3-amaliy mashg’ulot: Ideal gaz qonunlari yordamida gazning holat parametrlarini aniqlash. Ideal gazning holat tenglamasini qo‘llashga doir masalalar echish. Adabiyotlar
Download 37 Kb.
|
3 -Amaliy mashg\'ulot
3-AMALIY MASHG’ULOT: Ideal gaz qonunlari yordamida gazning holat parametrlarini aniqlash. Ideal gazning holat tenglamasini qo‘llashga doir masalalar echish. Adabiyotlar: 1. Volkenshteyn V.S. Umimiy fizika kursidan masalalar to'plami. O'qituvchi. Toshkent. 1969. 2. Chertov A., Vorobev A, Fizikadan masalalar to'plami. O'zbekiston. Toshkent. 1997. Dalton qonuniga ko'ra, gaz aralashmasining bosimi ularning parsial bosimlari yig’indisiga, ya'ni har bir gaz alohida olinganida mavjud haroratda bir o'zi butun hajmni to'ldirgandagi bosimlar yig’indisiga teng bo'ladi. Gazlar kinetik nazaryasining asosiy tenglamasi quyidagi ko'rinishga egadir: bunda n - hajm birligida molekulalarning soni, -bitta molekula ilgarilanma harakatining o’rtacha kinetik energiyasi, m-molekulaning massasi va molekulaning o’rtacha kvadratik tezligi. Bu kattaliklarni quyidagi formulalardan aniqlash mumkin. Hajm birligidagi molekulaning soni bunda - Bolsman doimiysi, N0 - Avogadro soni. R=8,31∙103 j/kmol∙grad va N0=6,02∙1026 kmol-1 bo’lganligi uchun, k=1,38∙10-23 j/grad=1,38∙10 erg/grad bo'ladi. 5.15. ”1tonna qo’rg’oshin og’irmi yoki 1 tonna po’kakmi?” degan hazil savol hammaga ma’lum. Havoda o’lchangan 1T kelgan po’kakning haqiqiy og’irligi, havoda xuddi shunday 1T kelgan qo’rg’oshinning haqiqiy o’g’iligidan qancha katta ekanligi hisoblansin. Havoning harorati 17 0C bosimi esa 760 mm sim.ust. ga teng. 5.16. Vodorod to’ldirilgan 25sm diametrli bolalar sharchasining natijaviy ko’tarilish kuchi nolga teng bo’lish, ya’ni sharpa muallaq vaziytga bo’lishi uchun sharpa qobig’ining og’irligi qanday bo’lishi kerak? Sharning ichki bosimi tashqi bosimga teng. 5.17. 500C haroratda to’yingan suv bug’ining elastikligi 92,5mm sim.ust.ga teng bo’lsa, bu bug’ning zichligi nimaga teng? 5.18. 150C harorat va 730mm sim.ust. bosimdagi vodorodning zichligi topilsin. 5.19. 100C harorat va 2·105N/m2 bosimdagi biror gazning zichligi 0,34 kg/m3ga teng. Bu gaz bir kilomolining massasi nimaga teng? 5.20. Hozirgi zamon laborotoriya usullari bilan idishdagi havo so’rib olinib, u juda yaxshi siyraklashtirilgan (p=10-11mm sim.ust.) bo’lsa, idishdagi havoning zichligi nimaga teng? Havoning harorati 15 0C ga teng. 5.21. 70C haroratli 12g gaz 4·10-3 m3 hajmni egallaydi. Gaz o’zgarmas bosimga isitilganda uning zichligi 6·10-4g/sm3 ga teng bo’lib, qolgan. Gaz qanday haroratgacha isitilgan? 5.22. 10 g kislorod 100C harorat va 3 atm bosimga turibdi. U o’zgarmas bosimda qizdirilgandan so’ng kengayib, 10 l hajmni egallaydi Gazning 1) kengaygandan oldingi hajmi, 2) kengaygandan keyingi harorati, 3) kengayishdan oldingi zichligi va 4) kengaygandan keyingi zichligi topilsin. 5.23. Kavsharlangan idish hajmining yarmigacha suv to’ldirilgan. 4000C haroratda suvning to’liq bug’ga aylanishi ma’lum bo’lsa, bu haroratda suv bug’ining bosimi va zichligi topilsin. 5.24. Kislorod zichligining 1) T=const=3900 K haroratda bosimga bog’lansih (0≤p≤4atm intervalda 0,5 atm dan oralatib) va 2) p=const=4atm bosimda haroratga bog’lanish (2000K≤T≤3000 K intervalda 200dan oralatib) grafigi chizilsin. 5.25. Sig’imi 1m3 bo’lgan berk idish 0,9 kg suv va 1,6kg kislorod bor. 5000C haroratda suv to’liq bug’ga aylanishi ma’lum bo’lsa, bu haroratda idishdagi bosim topilsin. 5.26. V1=3 l sig’imli A idishda =2atm bosimda gaz bor. V2=4 l sig’imli B idishda p0=1 atm bosimda xuddi shuncha gaz bor. Ikkala idishda ham haroratlar bir xil. Ikkala idish naycha bilan tutashtirilsa, gaz bosimi qancha bo’ladi? 5.27. 2∙10-3 m3 hajmli idish 6g karbonat angidrit (CO2) va 5g azot (1)-oksidi (N2O) bilan to’ldirildan. 1270C haroratda idishdagi umumiy bosim qanday? 5.28. Idishda 100C haroratda va 106N/m2bosimda 14 g azot va 9g vodorod bor. 1) aralashma bir kilomolning massasi, 2) idishning hajmi topilsin. 5.29. Normal sharoitda havo to’ldirilgan idishga dietil efiri (C2H5OC2H5) yuborilgan. Hamma efir bug’lanib ketgandan keyin, idishdagi bosim 1050 mm.sim.ust.ga teng bo’lib qolgan. Idishda qanday miqdorda efir yuborilgan? Idishning hajmi V=2 l. 5.30. 0,5 l sig’imli idishda 1g bug’simon yod bor. 10000C haroratda idishdagi bosim 700 mm sim.ust. ga teng bo’lgan. Shunday sharoitda yod molekulasi J2 ning yod atomlari Jga teng dissotsiyasiyalanish darajasi topilsin. J2 ning bir kilomol massasi 254 kg/kmol ga teng Download 37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling