3 amaliy ish Ta’mirlanadigan detalni payvandlash-kavsharlash ishlariga tayyorlash Ishning maqsadi


Download 259.09 Kb.
bet2/2
Sana19.12.2021
Hajmi259.09 Kb.
#181766
1   2
Bog'liq
Амалий иш -3

Chok(valik)ning o`lchamlari. Yoriqlarni payvandlash yoki payvandlab yamashda kavsharlangan metall Fn yuzasining ko`ndalang kesimi (3.1-rasmda shtrixlangan joylari) sof geometrik hisoblar bilan bajariladi, bunda chokning kuchlanganlik balandligini odatda payvandlanuvchi elementlarning (0,10,3) hv qalinligi oralig`ida belgilanadi. Payvandlanuvchi elementlarning qalinligi (yoriqning chuqurligi) oshib borishi bilan ushbu nisbat o`sib boradi. Chokning kuchlanganlik Fu ko`ndalang kesimining (yoki kavsharlangan valikning) yuzasini taxminan Fu=0,75bhv formulasi bo`yicha hisoblash mumkin, bunda: b- chok(valik)ning eni; hv –chok (valik) kuchlanganligining balandligi.

Chokning eni va chuqurligi hisoblanmaydi. Ularning o`lchamlari payvandlash rejimining ko`pgina parametrlariga: payvandlash toki kuchiga, elektroddagi tok zichligiga, yoy kuchlanishiga, payvandlash tezligiga, elektrodning qiyalik burchagiga, chok ishlanmasidagi yoki kavsharlanuvchi yuzasi bo`yicha uning (manipulyatsiyasi) ko`chishi xarakteriga, chokning fazodagi holatiga va payvandlashning boshqa shartlariga bog`liq. Shu sababdan chokning eni va chuqurligini aniqlashda (baholashda) yuqorida keltirilgan GOSTlardan tashqari payvandlash bo`yicha ma’lumot materiallari [4] yoki maxsus adabiyotlardan foydalanish zarur. Ta’mirlanayotgan detalning eyilgan joylari odatda alohida valiklar yordamida kavsharlash yo`li bilan ularni qoplash 0,30,5 kenglik doirasida valikning b1 enida (3.1-rasm, z qaralsin) tiklanadi.

Chokning barcha o`lchamlaridan (3.1-rasmga qaralsin) kavsharlangan metallning ko`ndalang kesimini aniqlash (sof geometrik hisob yoki formulalardan hisoblash) xammasidan osonrog`idir.

Dastakli elektr yoy yordamida kavsharlashda valiklarning o`lchamlarini taxminan quyidagi formulalar bo`yicha hisoblash mumkin:


b = (2  4)del, (3.1)
hv = (0,8  1,2)del (3.2)

bunda: delelektrod diametri, mm. Valiklarning qoplanishi s q (0,250, 33)b oralig`ida qabul qilinadi.

Yoyli kavsharlashning boshqa usullarida kavsharlangan valikning enini va balandligini baholash uchun bir valikning ko`ndalang kesimi Fn(s)q 0,30,7sm2 yuzasi va hv/bq0,10,3 nisbat berilishi, shundan so`ng ikki tenglamani baravar echish tavsiya etiladi:
Fn(s) = 0,75bhv (3.3)
hv/b = 0,1  0,3 (3.4)
Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, Fn(s) o`sishi tok kuchining oshishi, deyarli yoy kuchlanishiga bog`liq emas va payvandlash tezligining oshishi bilan kamayadi, hv/b nisbat esa tok kuchining kamayishi va yoy kuchlanishini ko`tarilishi bilan kamayadi hamda payvandlash tezligining ko`payishi bilan oshib boradi.

Payvandlash rejimi parametrlarini tanlashda, payvandli (kavsharlangan) birlashmaning maksimal unumdorligiga va yuqori sifatiga material va elektroenergiyaga eng kam sarfni ta’minlovchi parametrlar optimal hisoblanishini yodda tutish lozim.


Nazorat savollari
1. Ta’mirlanadigan detalni payvandlash-kavsharlash ishlariga qanday tayyorgarlik zarurati bor?

2. qirralar ishlovining qanday turlari mavjud?



3. Chokning asosiy o`lchamlarini va ular o`lchamlariga ta’sir qiluvchi parametrlarini sanab o`ting.

4. Birlashtiruvchi detal qirralari ishlovining turini tanlashda nimaga e’tibor berish kerak?
Download 259.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling