3-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Pythonda ma’lumot turlari Ishdan maqsad
Download 30.48 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-Amaliy mashg’ulot (Python)
- Bu sahifa navigatsiya:
- For i:= 0 to N-1 do
3-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Pythonda ma’lumot turlari Ishdan maqsad: Pythonda ma’lumot turlari haqidagi bilim, malaka va koʻnikmalarini shakllantirish. Nazariy ma’lumot Python dasturlash tilida quyidagi ma’lumot turlari mavjud. Matn turi: str Raqam turlari: int, float, complex Tarkib turlari: list, tuple, range Xarita turi: dict Turlarini oʻrnatish: set, frozenset Boolean turi: bool Ikkilik turlari: bytes, bytearray, memoryview Python dasturlash tilida type()Funksiya yordamida istalgan ob’ekt ma’lumotlarini olishingiz mumkin. misol uchun: print(type(attribute)) Python dasturlash tilini oʻrnatish. Agar siz biror GNU/Linux distributivini ishlatayotgan boʻlsangiz koʻp xollarda sizning tizimingizda python oʻrnatilgan boʻladi. Buni tekshirib koʻrish uchun terminalingizdan quyidagi buyruqni ishga tushirib koʻring. python -V Agar sizda Python 3.4.3 yozuvi yoki shunga oʻxshash yozuv hosil boʻlsa unda hammasi joyida. Windows operatsion tizimiga oʻrnatish uchun www.python.org/downloads web sahifasiga oʻtamiz va u yerdan oxirgi python versiyasini yuklab olamiz. Pythonni oʻrnatish odatiy dasturlarni oʻrnatish kabi kechadi. Hech qanday qiyin joyi yoʻq. Bugungi kunda dunyoga mashhur koʻplab kompaniyalar NASA, Google, Yandex, CERN, Apple computer, Dream Works, kosmik teleskop institutlari Pythonni ishlatishadi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari AQSH (Koliforniya Universiteti, Florida Universiteti, Lova Universiteti, Massachustva Texnologiya Universiteti), Kanada (Toronto Universiteti, Alberto Universiteti), Buyuk Britaniya (Oksford Universiteti), Fransiya, Rossiya, Avstraliya, Ispaniyaning universitet va kollejlarida oʻqitishda Python dasturlash tili qoʻllaniladi. Pythonning oʻziga xos jihatlaridan biri bu dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olishga hojat qolmaydi. Shuningdek dasturni yozish davomida ortiqcha kod yozishdan xalos boʻlinadi. Masalan: massiv elementlarini tartiblash misolini Paskal va Python dasturidagi talqinini taqqoslab solishtirib koʻraylik.
Download 30.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling