3-amaliy mashg‘ulot mavzu: Axborot tizimlarida xavfsizlik Ishdan maqsad


Download 28.77 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2023
Hajmi28.77 Kb.
#1630614
  1   2   3   4
Bog'liq
3-amaliy ish


3-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Axborot tizimlarida xavfsizlik
Ishdan maqsad: Mazkur amaliy ishni bajarish jarayonida talabalar axborot xavfsizligida himoyaning buzilishlari va uning oqibatlari haqida amaliy bilimga ega bo‘ladilar.
Nazariy qism.
Tashkilotning himoyalash tizimiga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojini aniqlash va xavfsizlikning mavjud barcha xilma-xil choralaridan kerakligini tanlashda turli yondashishlardan foydalaniladi. Bunday yondashishlardan biri axborot himoyasining quyidagi uchta jihatiga asoslangan.

  1. Himoyaning buzilishlari. Korxonaga tegishli axborotni saqlash va ishlatish xavfsizligiga zarar keltiruvchi har qanday xarakatlar.

  2. Himoya mexanizmi. Himoyaning buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish, hamda buzilishlar oqibatini yo‘qotish mexanizmlari.

  3. Himoya xizmati. Ma’lumotlarni ishlash tizimlari va korxonaga tegishli axborotni tashish xavfsizligi saviyasini ko‘tarishga mo‘ljallangan servis xizmati.

Himoyaning buzilishlari. Kompyuter tizimi yoki tarmog‘i himoyasini buzishga urinishlarni kompyuter tizimini axborotni ta’minlovchi ob’ekt sifatida ko‘rish orqali klassifikatsiyalash mumkin. Umumiy holda qandaydir manbadan (masalan, fayl yoki xotira qismi) axborot oqimining adresatga (masalan, boshqa fayl yoki bevosita foydalanuvchi) uzatilishi kuzatiladi. Shu nuqtai nazardan quyidagi hujumlarni farqlash mumkin:

  • Uzish (raz’edinenie);

  • Ushlab qolish (perexvat);

  • Turlash (modifikatsiya);

  • Soxtalashtirish (falsifikatsiya).

Uzish (raz’edinenie). Tizim resursi yo‘q qilinadi, axborotdan foydalanuvchanlik buziladi. Bunday buzilishlarga misol tariqasida uskunaning ishdan chiqishi, aloqa liniyasining uzilishi yoki fayllarni boshqaruvchi tizimning buzilishini ko‘rsatish mumkin.
Ushlab qolish (perexvat). Resursdan ruxsat berilmagan foydalanishga yo‘l ochiladi. Natijada axborotning mahfiyligi (konfidensialligi) buziladi. Bunday foydalanuvchilar fizik shaxs, dastur yoki kompyuter bo‘lishi mumkin. Bunday buzilishlarga misol tariqasida ma’lumotlarni ushlab qolish maqsadida aloqa kabeliga ulanish va fayllardan yoki dasturlardan noqonuniy nusxa ko‘chirishni ko‘rsatish mumkin.

Download 28.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling