3-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: O‘qitishda to‘g'ri tanlangan ilmiy terminologiya hamda tushunchalarni o‘zlashtirish metodlari va texnologiyalari. Termin tanlashning ilmiy pedagogik prinsiplari
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
3 mavzu O‘qitishda to‘g\'ri tanlangan ilmiy terminologiya
2-savol. Aniq fanlar va soha terminologiyasining o’rganilishi.
Ma’lumki, milliy madaniy merosimiz bo‘lgan o‘zbek tilining qayta tarkib topishiga, amaldagi qo‘llanilish doirasini kengaytirish va uni to‘g‘ri o‘zlashtirish kabi masalalariga oid salmoqli ishlar bajarilgan. Ularning salmog‘i: 80 dan ortiq fan nomzodligi, 20 dan ziyod fan doktorligiga oid lingvistik va pedagogik asoslardagi tadqiqoit ishlari, lug‘at va ilmiy axborotnomalar yaratildi. Shu jumladan aniq fanlarlardan o‘zbek milliy terminshunosligiga bag‘ishlangan bir qancha mualliflarning e’tiborga loyiq ishlarbor. Masalan: J. Ikromov matematika terminlogiyasi va tushunchalar to‘g‘risidagi turkum tadqiqotlari, R. Doniyorovning «O‘zbek tilining ilmiy texnikaviy terminlari tarixidan» va shu muallifning boshqa asarlari, A. Abdumalikovning «Chizmachilikdan terminologik lug‘at-spravochnik» va boshqa sohalarga tegishli ko‘plab o‘zbek ilmiy terminologik asarlar. Ularda berilgan ilmiy asosda ishlab chiqilgan qimmatli ma’lumtolarni, ya’ni, umumilmiy hisoblangan tushuncha va terminlar qatorini bevosita aynan chizma geometriya va chizmachilikni o‘qitishda ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki umumilmiy tushunchalar mazmunining hajmining kengligi tufayli ularni o‘quvchilarga o‘zlashtirilish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat bodadi. Masalan, nuqta, to‘g‘ri chiziq, koordinata tushunchalarini shakllantirishda allaqachon matematika kursi orqali o‘zlashtirilgan, ularning matematik nuqtai nazardagi ta’rifini chizmachilik kursini o‘rganish davomida sayqallashtirib, bularni rivojantirish bo‘yicha faoliyat olib boriladi, geografiya fanidagi masshtab, gorizont va shu kabi boshqa tushunchalarning ham o‘zlashtirilishi huddi shundaydir. Demak, fanlararo aloqalardan tushunchalarni to‘g‘ri shakllantirilishini va o‘zlashtirilishini yo‘lga qo‘yishda yuqorida keltirilgan ishlardan samarali foydalanish kifoyadir. Bu bilan: - tushunchaninig mantiqiy va psixo-fiziologik xususiyatlarini, uning shakllanish yodlarini va ta’limdagi o‘rnini soha nuqtai nazaridan o‘rganib chiqish va tegishli xulosalar hosil qilish; - o‘quvchilarda tushunchalarning shakllanish jarayonini, usullarini va samarali o‘zlashtirilishini ta’minlovchi shart-sharoitlarni o‘rganish; - chizma geometriya va chizmachilik tushunchalarini ZTT asosida shakllantirish hamda o‘zlashtirish tizimini ishlab chiqish va uni ilmiy-nazariy va pedagogik-amaliy asoslash; -Mazkur fanning termin va tushunchalarini samarali o‘zlashtirilishiga qulay bo‘lgan ta’lim jarayonini tashkil etishning shakllari, yo‘llari va metodlarini aniqlash. Shuningdek quyidagi vazifarni amalga oshirish lozim bo’ladi. - tadqiqot uchun manba bo‘lgan termin va tushunchalarning majmuasini aniqlash; - chizma geometriya va chizmachilikning mazkur tushunchalarining mazmunini yoritish va maqsadga muvofiq holda o‘quv lug‘at (so‘rovnoma) yaratish; 3-savol. O’qitishda ilmiy tushunchalarni shakllantirishning ahamiyati. Tilimizdagi mavjud so‘zlar, atamalar, terminlar ma’nolarining kengayishi va torayishi, ma’nolarning o‘sishi, ma’no ko‘chishi tarzda ro‘y beradi. Ular qanday tarzda ro‘y berishidan qat’iy nazar, bilish jarayonining boshlangdch bosqichi hisoblangan, idrok etishning tovush asosidagi ma’lumot bodib, bilish jarayonida bilim manbai hisoblanadi. Idrok va tafakkur qilish jarayonlarida ilmiy va amaliy ahamiyatlarga ega bodgan tegishli tushunchalar hosil bodishida ishtirok etadi. O‘quvchilarda ilmiy tushunchalar tizimining shakllanishi-ular tomonidan ilmiy bilimlar tizimini egallashning muhim ilmiy elementlaridan biridir. Har bir o‘quv fani o‘zaro bogdangan asosiy ilmiy tushunchalar tizimidan tashkil topgandir, o‘quvchilarning fan bo‘yicha toda bilimlarining sifati tushunchalarning qanday va qanchalik o‘zlashtirilganligidan kelib chiqadi. Demak, chizma geometriya va chizmachilik kursini odganish uchun uning mazmunini egallash lozim. Chizma geometriya va chizmachilik kursining mazmunini esa, asosan, chizmaning proeksion mohiyatini qamrab oluvchi turli xil tushunchalar, qisqartma va qoidalar to‘plami hisoblangan YeSKD (Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi) standartlari tashkil etadi. Tushunchalarni o‘zlashtirmasdan turib qonun va nazariyalarning o‘zlashtirilishi haqida so‘z bodishi ham mumkin emas. Tushunchalarni egallash o‘quvchilarning tahlil va sintez, solishtirish va taqqoslash, mavhumlashtirish va umumlashtirish kabi amallar bajarish orqali faol aqliy faoliyatlari bilan bogdiq. Biron bir fikrni tushunchalar bilan amallar bmajarmay turib ifodalashning iloji yo‘q. Shuning uchun o‘quvchilarda shakllantirilayotgan tushunchalar ular tomonidan qanchalik yaxshi o‘zlashtirilsa, ularda muhokama, xulosa tuzish shunchalik yengillashadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bayon etilgan fikrlar bilan tushunchalarning shakllanishidagi munosabat chegaralanib qolmaydi. O‘quvchilarning terminologik bilimi o‘qituvchi uchun o‘quvchilarga o‘quv materialini ilmiy tilda bayon etishga imkon beradi. Boshqacha ta’riflaganda, didaktikaning ilmiylik prinsipini amalga oshishining omilidir. Ta’limda tushunchalar rivojlanishning o’ziga xos hususiyatlari. Ta’lim jarayonida tushunchalarning rivojlanishi bilan fandagi rivojlanishida bir qancha umumiy jihatlari, shuningdek, mohiyatan farqlari mavjud. Fandagi singari ta’limda tushunchalarning shakllanishi va rivojlanishi dialektik ziddiyatli, murakkab jarayondan iborat. O‘quvchilar tushunchalarni darhol o‘zlashtirmaydi, balki asta-sekinlik bilan uning mazmunini, hajmini, boshqa tushunchalar bilan aloqasini bilib boradi. Tushunchalarni o‘zlashtirish o‘rnatilgan ilmiy va yangi faktlarni tushuntirishga yetarli bodmagan, mayjud tushunchalar bazasi o‘rtasidagi hosil bodgan ziddiyatni yengib odish asnosida amalga oshiriladi. Fanda (ilmiy bilishda) tushunchalarning hosil bodishi va rivojlanishi - olimlarning ijodiy izlanishlarining mahsulidir. Ta’limda esa o‘quvchilarda tushunchalarning shakllanishi o‘qituvchi rahbarligi ostida sodir bodadi. Bu o‘qituvchining o‘quv dasturi bilan, o‘quv qodlanma va ta’lim nazariyasi va amaliyotining holati bilan aniqlanadigan, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati natijasining mahsulidir. Ilmiy bilishda tushunchalarning hosil bodishi va rivojlanishi- ongning ob’ektiv dunyoni chuqurroq anglashdagi, uzoq jarayon davom etadigan rivojlanishining natijasidir, bilishning bir qancha bosqichining yigdndisidir. Ta’lim jarayonida esa, o‘quvchilarda fanning tarkibiga kirgan va qat’iy tasdiqlangan, insonlarning ilmiy va amaliy faoliyatlarida keng qodlaniluvchi tushunchalarning shakllanishi yuz beradi. Bu jarayonda ham tushunchaning rivojlanashi sodir bodadi, ammo u faqat o‘quvchilarning ongidagina sodir bodadi, bu yerda yangilik elenmenti sub’ektiv xarakterga egadir. Ilmiy bilishda tushunchalar yordamida ongimizda aks etuvchi narsa va hodisalarning ham hossalarini ajratish- o‘nlab olimlar, ba’zida esa, turli xil mamlakat olimlari avlodining ijodiy faoliyatidir. O‘quvchilar esa tushnchalarni ta’lim muassasalarida o‘qish davrida o‘zlashtirishadi. Fanda tushunchalaming hosil bo‘lish va rivojlanish manbai- o‘rnatilgan yangi tushunchalar bilan mavjud eski tushunchalar apparati o‘rtasidagi ziddiyat, yangi ochilgan, o‘rnatilgan faktlarni tushuntirishga bilimlarning yetishmasligidir. O‘quvchilarda esa quyidagi omilarning ta’sirida sodir bo‘ladi: - maktabda fanlar asosini o‘rganishda o‘qituvchi rahbarligida maqsadga yo‘naltirilgan tushunchalarni shakllantirish jarayonida; - tushunchalarning «tabiiy» shakllanishi, ilmiy-ommabop adabiyotlarni o‘qish, radio va televidinie orqali dasturlarni eshitish va filmlarni ko‘rish. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling