3-amaliy mashg’ulot Mavzu. Ilmiy axborotlar bilan ishlash, mutolaa qilish, yozma va og’zaki shaklda bayon qilish (2 soat) Reja
Download 44.98 Kb.
|
3-amalij masgulot(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilish yo‘llari bilan tanishish
3-amaliy mashg’ulot Mavzu. Ilmiy axborotlar bilan ishlash, mutolaa qilish, yozma va og’zaki shaklda bayon qilish (2 soat) Reja: 1. Ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilish yo‘llari bilan tanishish. 2. Ilmiy matnlarning funksiyalari va turlari bilan tanishish 1. Ilmiy adabiyotlarni mutolaa qilish yo‘llari bilan tanishish Mutolaa turlari va qoidalari. Axborotlarni markirovkalash. Kitob, ilmiy jurnal, ilmiy maqolalar, tezislar to‘plami bilan ishlashning protsessual tizimi. Kitobning tarkibiy tuzilishi Mutolaa turlari va qoidalari. Mutolaa – bu nutqiy faoliyatning murakkab turi bo‘lib, sof texnik jihati – mutolaa qilish va tez o‘qish malakalarini orttirish va ijodiy jihati – matndan zarur axborotlarni olishdan iborat. Mutolaa turlari Mazmunga kirib borish darajasiga ko‘ra mutolaa quyidagi turlarga bo‘linadi: • ko‘z yugurtirib chiqish – umumiy taassurot olish uchun; • matn bilan tanishib chiqish – umumiy mazmunni bilib olish uchun; • o‘rganuvchi mutolaa – mavjud ma’noning eng ko‘p hajmini o‘zlashtirish uchun. Matn bilan tanishib chiqish va o‘rganishdan oldin odatda kitobga ko‘z yugurtirib chiqiladi. Kitobning mazmuni, boblar yoki paragraflar nomlari, asar muallifi bilan tanishib olish uchun shunday qilinadi. Ko‘z yugurtirib chiqishda odatda kitobning titul varag‘i, mundarijasi, annotatsiya, matndagi ayrim parchalar va gaplar bilan tanishib olinadi. Ana shu axborotning o‘zi ushbu manbaning qanchalik zarur bo‘lishini belgilashga yordam beradi. Matn bilan tanishib (tanlangan joylarni o‘qish) bir necha manbalardan ayrim masalalarni ajratib olish, shuningdek mazkur masala bo‘yicha o‘zining nuqtai nazarini hosil qilish maqsadida olingan axborotlarni qiyoslash va solishtirish uchun qo‘llaniladi. O‘rganish uchun mutolaa – mutolaaning faol turi. O‘quvchi tomonidan asarni diqqat bilan, ayrim joylari ustida biroz to‘xtalib va axborotlarni mushohadadan o‘tkazib o‘qish hollarida bunday tur ishlatiladi. O‘rganish uchun mutolaa matndagi asosiy mazmunni, uning maqsadini o‘zlashtirish, dalillar mantiqini anglab olish, oldingizga qo‘ygan savollarga javob topishga qaratilgan. Mutolaaning bu turi materialni o‘rganishda uni paragraflar, boblar, qismlar bo‘yicha izchil o‘qib chiqishni talab qiladi, matn haqida o‘z fikringizni hosil qilishga undaydi, axborotlarni tanqidiy nuqtai nazardan idrok etish malakasini shakllantiradi. Download 44.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling