№3-amaliy mashg‘ulot Avtomatika vositalarini shchit va pultlarga o’rnatish. Ishning maqsadi
Shchit va pultlarni joylashtirish
Download 261.72 Kb. Pdf ko'rish
|
ASLO\'S 2-S 3-amaiy
Shchit va pultlarni joylashtirish.
Shchit va pultlar boshqarish punktlarida va toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqarish xonalarida joylashtirilishi mumkin. Odatda sexlarda joylashgan boshqarish punktlarida shchitlar boshqarish obyektlariga yaqin joylashtiriladi va bunda jarayonni boshqarish faqat oʻlchov asboblari koʻrsatishiga qarab emas, balki jarayon ketayotgan jihozlarga ham qarab nazorat qilinadi. Baʼzi hollarda operator punktlari ishlab chiqarishda shisha toʻsiqlar (devorlar) bilan ajratilgan boʻlishi mumkin. Dispetcher boshqarish punktlari shchitlari maxsus shchit xonalariga joylashtiriladi. Shchitlarni ishlab chiqarish xonalarida joylashtirish joylarini aniqlashda quyidagilarga eʼtibor qaratish kerak boʻladi.: -shchitlarni birlamchi oʻlchov asboblariga yaqin joylashishi; -shchitlarda joylashgan oʻlchov asboblari bilan ishlashning Qo’l ayligi va obyektni yaqin nazorat qilish imkonining mavjudligi; -shchitlarga oʻtish, yoniga borish mumkinligi; -shchitdagi oʻlchov asboblari yetarli yoritilganligi; -Vibratsiyaning, issiqlik magnit va elektr maydonlarining va agressiv gazlarning yoʻqligi; -suv, bugʻ, kislotalarning tushish imkoniyatining yoʻqligi. Rasm. 3.1. Markaziy boshqarish shchitini joylashtirishga misol: 1- chap tomonidan yopiq, karkasli ikki seksiyali panelli shchit, ЩPK-2-ZL; 2 — aylanma ramali karkasli ikki seksiyali panelli shchit ЩPK-2; 3 —karkasli uch seksiyali panelli shchit ЩPK-3; 4 — oʻng tomonidan yopiq, karkasli uch seksiyali panelli shchit, ЩPK-Z-ZP; 5 - ikki seksiyali stativ S-2; 6 —tekis stativ SP; 7 — yordamchi panel, eshikli PnV-D; 8 — yordamchi panel PnV; 9 — burchakli vstavka VU; 10 — chap pult P-L; 11 — oʻrta pult P-S; 12 — oʻng pult P-P; 13 — kichik oʻlchamli shkafli shchit ЩSHM; 14 — ochiq tok beruvchi qismlari bor jihoz. Shchit xonalarini va dispetcher xonalarini loyihalashda ishchilarga komfort sharoitlarni yaratish boʻyicha qator arxitektura kompanovkalash va rejalashtirish yechimlarini hal qilish boʻyicha masalalarni ochishga toʻgʻri keladi. Shchit xonalari boshqarish obyektiga yaqin boʻlishi kerak. Shchit xonalarining yertoʻlada joylashishi, vibratsiya bor, namligi yuqori, gazlar bor, magnit maydonlarining taʼsiri katta, isitish trubalari, suv taʼminoti, kanalizatsiya, ventilyatsiya oʻtgan joylarda boʻlishi ruxsat etilmaydi. Operatorlar xonasi odatda aktiv operatorlik, nazorati va boshqaruvi zonasiga, davriy tahlil zonasiga, umumiy axborot zonasiga, mnemosxema va dam olish zonasiga boʻlinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling