№3-amaliy mashg‘ulot Avtomatika vositalarini shchit va pultlarga o’rnatish. Ishning maqsadi
Download 261.72 Kb. Pdf ko'rish
|
ASLO\'S 2-S 3-amaiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism
№3-amaliy mashg‘ulot Avtomatika vositalarini shchit va pultlarga o’rnatish. Ishning maqsadi: Shchit va pultlarda avtomatlashtirish vositalarini va asboblarni joylashtirishni ko’rib chiqish, joylashtirishga qo’yiladigan talablar bilan tanishish. Nazariy qism Avtomatlashtirish vositalarini va asboblarni shchit va pultlarda texnologik jarayon ketishi boʻyicha chapdan oʻngga qarab boshlangʻich bosqichlardan boshlab yakunlovchi bosqichga qarab joylashtiriladi. Agar koʻp seksiyali shchitlar ishlatilsa, unda xar seksiyada texnologik jarayonning qaysidir zvenosiga (qurilmasiga) mansub asboblar oʻrnatiladi. Bunda, koʻp ishlatiladigan, asosiy parametrlar markazga, kam ishlatiladiganlari chetda oʻrnatiladi. Bir seksiya ichida oʻlchov asboblari simmetrik ravishda oʻrnatiladi. Operator uchun optimal nazorat zonasi 1300-1650 mm, boshqarish organlarining optimal joylashish zonasi 1100-1440 mm hisoblanadi. Shchitning balandligi boʻyicha 2,3 va xatto 4 qator oʻlchov asboblari joylashtirilishi mumkin. Toʻrt qator oʻlchov asboblarini 700-2100 mm. chegarada joylashtirish mumkin. Ammo, pastki, tavsiya qilinadigan chegara 900 - 1200 mm boʻlgani yaxshi. Oʻlchov asboblari orasidagi masofa 40-80 mm., oʻlchov asbobidan panel chetigacha masofa 100 mm. boʻlishi tavsiya qilinadi. Bu masofalar oʻlchov asboblari ostidagi yozuvlarni ham hisobga oladi. Koʻrsatuvchi asboblarni 800 - 1900 mm. balandlikda, yozuvchi asboblarni 900 - 1800 mm, rostlovchi asboblarni 900 - 1900 mm, nazorat asboblarini esa, 800 - 1600 mm balandlikda oʻrnatish tavsiya etiladi. Ramkadagi yozuvlar qisqa, aniq va element vazifasini toʻliq ifodalashi kerak. Odatda uch panelli shchitlarni ishlatish koʻproq tavsiya qilinadi. Ularda pastki panel dekorativ hisoblanadi, oʻrtadagi panelga yozuvchi asboblar va boshqarish organlari, hamda, katta oʻlchamli koʻrsatuvchi asboblar oʻrnatiladi. Tepa panelda signal armaturasini va kichik oʻlchamdagi koʻrsatuvchi asboblarni joylashtiriladi. Koʻp sonli nasoslar va har xil mexanizmlar elektr yuritmalarini boshqarish va signallash apparaturalarini operator tomonidan boshqarishni yengillatish uchun mnemosxemalar yaratiladi. Shchitlarning ichki yuzalarida avtomatlashtirish vositalarini joylashtirish. Shchitlarning ichki yuzalarida avtomatlashtirishning yordamchi vositalari joylashtiriladi: rele, transformatorlar, elektr manbalar, yoqib oʻchirgich panellari, qisqa tutashdan saqlagichlar, reduktorlar, filtrlar hamda rostlagich va funksional bloklar. Elektr va pnevmatik qurilmalarni ularning konstruktiv xususiyatlarini hisobga olgan holda joylashtiriladi. Odatda elektr jihozlar shchitlarning chap tomonida va pnevmojihozlar oʻng tomonida joylashtiriladi (orqa tomonidan qaraganda). Jihozlar shchit asosidan quyidagi balandlikda oʻrnatiladi: -transflrmatorlar, manbalar, yuritgichlar, shchitning yorituvchi lampalar, qoʻngʻiroqlar 1700-2000mm, -rostlagichlar, funksional bloklar, rels 600-1800mm, -Yoqib-oʻchirgichlar, avtomatlar, razetkalar 700-1700mm, -Manometrlar 700-1800mm, -pnevmatik manba jihozlari-reduktor, filtr 300-700mm, -kommutatsion qisqichlar (k3) 350-1900mm, -havo kollektori 250-500mm. Shchitlarga elektr manba manba shchiti ESHP-2m orqali beriladi. Unda odatda 2ta paket oʻchirgich va 4ta qisqa tutashdan saqlagich boʻladi. Havo manbai odatda 1 20 nishab bilan havo kollektori orqali beriladi (dy=20- 50mm). Odatda kollektor oxirida yigʻilgan kondensatni tushirib yuboruvchi qurilma oʻrnatiladi. Eni 600mm boʻlgan shchitlarda 4ta havoni tayyorlash qurilmasi, 800mm likda 5ta va 1000mm da 6ta qurilma boʻlishi mumkin. Kommutatsion qisqichlarning (K3) sonini va joylashish joyini aniqlash. Kommutatsion qisqichlar ichki va tashqi elektr jihozlar simlarini ulash uchun ishlatiladi. Shuningdek, shchitning har xil seksiyalarida joylashgan yoki har xil shkaflarda joylashgan qurilmalarni ulashda ishlatiladi. Shchitning bir seksiyasida joylashgan qurilmalarni ulashda kommutatsion qisqichlardan foydalanilmaydi. Shuningdek termoparani ikkilamchi oʻlchov asbobiga ulashda ham kommutatsion qisqichlar ishlatilmaydi. Kommutatsion qisqichlar odatda shchitning umumiy koʻrinishida, orqa tomondan koʻrinish (montaj-kommutatsiya) chizmasida koʻrsatiladi. Kommutatsion qisqichlar sonini prinsipial elektr chizmalardan va oʻlchov asboblarining texnik xarakteristikalaridan olinadi. Qisqichlar odatda gruppalanadi: agregatlar boʻyicha oʻlchash, rostlash, boshqarish va signallash tizimlari boʻyicha va ishlatiladigan kuchlanish boʻyicha (36v va 220v) 220v kuchlanish bilan ishlovchi simlar qopqoqlangan boʻlishi yoki ogohlantiruvchi yozuvlar bilan ogohlantirilgan boʻlishi kerak. Qisqichlar guruhlarini bir-biridan erkin qisqichlar yoki markirovka qiluvchi kolodkalar ajratib turadi. Har bir qisqichlar guruxida rezerv qisqichlar hisobga olinadi. Odatda har 6ta qisqichga 1ta rezerv qisqich, 7-16 qisqichga 2ta, 17-32 qisqichga 3ta rezerv qisqich hisobga olinadi. Kommutatsion qisqichlar odatda gorizontal ravishda joylashtirilib oldi tomondagi yoki yon tomondagi panellarga oʻrnatiladi. Oʻrnatilish balandligi 350- 800mm. Pultlarda kommutatsion qisqichlar yon devorda 350mm balandlikda gorizantal ravishda oʻrnatiladi. Agar qisqichlar 2 qator boʻlsa, unda ular orasidagi masofa 200mmdan kam boʻlmasligi kerak. Agar shchitga impuls trubalar olib kelinsa, unda “pereborochnыy soyediniteli” (PS)lar oʻrnatiladi. Ular (PS) shchitning yon devoriga oʻrnatiladi. Elektr ulash simlarini tanlashda mumkin boʻlgan tok “yuklamasi” hisobga olinadi. Odatda polixrolvinil izolyatsiyali mis simlar ishlatiladi. Simlarning kesim yuzasi 0,35, 0,5, va 1mm2 boʻlishi mumkin. Impuls trubkalar vazifasiga qarab, ichidagi moddaning kimyoviy xususiyatiga qarab, oʻlchov asboblariga ulanish razmerlariga qarab tanlanadi. Shchit ichida ham tashqi ulashda ishlatiladigan trubkalar ishlatiladi. Qoʻshimcha polietilen, polivinil xloridli, poʻlat va mis trubkalardan foydalaniladi. Ulash gorizontal hamda vertikal ravishda eng qisqa yoʻl boʻyicha tortiladi. Download 261.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling