3-amaliy mashg’ulot ma’lumotlarga ishlov berish komponentasi button komponentasi


AcceptsTab – Yuqoridagi mavzularda keltirib o’tilgan TabIndex


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana25.01.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1121680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
AcceptsTab – Yuqoridagi mavzularda keltirib o’tilgan TabIndex xossasini 
eslang. Bunda biz tugmasini bosganimizda birin-ketin komponentalar 
navbati bilan faollashardi. Agar komponentaning ushbu xossasiga False qiymatini 
bersak, tugmasi bosilganda ushbu jarayon bajariladi. Aks holda true 
qiymatini qabul qilganda ushbu tugma bosilganda, xuddi matn muharrirlarida 
bo’lgani kabi bir nechta belgili joy tashlaydi (tabulyatsiya vazifasini bajaradi).
3.13-rasm. TextBox 
xossalari


AutoCompleteCustomSource 
– 
ushbu 
komponentaning 
vazifasiga 
to’xtalishdan avval bir misolni keltiraylik. Aytaylik, siz Brouzerlardan birining 
manzil qatorida biror saytning manzilini yozmoqchisiz, masalan, ziyonet.uz. Agar 
siz ushbu saytga oldin ham tashrif buyurgan bo’lsangiz ‘z’ harfini yozishingiz 
bilanoq pastda ziyonet.uz va boshqa ‘z’ harfi bilan boshlanuvchi saytlar ketma-
ketligi hosil bo’ladi. Xo’sh, bu qanday sodir bo’ladi? Aynan mana shu xossa, shu 
savolga javob beradi Bu xossaga qiymatlar berishdan avval, AutoCompleteMode 
va AutoCompleteSource xossalariga qiymat berish lozim. Ulardan birinchisi taklif 
turini aniqlasa, ikkinchisi qiymat turini aniqlaydi. Qiymat turlari: URL adreslari, fayl 
nomlari, komandalar, kompyuterdagi manzillar. Shuni aytib o’tish kerakki, bu faqat 
bir qatorli ma’lumotlar uchun o’rinlidir (2.14-rasm). 
HideSelection – kiritish fokusi boshqa komponentaga o’tganida belgilangan 
visual indikatsiyasi qolishini aniqlaydi (true – belgilangan matn fon belgilanmaydi, 
false – boshqa komponenta belgilandan keyin belgilangan fon yo’qoladi). 
Lines – bu xossa yordamida kiruvchi va chiquvchi satrlarni oldindan aniqlash 
mumkin. Buning natijasida Text xossasida bu satrlar yonma-yon joylashgan shaklda 
paydo bo’ladi.
Multiline – TextBox komponentasini birinchi bor formaga joylashtirganimizda, 
u formada bir qatorli satr kiritish imkoni beruvchi shaklda paydo bo’ladi. Agar 
multiline xossasi qiymati true bo’lganda, u ko’p satrli ko’rinishga keladi. 
PasswordChar – kompyuterni yoqdingiz, u sizdan parol so’radi, siz parolni 
bilasiz, ammo yoningizda boshqa kishi turibdi, u parolni bilishini istamaysiz, 
2.14-rasm. AutoCompleteCustomSource xossasining ishlashi 


ekranga parolni kiritayotgan paytingizda parolmas balki qandaydir * (yulduzcha) 
belgisi ketma-ketligi paydo bo’ladi (albatta, bu parolning belgilarini “*” belgilar 
ketma-ketligiga aylatirilgan holati). Xo’sh, bu qanday amalga oshiriladi? Bu 
vazifani aynan PasswordChar xossasi yordamida amalga oshirish mumkin. TextBox 
maydoniga kiritilgan har bir belgini “*” belgisi bilan almashtirmoqchi bo’lsak, u 
holda bu xossa qiymati “*”, har bir belgi “?” belgisi bilan almashishi uchun, “?” 
belgisini qo’yamiz va hokazo. 
ReadOnly – komponenta maydoniga satr kiritish yoki yo’qligi ifodalaydi: false 
– satr kiritish mumkin, true – satr kiritish mumkin emas. 
ScrollBars – ko’psatrli maydonlarda elementlar soni bir qancha bo’lishi 
mumkin, bu holatda ularning barchasi bir vaqtning o’zida ekranda namoyon 
bo’lmaydi va TextBox maydoniga sig’magani pastda joylashadi. Ularni ko’rish 
uchun scrolling kerak. Scrolling o’rnatish uchun aynan mana shu xossa xizmat 
qiladi. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling