3-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: O‘qitishda to‘g'ri tanlangan ilmiy terminologiya hamda tushunchalarni o‘zlashtirish metodlari va texnologiyalari. Termin tanlashning ilmiy pedagogik prinsiplari


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1548314
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 mavzu O‘qitishda to‘g\'ri tanlangan ilmiy terminologiya



3-Amaliy mashg‘ulot. 
MAVZU: O‘qitishda to‘g'ri tanlangan ilmiy terminologiya hamda 
tushunchalarni o‘zlashtirish metodlari va texnologiyalari. Termin tanlashning 
ilmiy pedagogik prinsiplari. 
 
O‘quv mashg`ulotining maqsadi: Talabalarga o‘qitishda to‘g'ri tanlangan ilmiy 
terminologiya hamda tushunchalarni o‘zlashtirish metodlari va texnologiyalari, termin 
tanlashning ilmiy pedagogik prinsiplarini tushuntirish.
Darsning jihozi: Kompyuter, proyektor, ko’rgazmali materiallar, doskada ishlash 
uchun chizma qurollari, format qog’oz, tarqatmali materiallar   
Vizual amaliy materiallar 
O‘qitishda to‘g'ri tanlangan ilmiy terminologiya hamda tushunchalarni 
o‘zlashtirish metodlari va texnologiyalari.
Shaxs kasbiy ta’lim jarayonida chinakam mutaxassis bo‘lib shakllanishi, avvalo, 
uning tegishli sohalarga oid bilimni qanchalik mustahkam egallashiga bog‘liqdir. Turli 
fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlashtiriladigan kasbiy bilimning muhim qismi kasbiy 
terminlar haqidagi bilimlardan iborat [1]. 
Albatta, o‘qituvchi, bo‘lajak yosh mutaxassislar o‘z kasbiy sohasiga oid 
terminlarning mazmunini turli lug‘atlar [3], o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar [2] yordamida 
o‘rganilishini tashkil etishi mumkin. 
Am
mo bunday an’anaviy yondashuv ko‘pincha 
ta’lim oluvchilarni motivlashtirish va qiziqtirish, ularni ijodiy faollikka undash nuqtai 
nazaridan o‘zini oqlamaydi. Bu yerda o‘qitishning o‘ziga xos innovatsion usullarini 
qo‘llash talab etiladi. Mazkur ma’ruza tezisida bir qator chizmachilik terminlari 
misolida shunday usullarning biri xususida mulohaza yuritiladi. 
Ma’lumki, “termin” deganda fan, texnika, kasb-hunarning biror sohasiga xos 
muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi bo‘lgan so‘z yoki so‘z birikma 
tushuniladi [8,73-b.]. Har qanday boshqa so‘z kabi terminlarning ham, albatta, o‘z 
etimologiyasi, ya’ni til birligi sifatida kelib chiqish tarixi mavjud. Bizningcha, ushbu 
holatdan terminlar mazmuni bilan tanishishda foydalanish va bu bilan o‘qitish 
samaradorligini oshirishi mumkin. Buni texnologik jihatdan tashkil etishning 
usullaridan biri sifatida biz quyidagicha tasavvur qilamiz: 


1) ta’lim oluvchilarga muayyan terminning o‘zi va uning ma’nosi alohida 
tarqatma materialda taqdim etiladi [3]; 
2) tarqatma material asosini tashkil etuvchi maxsus jadvalning alohida ustunida 
o‘rganilayotgan terminlarning etimologik asosi bo‘lgan birliklar [4,5,6,7] aralash 
tartibda keltiriladi va ta’lim oluvchiga tegishli termin ma’nosidan kelib chiqqan holda 
ularni tartiblash vazifasi beriladi; 
3) ta’lim oluvchidan tegishli etimologik asosning muayyan terminga taalluqli, 
deb hisoblanishi qanday izohlanishini tushuntirib berish so‘raladi. 
Keltirilgan algoritm asosida pedagogik ish uchun tarqatma material vazifasini 
bajaruvchi jadval quyidagicha ko‘rinishda bodishi mumkin: 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling