3-amaliy mashg‘ulot mavzu: Ichlab chiqarishdagi tabiiy va sun`iy yorug`likni hisoblash. Mashg‘ulotning maqsadi


Sun’iy yorug‘lik manbalari va yorug‘lik chiroqlari. Sun’iy yo-rug‘lik manbalari sifatida cho‘g‘lanma va gazrazryadli chiroqlardan foydalaniladi


Download 107.36 Kb.
bet4/6
Sana24.03.2023
Hajmi107.36 Kb.
#1291628
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Amaliy mashgulot

Sun’iy yorug‘lik manbalari va yorug‘lik chiroqlari. Sun’iy yo-rug‘lik manbalari sifatida cho‘g‘lanma va gazrazryadli chiroqlardan foydalaniladi.
Chug‘lanma chiroqlar 127 va 220 V nominal kuchlanishda ishlaydi hamda 15 dan 1500 V gacha quvvatga ega bo‘ladi. Chiroqlarning quvvati qanchalik yuqori bo‘lsa, yorug‘lik berish qobiliyati shunchalik kuchli bo‘ladi. Bir xil quvvatdagi chiroqlar 127 V kuchlanishda ishlaganda 220 V ga nisbatan kuchliroq yorug‘lik tarqatadi.
Mahalliy yoritishda 12 va 36 V kuchlanishdagi quvvati 50 V gacha bo‘lgan chiroqlardan foydalaniladi. Cho‘g‘lanma chiroqlarning ishlash muddati 1000 soatgacha, yorug‘lik berish qobiliyati - 7... 20 Lm/V ni tashkil etadi.
Gazrazryadli chiroqlar cho‘g‘lanma chiroqlarga nisbatan gigiyenik talablarga to‘liqroq javob beradi. Bunday chiroqlarning ishlash muddati – 14000 soatgacha yetadi, yorug‘lik berishi – 100 Lm/V ni tashkil etadi. Eng keng tarqalgan gazrazryadli chiroqlarga silindrik quvur shaklidagi luminitsent chiroqlarni misol qilib keltirish mumkin. Ular turli xil markada, ya’ni LD, LXD, LB, LTB, LDTS ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Luminitsent chiroqlarda yorug‘lik oqimining tebranish chastotasi elektr tokining tebranish chastotasiga (50 Hz) teng bo‘ladi. Bu esa ularning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Chunki bu ko‘rsatkichga mos holda pulsatsiya koeffitsienti ham o‘zgaradi. Masalan, LB markali chiroqlarda pulsatsiya koeffitsienti 35%, DL markali chiroqlarda 65% ni tashkil etadi. Vaholanki, bu ko‘rsatkich cho‘g‘-lanma chiroqlarda 15% ga tengdir.
Simobli chiroqlar luminitsent chiroqlarga nisbatan ancha turg‘un yoritadi va haroratning turli xil oralig‘ida, ya’ni ham past, ham yuqori haroratlarda yaxshi ishlaydi. Bunday chiroqlar yuqori quvvatga ega bo‘lib, ulardan ko‘chalarni va katta ishlab chiqarish binolarini yoritishda foydalaniladi.
Ksenon chiroqlar kvars trubkalardan iborat bo‘lib, bu trubkalarda ksenon gazi to‘latilgan bo‘ladi. Ulardan sport inshootlarini, temir yo‘l stansiyalarini, qurilish maydonlarini yoritishda foydalaniladi. Bu chiroqlar ultrabinafsha nurlar chiqaradi va yoritilganlik 250 Lk dan oshganda xavfli hisoblanadi.

Download 107.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling