3-amaliy mashg’ulot ma’lumotlarga ishlov berish komponentasi button komponentasi


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana25.01.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1121680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ImageIndex – ushbu xossa bilan tanishishdan avval ImageList (bu 
komponenta bilan keyinroq tanishamiz) komponentasi bilan tanishish lozim. Bu 
komponentaning rasmlar ro’yxatida joylashgan bir qancha ramslardan birini tanlash 
imkoniyatini ushbu xossa aniqlaydi. Buning uchun BUTTON komponentasining 
ImageList xossasidan kerakli komponenta tanlanadi. ImageIndex esa shu 
komponentaning tasvirlar ro’yxatini chiqaradi (3.5-rasm). Biz esa ushbu ro’yxatdagi 
elementlardan birini tanlashimiz kerak bo’ladi.
TabIndex – bu xossa dasturlash muhitiga har bir komponentani tartib bilan 
konteynerga joylashtiradi, masalan, formaga (biz hozircha formalardan boshqa 
konteynerlar bilan tanish emasmiz). Bu nimani anglatadi? Ma’lumki, ko’plab 
ilovalar bilan ishlaganimizda tugmadan-tugmaga o’tishimiz klavishidan 
foydalanamiz. Har bir klavishini bosganimizda ular tugmadan tugmaga 
ketma-ket ravishda o’tadi. Mana shu tartibning indeksini demak biz aynan shu 
xossaning qiymatiga joylashtirishimiz mumkin. 
TabStop – <Tab> klavishi bosilganda aynan shu tugma tashlab o’tiladi. 
Buning uchun uning xossasi false qiymatini qabul qilgan bo’lishi kerak. 
TextImageRelation – rasm va matn o’rtasidagi o’zaro munosabatni ifodalaydi. 
(Matnning rasm ustida joylashishi, ostida joylashishi yoki yonida va boshqa 
holatlar). 
UseMnemonic – agar komponenta true qiymatini qabul qilsa, Text 
xossasining qiymatidagi turli xil simvollarni ishlatish mumkin bo’ladi (bu simvollar 
orqali dasturning ichki qismiga ta’sir ko’rsatish mumkin, u haqida biroz keyin so’z 
yuritamiz), aks holda, false qiymatini qabul qilsa, oddiy matn sifatida ishlatiladi. 
Jimlik bo’yicha true qiymatini qabul qiladi. 
UseVisualStyleBackColor – Komponenta foni rangi uchun visual stildan 
foydalanish imkoniyati. Bunday stil tizimda o’ziga xos ahamiyatga ega. Masalan, 
komponentaning rangi va shriftini aniqlash stili. Bu xossa sizning ilovangiz 
intefeysi bilan paramterlar koordinatsiyasini ko’rsatish imkonini beradi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling