3-amaliy mashg‘ulot mavzu: Atmosferaga zararli gazlarni tarqalishi va ularning ruxsat etilgan tashlanmalari me’yorlarini hisoblash


Download 0.49 Mb.
bet1/3
Sana18.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1099361
  1   2   3
Bog'liq
3-амалий лат (1)


3-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Atmosferaga zararli gazlarni tarqalishi va ularning ruxsat etilgan tashlanmalari me’yorlarini hisoblash
Mashg‘ulotning maqsadi: Sanoat chiqindi gazlarining tarkibini o‘rganish, ularning er ustki atmosfera havosida tarqalishining maksimal konsentratsiyasini hisoblash va korxona sanitar himoya zonasini aniqlash.
UMUMIY MA’LUMOTLAR
Sanoat korxonalaridan muhitga tarqalayotgan tashlamalarning ruxsat etilgan me’yorini hisob-kitob qilishda, avvalambor ifloslovchi moddalarni atmosferada tarqalish jarayonini hisobga olish kerak. U shamolning tezligi, yo‘nalishi, atmosferani harorat stratifikatsiyasi, havoni namligi, atmosfera bosimi, joy bosimi, tutun mo‘risini balandligi, diametri va zarrachalarni agregat holatiga bog‘liq.
Tashlama manbalari tashkil bo‘lish sharoiti va iflosliklarni chiqarish bilan xarakterlanadi. Ushbu alomatlarga qarab tashlama manbalari quyidagicha tasniflanadi:
1. Texnologik va notexnologik.
2. Tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan.
3. YAkka, guruhli.
4. Nuqtali yoki chiziqli
5. Shakli va ustki qismi o‘lchami (shartli aylana)
6. Chiqayotgan gazning harorati bo‘yicha (sovuq, issiq).
"Korxona tashlama gazlari tarkibidagi zararli moddalarni atmosfera havosida tarqalishining maksimal konsentratsiyasini hisoblash uslubi" yoki GOST 12.2.3-02 tomonidan belgilab qo‘yilgan. Har bir manbadan atmosferaga chiqarilayotgan ifloslikni hisoblash asosida noqulay meteorologik sharoitlarda manbadan chiqayotgan gaz-havo aralashmasini er ustki havosida tarqalishining konsentratsiyasini berilgan masofadagi maksimal miqdori hisoblanadi. Bunda qo‘shimcha ravishda zararli moddalarni yerga cho‘kish tezligi; gaz-havo aralashmasini manbadan chiqish sharoiti; joy rel’efining ta’siri; chiqarilayotgan gaz va atmosfera havosi orasidagi harorat farqi hisobga olinadi. Ushbu amaliy mashg‘ulotda o‘quv maqsadlari uchun osonlashtirilgan hisob-kitob usulidan foydalanish mumkin. Bunda ham yetarlicha aniqlik va olingan natijalarni to‘g‘riligiga erishish mumkin.
Topshiriq.

  1. Berilgan variantlar topshiriqlari asosida noqulay meteorologik sharoitlarda manbadan chiqayotgan zararli moddalarni maksimal konsentratsiyasini yer ustki havosida tarqalishining miqdorini hisoblang.

  2. Chiqarilayotgan tashlama yig‘indisi- ; tashlama miqdori-Sv; truba diametri-D, berilgan bo‘lsa, trubadan chiqayotgan mash’alaning (fakel) balandligi va truba balandligini aniqlang, natijalarga asoslanib, korxonaning sanitar himoya zonasini hisoblang va xulosa yozing.


Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling