quyidagilardan iborat: tiklanuvchi joyni dastlab tozalab, turli uslublarda kavsharlashdan; payvandlash gorelkasida qizdirish bilan yoriqlar qirralarini aniqlash; kern yordamida, yoriqlarning qirralarini parmalash bilan payvandlanuvchi elementlarni payvandlash uchun qirralariga (kerakli joyiga) ishlov berish, payvandlanuvchi elementlarni yig`ish va birlashtirish. Qirralarining ishlovi va payvandlash chokining shakliga qarab va o`lchamlarini tanlashda quyidagi standartlardan foydalanish mumkin: GOST 5264-80 (dastakli yoyli payvandlash), GOST 14771-76 (himoya gazlarida yoyli payvandlash) GOST 8713-70 (flyus ostida avtomatik va yarimavtomatik payvandlash). Payvandlash uchun qirralar ishlovi turini (I-,V-,K-,X-,U- ko`rinishli, 3.1-rasam) tanlashda ularning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini inobatga olish zarur. Shunday qilib, I-ko`rinishli (qirralari tekis, qiyaliksiz) ishlov eng foydali hisoblanadi. V-ko`rinishlisiga (bir tomonlamaligi) nisbatan, K- va X-ko`rinishli qirralarining ishlovi (ikki tomonlamaligi) foydali bo`lib hisoblanadi. Biroq ularning qo`llanishi, payvandlash birlashmasining har ikki tomoniga o`tishi ta’minlanmasa, ruxsat etilmaydi. Noto`g`ri yoriqlarni payvandlashda V-ko`rinishli ishlov qo`llanadi. To`g`ri yoriqlarni esa, ayniqsa detal yoki konstruktsiyaning qalin elementlarida, X-ko`rinishli (agar, albatta, yoriqlarning har ikkala tomonidan mumkin bo`lsa) ishlovni qo`llash maqsadga muvofiq. Yoriqlar ishlovi o`lchamlari payvandlashning berilgan usuliga bog`liq. 3.1-rasm. qirralarni va payvandlash chokini tayyorlash o`lchamlari va shakli: a — I -ko`rinishli (qirralari tekis) bir tomonlama uch ma-uch chok; b — xuddi shunday, metall (qoluvchi) tagligi bilan (1); v — I-ko`rinishli (qirralari tekis) ikki tomonlama uchma-uch chok; g — V-ko`rinishli uchma-uch chok chok negizini (2) tayyorlash bilan; d — V-ko`rinishli ko`po`tishli uchma-uch chok (raqamlar o`tish-qatlam sonini ko`rsatadi); e — X-ko`rinishli ikki tomonlama uchma-uch chok; j – burchakli chok (vertikal elementi qirrasining qiyaligisiz); z — kavsharlashda valiklarning joylashuvi (kavsharlangan metall shtrixlangan, punktir bilan birlashuvchi elementlari qirralarining birlamchi ishlovi ko`rsatilgan). Ishlov berishdan avval boshida yoriqlarning uchlarini, masalan, detalni gazli gorelka alangasida qizdirib, so`ngra esa yoriqlarning qirralarini uning butun chuqurligida (yoriqning diametri 8-10mm) kernlash va parmalash yo`li bilan aniqlab olish zarur. Yoriqning ishlanmasidan keyin kuchlanganlik nakladkasini qo`yishda detalning yuzasidan chok kuchayganlini bir tekisda tozalash, to`g`rilash va kuchayuvchi nakladkani tutib turish kerak. Kavsharlashda detalning tiklanuvchi joyi metali yaltirashgacha tozalanadi.
Download 259,09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling