Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi in-academy uz/index php/si 146 O'zbek tilshunosligida terminologiya masalasaning
Download 41.92 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilm-fan va innovatsiya 1137
ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si 146 O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA TERMINOLOGIYA MASALASANING O'RGANILISHI XUSUSIDA Pirmatova Dilorom Ulug‘bek qizi Farg‘ona davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8009214 Annotatsiya : mazkur maqolada terminologiya sohasi bo`yicha ilmiy adabiyotlar tahliliga bog`liq masalalar muhokama qilinadi . Kalit so`zlar : termin , terminologiya , tadqiqot , leksika , leksik qatlam , o`zak ; Hozirgi davrda dunyo tilshunosligining diqqat markazida turli xil mavzularni uchratishimiz mumkin. Masalan , terminologiya sohasini olaylik . Bu soha hozirgi o'zbek adabiy tilida alohida o'rin va mavqega egadir . " Terminologiyaning til lugʻat tarkibidagi roli haqida ikki dunyoqarash mavjud. Birinchi g'oyasiga ko'ra , terminologiya adabiy til leksikasining mustaqil qatlami tarzida e'tirof etilsa , ikkinchi ta'limotga muvofiq u adabiy til so'z boyligi tarkibidan ajratiladi, " alohida turuvchi " obyekt tarzida baholanadi va nutqning turlari ( sheva , jargon , jonli soʻzlashuv ) ga tenglashtiriladi . [1.4]Demak , birinchi gʻoyaga koʻra , bu sohani hozirgi oʻzbek adabiy tilida mustaqil qatlam sifatida bemalol ishlatsak bo'laveradi . Ikkinchi gʻoyaga koʻra , terminologiya sohasi alohida obyekt maʼnosida o'rganilar ekan . Tilimizdagi so'zlar koʻpincha koʻp ma'noli boʻladi . Lekin shunday soʻzlar ham borki , ular fan , texnika , san'at va madaniyatga oid tushunchalarni ifoda qilib , bir maʼnoda ishlatiladi . Bunday soʻzlar terminlar deyiladi . "Oʻzbek tilining izohli lugʻati " da , termin haqida shunday taʼrif berilgan : "Termin - ( lotincha terminus - chek - chegara ) . Fan , texnika , kasb - hunarning biror sohasiga xos muayyan bir tushunchaning aniq va barqaror ifodasi boʻlgan soʻz yoki soʻz birikmasi” [2.] Oʻzbek tili terminologiyasining rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan olimlardan biri professor Renat Doniyorov hisoblanadi . Uning " Oʻzbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari ( 1977) kitobida oʻzbek tili texnik terminologiyasini tartibga solish , undagi qator chalkashliklarni oldini olish kabi masalalar oʻrin olgan . Mazkur ish texnik terminologiyani tadqiq qilish ishiga katta hissa boʻlib qoʻshildi deyish mumkin . N .Ikromova oʻzining " Oʻzbek taomlari leksikasi " ishida esa oʻzbek taomlari nonlarining lisoniy xususiyatlari haqida soʻz yuritadi . Shu bilan birga , oʻzbek tili leksikasi masalalari , "Hozirgi zamon oʻzbek tili " , " Hozirgi oʻzbek adabiy tili " kabi tadqiqotlar va darsliklarda o'z ifodasini topgan . Oʻzbek tilshunosligida leksik qatlamlarni qiyosiy oʻrganish masalalari boʻyicha ham ancha ishlar qilinganini kuzatishimiz mumkin . Bu borada I.Ismoilovning 1966-yilda nashr ettirgan monografiyasi muhim ishlardan biri sanaladi . Muhimi shundaki , mazkur ishda oʻzbek va uygʻur tillaridagi qon -qorindoshlik terminlarining paydo boʻlishi va amalda qo'llanish me'yorlari atroflicha tahlil etilgan . D.X.Bazarova va K.Sharipovalar tomonidan "Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston turkiy tillari leksikasining taraqqiyoti " deb nomlangan yirik tadqiqot maydonga kelganligini ham ta'kidlash oʻrinli . Unda Markaziy Osiyo hududidagi turkiy tillarda qoʻllanilgan zoologik terminlar tadqiqot obyekti qilib olingan. H. Dadaboyevning " XI-XII asrlar turkiy tillar yozma yodgorliklarigi ijtimoiy - siyosiy va sotsial iqtisodiy terminologiya" mavzusida yaratilgan tadqiqotida oʻzbek tilidagi , jumladan , turkiy tillardagi ijtimoiy- siyosiy va sotsial -iqtisodiy terminologiyaning paydo boʻlishi va tilda qoʻllanish muammolari atroflicha oʻrganilgan. Unda ,ayniqsa , Oʻrta Osiyo hududidagi turkiy xal qlar tillaridagi yurt , Download 41.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling