3-amaliy mashg’ulot eritmalar. Dispers sistemalar va kolloid sistemalar


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana31.10.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1735878
1   2   3   4
Bog'liq
3-AMALIY MASHG\'ULOT. (TIBBIY VA BIOLOGIK KIMYO)

DAG'AL DISPERS SISTEMALAR.
SUSPENZIYA
EMULSIYA
bo'rning mayin kukuni va 
suv aralashmasi
sut, o'simlik moyi yoki
benzinning suv bilan
aralashmasi


• Dispers faza zarrachalari o'lchami 1 nm dan 100 nm oralig'ida
bo'lgan dispers sistemalar kolloid eritmalar, boshqacha
aytganda, zollar deyiladi. Dispers muhiti gazsimon bo'lgan
moddalar sistemasi aerozollar, dispers faza qattiq bo'lganda
tutunlar deyiladi. Agar dispers faza gaz dispers muhit
suyuqlik bo'lsa, bunday sistema ko'pik deyiladi. Kolloid
eritmalarga qon plazmasi, tuxum oqsilining suvdagi eritmasi
misol bo'ladi.
• Kolloid eritmalar mikrogeterogen sistemalardir. Kolloid
eritmalar zarrachalarini faqat ultramikroskopda payqash
mumkin. Ular oddiy filtr qog'ozidan o'tib ketadi, kichiq
teshikli ultrafiltrdan o'tmaydi. Kolloid eritmalarda
koagulyasiya hodisasi kuzatiladi. Kolloid zarrachalarning
molekulyar tortishish kuchi ta'sirida bir- biriga yopishib, 
ancha yirik agregatlar holida cho'kishi koagulyasiya deyiladi.


• Kolloid eritmalar faqat o'tuvchan yorug'likdagina tiniq bo'ladi. Chin 
eritmadan farq qilib, kolloid eritmalar qaytgan nurda, odatda, loyqaga
o'xshab ko'rinadi, bu yorug'likning tarqalishidir. Agar kolloid
eritmalardan nurlar dastasi o'tkazilsa, suyuqlikda yaxshi ko'rinadigan
yorug'lik konusi paydo bo'ladi, bu hodisa tindal effekti deyiladi.
• Kolloid sistemalar amalda katta ahamiyatga ega. Ular suvni
tozalashda, gazlarni elektr yordamida tozalashda, kauchuk ishlab
chiqarishda va qishloq xo'jaligining boshqa sohalarida ishlatiladi

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling