3-amaliy mashg’ulot ma’lumotlarga ishlov berish komponentasi button komponentasi
AcceptsTab – Yuqoridagi mavzularda keltirib o’tilgan TabIndex
Download 1,65 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- AutoCompleteMode va AutoCompleteSource
- HideSelection
- PasswordChar
- ReadOnly
AcceptsTab – Yuqoridagi mavzularda keltirib o’tilgan TabIndex xossasini
eslang. Bunda biz navbati bilan faollashardi. Agar komponentaning ushbu xossasiga False qiymatini bersak, qiymatini qabul qilganda ushbu tugma bosilganda, xuddi matn muharrirlarida bo’lgani kabi bir nechta belgili joy tashlaydi (tabulyatsiya vazifasini bajaradi). 3.13-rasm. TextBox xossalari AutoCompleteCustomSource – ushbu komponentaning vazifasiga to’xtalishdan avval bir misolni keltiraylik. Aytaylik, siz Brouzerlardan birining manzil qatorida biror saytning manzilini yozmoqchisiz, masalan, ziyonet.uz. Agar siz ushbu saytga oldin ham tashrif buyurgan bo’lsangiz ‘z’ harfini yozishingiz bilanoq pastda ziyonet.uz va boshqa ‘z’ harfi bilan boshlanuvchi saytlar ketma- ketligi hosil bo’ladi. Xo’sh, bu qanday sodir bo’ladi? Aynan mana shu xossa, shu savolga javob beradi Bu xossaga qiymatlar berishdan avval, AutoCompleteMode va AutoCompleteSource xossalariga qiymat berish lozim. Ulardan birinchisi taklif turini aniqlasa, ikkinchisi qiymat turini aniqlaydi. Qiymat turlari: URL adreslari, fayl nomlari, komandalar, kompyuterdagi manzillar. Shuni aytib o’tish kerakki, bu faqat bir qatorli ma’lumotlar uchun o’rinlidir (2.14-rasm). HideSelection – kiritish fokusi boshqa komponentaga o’tganida belgilangan visual indikatsiyasi qolishini aniqlaydi (true – belgilangan matn fon belgilanmaydi, false – boshqa komponenta belgilandan keyin belgilangan fon yo’qoladi). Lines – bu xossa yordamida kiruvchi va chiquvchi satrlarni oldindan aniqlash mumkin. Buning natijasida Text xossasida bu satrlar yonma-yon joylashgan shaklda paydo bo’ladi. Multiline – TextBox komponentasini birinchi bor formaga joylashtirganimizda, u formada bir qatorli satr kiritish imkoni beruvchi shaklda paydo bo’ladi. Agar multiline xossasi qiymati true bo’lganda, u ko’p satrli ko’rinishga keladi. PasswordChar – kompyuterni yoqdingiz, u sizdan parol so’radi, siz parolni bilasiz, ammo yoningizda boshqa kishi turibdi, u parolni bilishini istamaysiz, 2.14-rasm. AutoCompleteCustomSource xossasining ishlashi ekranga parolni kiritayotgan paytingizda parolmas balki qandaydir * (yulduzcha) belgisi ketma-ketligi paydo bo’ladi (albatta, bu parolning belgilarini “*” belgilar ketma-ketligiga aylatirilgan holati). Xo’sh, bu qanday amalga oshiriladi? Bu vazifani aynan PasswordChar xossasi yordamida amalga oshirish mumkin. TextBox maydoniga kiritilgan har bir belgini “*” belgisi bilan almashtirmoqchi bo’lsak, u holda bu xossa qiymati “*”, har bir belgi “?” belgisi bilan almashishi uchun, “?” belgisini qo’yamiz va hokazo. ReadOnly – komponenta maydoniga satr kiritish yoki yo’qligi ifodalaydi: false – satr kiritish mumkin, true – satr kiritish mumkin emas. ScrollBars – ko’psatrli maydonlarda elementlar soni bir qancha bo’lishi mumkin, bu holatda ularning barchasi bir vaqtning o’zida ekranda namoyon bo’lmaydi va TextBox maydoniga sig’magani pastda joylashadi. Ularni ko’rish uchun scrolling kerak. Scrolling o’rnatish uchun aynan mana shu xossa xizmat qiladi. Download 1,65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling