3-amaliy mashg’ulot Mavzu: O’simlik va hayvon oqsillarining eruvchanligiga kislotali muhitni ta’siri. Mashg’ulotning maqsadi
O’simliklar oqsilining eruvchanligiga kislotali muhitning ta’siri
Download 22.95 Kb.
|
3-amaliy mashg'ulot-biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Biuret reaksiyasi.
- 2. Ksantoprotein reaksiyasi.
- 3. Millon reaksiyasi.
O’simliklar oqsilining eruvchanligiga kislotali muhitning ta’siri g‘o‘za yoki boshqa o‘simlik barglari qaynab turgan suvga botiriladi va unda bir ikki minut ushlab turilgandan so‘ng suvdan olinib, 96% li spirt quyilgan kolbaga solinadi. Kolba og‘ziga sovitgich o‘rnatiladi. So‘ngra bu kolba issiq suv hammomiga qo‘yilib, 30-60 minut isitiladi. Bunda barg tarkibidagi yashil va sariq pigmentlar, erkin aminokislotalar va suvda eriydigan oqsil (albumin)lar spirtga to‘planadi.
Rangsizlangan barglar kolbadan chiqariladi va distillangan suvga botirib olinib, har qaysisi alohida yassi idishga yoyiladi. Yassi idishlar ichida quyidagi reaksiyalar o‘tkaziladi. 1. Biuret reaksiyasi. Petri kosachasidagi yoki boshqa bir laganchadagi barg ustiga 5%li mis kuporosi (CuSO4) eritmasi quyilib, barg shu eritma ichida bir soat tutiladi. So‘ngra barg eritmadan olinib, distillangan suvda chayiladi va 10% li natriy ishqori (NaOH) solingan idishga botirib, unda ham bir soat saqlanadi. Eritmalar ichida saqlangan barg to‘qimasining binafsha rangga aylanishi barg tarkibida oqsil va peptid bog‘lamlari bo‘lgan pepton, polipeptidlar mavjudligini ko‘rsatadi. 2. Ksantoprotein reaksiyasi. Bunda konsentarlangan nitrat kislota 1:1 nisbatdagi suv bilan aralashtiriladi. Rangsizlantirilagan barg shu eritmaga 15-30 minut solib turilgandan so‘ng sariq rangga bo‘yaladi. Agar bu barg ikkinchi idishga solinib, ustga 1:2 nisbatda suv bilan suyultirilgan ammiak quyilsa, barg zarg‘aldoq rangga bo‘yaladi. Bu reaksiya ham bargda oqsil borligini ko‘rsatadi. Lekin protaminlar gruppasidagi oqsilni Ksantoprotein reaksiyasi bilan aniqlab bo‘lmaydi. 3. Millon reaksiyasi. Rangsizlantirilgan barg Millon reaktivida 30-60 minut saqlanganida qizg‘ish rangga kiradi. Bu hodisa barg tarkibida oqsillar borligi ko‘rsatadi. Hayvonlar oqsilining eruvchanligiga kislotali muhitning ta’siri. Konsentranlangan mineral kislotalar (ortofosfat kislotasidan tashqari) oqsil eritmalarida qayta erimaydigan cho‘kmalar hosil qiladi. Bu reaksiya qaytmas reaksiya hisoblanadi. Oqsillarning kolloid bo‘lakchalari degidratatsiyalanadi va ularni zaryadlari neytrallanadi, natijada kompleks birikmalar- kislotalar bilan tuzlar hosil bo‘ladi. Mineral kislotalar (nitrat kislotasidan tashqari) cho‘kmaga tushgan oqsillarni eritib yuborish xususiyatiga ega. Tajriba qilinishicha 3 ta probirka olib har biriga ehtiyotkorlik bilan 1 ml dan birinchisiga xlorid kislotasi, ikkinchisiga sulfat va uchinchisiga nitrat kislotasidan quyiladi. Uchala probirkadagi kislotalar ustiga ham sekinlik bilan 1 ml dan oqsil eritmasidan quyiladi. Probirkadagi ikkala suyuqlikning chegarasida, halqalar holatida oqsilning oq cho‘kmalari hosil bo‘ladi. Har bir probirkani sekinlik bilan chayqatiladi. Bu vaqtda, xlorid va sulfat kislotalari solingan birinchi va ikkinchi probirkalaridagi oqsil cho‘kmalari erib ketadi. Nitrat kislotasi solingan uchinchi probirka chayqatilganda ham cho‘kma erib ketmaydi. Download 22.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling