MOLYAR ERITMA TAYYORLASH
.
Erituvchi moddaning bir litr
hajmida molyar massa hisobiga erigan moddaning miqdoriy
ko’rsatkichiga molyar (M) eritma deyiladi. Masalan; osh tuzining
(NaCl) 1 molyar eritmasini tayyorlashda uning molyar massasi
hisoblab topiladi, ya’ni: Na=23, Cl=35,5; demak: NaCl molyar
massasi =23g+35,5g= 58,5g ga teng.
Shunday qilib, osh tuzini 1 molyar eritmasini tayyorlash uchun bir
litrli o’lchov idishiga 58,5 g osh tuzi olinib, uning ustiga o’lchov
belgisigacha bo’lgan miqdorda distillangan suv qo’shiladi. NaCl ning
2M eritmasini tayyorlash uchun esa 117 g osh tuzi 1l suvda eritiladi.
• NORMAL ERITMA TAYYORLASH. Erituvchining 1 hajmida erigan
moddaning gramm ekvivalenti hisobiga eritilgan miqdoriga normal (N)
eritma deyiladi. Masalan, osh tuzining 1 N eritmasini tayyorlash uchun,
uning molyar massasi hisoblanadi, bu 58,5 ga teng, uning ekvivalenti
natriyning valentligi hisobiga 1ga teng. Endi 58,5:1=58,5 kelib chiqadi
demak, na ning valentligi 1 bo’lganligi sababli molyar massa o’zgarmaydi
va shuning uchun 58,5 g osh tuzi 1000 ml hajmda distillangan suv qo’shilsa
osh tuzining 1N eritmasi tayyor bo’ladi.
• Agar Cu(NO
3
)
2
ning 1n eritmasini tayyorlash kerak bo’lsa, uning molyar
massasi hisoblandi va cu ning valentligiga bo’linadi va suvda eritiladi.
Cu=64, N=14·2=28, O=16·6=96, jami 64+28+96=188cu ning valentligi 2
ga teng bo’lganligi uchun 188:2=94 kelib chiqadi. Demak, Cu(NO
3
)
2
tuzining 1N eritmasini tayyorlash uchun 94 g tuz olib o’lchov kolbasiga
ko’chirib, distillangan suv yordamida hajmi 1000 ml ga yetkaziladi
Dispers sistemalar.
• Bir modda ichida boshqa bir moddaning ma'lum darajada maydalangan zarralar
hamda tarqalishi natijasida hosil bo'lgan sistemalar dispers sistemalar deyiladi.
• Tarkibida ikki yoki bir nechta moddadan iborat bo’lgan gomogen sistema (tizim)ga
eritma deyiladi. Eritmalar erituvchi modda (dispersion muhit) va eruvchi modda
(dispersion faza) lardan tashkil topgan bo’ladi. Demak dispersion muhitda dispersion
faza zarrachalarining tekis tarqalishi natijasida eritmalar hosil bo’ladi.
• Dispersion muhit eritmaning tarkibida ko’p miqdorda bo’ladi, masalan, suyuq
eritmalar uchun suv va har xil organik moddalar erituvchi hisoblanadi. Dispersion
faza esa, aralashma tarkibida kam miqdorda bo’lib eruvchi modda (tuzlar, ishqorlar,
kislotalar) hisoblanadi.
• DISPERSION MUHIT VA DISPERSION FAZALARNING HOLATIGA QARAB
Do'stlaringiz bilan baham: |