3-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Pythonda ma’lumot turlari Ishdan maqsad


Download 30.48 Kb.
bet2/2
Sana13.04.2023
Hajmi30.48 Kb.
#1352158
1   2
Bog'liq
3-Amaliy mashg’ulot (Python)

For j:=N-2 downto i do
If A[j] > A[j+1] then begin
c:=A[j]; A[j]:=A[j+1];
A[j+1]:=c
end;
Shu bilan birga Pythonda dastur yozayotganda begin-end, {} yoki satr tugagani bildirish uchun nuqtali vergul (;) qoʻyilmaydi.
Pythonda sonlar bilan ishlash
Arifmetik amallar. Pythonda asosiy arifmetik amallar matematikadagi qoidasi boʻyicha qoʻllaniladi.



Ikki sonning yigʻindisi chapdagi holda yozilsa python dasturlash muhitida bajariladi. Ularning natijasi xotiraga yoziladi. Ya’ni 100 ga teng boʻladi.


+ - qoʻshish amali:


Ikki sonni yigʻindisi



Dastur kodi

Dastur natijasi

print(96 + 4)

100



- - ayirish amali:
Ikki sonni ayirmasi

Dastur kodi

Dastur natijasi

print(96 - 104)

-4


* - koʻpaytirish amali:


Ikki sonni koʻpaytmasi

Dastur kodi

Dastur natijasi

print(4 * 15)

60



/ - boʻlish amali:


Ikki sonni boʻlish


Dastur kodi

Dastur natijasi

print(12 / 5)

2.4



// - butun qismli boʻlish amali:


Ikki sonni boʻlinmasi (ushbu amal boʻlish natijasining faqat butun qismini qaytaradi, qoldiq qismi tashlab yuboriladi)

Dastur kodi

Dastur natijasi

print(12 // 5)

2



% - qoldiqli boʻlish amali:


Ikki sonni boʻlinmasi (ushbu amal boʻlish natijasining faqat qoldiq qismini qaytarib, butun qismi tashlab yuboriladi)

Dastur kodi

Dastur natijasi

print(16 % 5)

1

** - darajaga koʻtarish (oshirish) amali:


xy shaklidagi hisoblashlarda qoʻllaniladi

Dastur kodi

Dastur natijasi

print(2 ** 2)

4

Ifodada bir nechta arifmetik amallar ketma-ket kelgan boʻlsa, ular ustunligi boʻyicha bajariladi. Dastlab, yuqori prioritetga ega boʻlgan amallar bajariladi. Amallarning prioriteti kamayish tartibida quyidagi jadvalda ifodalangan:

Amallar

Yoʻnalish

**

Chapdan-oʻnga

*, /, //, %

Chapdan-oʻnga

+, -

Chapdan-oʻnga

Misol sifatida quyidagi ifodani qaraymiz:



Dastur kodi

Dastur natijasi

son = 12//6 + 2 ** 4 * 2 - 5
print(son)

29

Bu yerda dastlab eng yuqori ustunlikga ega boʻlgan amal – darajaga koʻtarish amali bajariladi (2 ** 4 =16). Keyin koʻpaytma (16 * 2 = 32), butun qismli boʻlish (12 // 6 = 2), qoʻshish (2 + 32 = 34) va ayirish (34 – 5 = 29) amallari bajariladi. Ifoda bajarilishi natijasida 29 soni konsol ekraniga chiqariladi.


Amallarni qavsga olish orqali ularning bajarilish ketma-ketligini oʻzimiz xoxlagan tartibga keltirib olishimiz ham mumkun. Masalan, yuqoridagi ifodani quyidagicha qayta yozamiz:

Dastur kodi

Dastur natijasi

son = 12//6 + 2 ** 4 * (2 – 5)
print(son)

-46

Natijada konsol ekraniga -46 soni chiqariladi.


Shuni alohida ta`kidlash kerakki, arifmetik amallar butun sonlar uchun qanday tartibda bajarilsa, suzuvchan nuqtali haqiqiy sonlar uchun ham xuddi shunday boʻladi. Agarda ifodada loaqal bitta haqiqiy son ishtirok qilsa natija haqiqiy turda ifodalanadi.
Topshiriqlar
1. Matn turi haqida ma’lumot bering.
2. Raqam turlari haqida ma’lumot bering.
3.Tarkib turlari haqida ma’lumot bering.
Download 30.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling