3-amaliy mashgʻulot mavzu: Qurilish materiallari konlarida buldozerlardan foydalanish va unumdorligini hisoblash
Download 0.88 Mb.
|
3-amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. 9 -rasm. B uldozer -yumshatgichning umumiy kо‘rinishi .
3-AMALIY MASHGʻULOT Mavzu: Qurilish materiallari konlarida buldozerlardan foydalanish va unumdorligini hisoblash. Qurilish materiallari konlarini qazib olishda buldozerlardan qoplovchi tog’ jinslarini maydondan tozalash, monolit massivdan ajratib olingan marmar yoki granit bloklarini qullatish, shuningdek boshqa yordamchi ishlarni bajarishda foydalaniladi.Shuningdek mustahkamligi f=4-6 oralig’ida bo’lgan yoki havo harorati sovushi natijasida muzlagan massivalrni mexanik usulda yumshatish uchun ham buldozerlardan foydalaniladi.Hozirgi kunda foydali qazilmalarni qazib olishda xorijda ishlab chiqarilgan zabjirli va g’ildirakli yurish qismiga ega bo’lgan buldozerlardan foydalanib kelinmoqda.Masalan, zanjirli buldozerlar “Komatsu” firmasi (Yaponiya), “Fiat-Allis” firmasi (Italiya), “Libxerr” firmasi (Germaniya), g’ildirakli buldjzerlar “Katerpiller” firmasi (AQSH), “Klark” firmasi (AQSH), “Belaz” firmasi (Belarussiya) va boshqalar. Karyerlarda - kon qazish ishlarida buldozerlar asosan foydali qazilmalar ustini qoplab yotgan tog‘ jinslarini olib tashlab, ochish ishlarini bajarishda, rekultivatsiya va yordamchi ishlar (qatlamni qazib olish oldidan tozalash, qazish joyini tekislash va yо‘llarni tо‘kilgan tog‘ jinslaridan va qorlardan tozalash) ni bajarishda qо‘llaniladi. Ochish va qazib olish ishlari hajmi uncha katta bо‘lmagan va ag‘darmagacha tashish masofasi 80-100 m dan oshmagan qurilish materiallari karyerlarida kо‘pincha buldozerlardan foydalaniladi. Karyerlarda ochish ishlarida va ag‘darmalarda ishlash uchun quvvati katta bо‘lgan gusenitsali tо‘g‘ri ag‘darmali buldozerlar qо‘llaniladi. 10.9-rasm. Buldozer-yumshatgichning umumiy kо‘rinishi. Tog‘ jinslarini buldozerlar bilan qazib olish texnologiyasida – gorizontal yoki qiya (30º gacha) uchastkalarda qatlamlar ketma-ket qirqib olinadi. Bunda buldozer ag‘darmasining tо‘lishini ta’minlovchi о‘rtacha uzunlik 8-16 m ga teng bо‘ladi. Qiya maydonlarda qazib olish ishlari bajarilganida buldozer og‘irligining bir qismi tog‘ jinslarini kesishga va siljitishga ishlatiladi. Ag‘darmaning tog‘ jinsiga botishi – buldozerning gidrosistemasi yordamida amalga oshiriladi. Ag‘darma oldidagi bо‘shliq tuproq bilan tо‘lganidan keyin – buldozer ag‘darmasini qazish joyi satxigacha kо‘taradi va tо‘la kovshni kerakli joygacha tashib boradi. Tashish paytida tuproq yoki tog‘ jinslarining yо‘qolishini kamaytirish uchun ag‘darma yopgichlar bilan yopilishi ham mumkin. Zichligi katta bо‘lgan jinslarda qazish ishlari olib borilganida – buldozerlar yumshatgichlar bilan birgalikda ishlaydi yoki buldozerlarning о‘zlari oldindan yumshatish uchun bir nechta tishlar bilan jixozlanadi. Bu texnologiya qurilish materiallari karyerlarida oxaktoshlarni qazib olishda qо‘llaniladi. Yumshatilgan tog‘ jinslari buldozer yordamida bunkergacha tashiladi va u bunkerdan konveyrga tushadi yoki gildirakli transport vositalariga yuklanib tashib ketiladi. Tog‘ jinslarini buldozerlar bilan tashishda ruxsat etilgan qiyalik - 6º gacha. Tog‘ jinsini tashish paytida tо‘kilgan tog‘ jinslaridan tozalab nazorat qilish ishlari asosiy texnologik transport tezligidan kam bо‘lmagan tezlikka ega bо‘lgan g‘ildirakli buldozerlar yordamida amalga oshiriladi va bunda asosiy texnologik transport unumdorligini kamaytirmaydi. Buldozerlarning ag‘darmalardagi ishlari shundan iboratki - ular avtotransport bilan tashib kelingan tog‘ jinslarini ag‘darmalarga joylashtiradilar. Tog‘ jinslarini qazib oluvchi buldozerning mehnat unumdorligi – uning quvvatiga, ag‘darmasi о‘lchamlariga, tashib borish masofasiga hamda qazib olinayotgan tog‘ jinslarining xususiyatlariga bilan bog‘liq bо‘ladi. Ishchi sikldagi amallar – yupqa qatlamni qirqib olish va uni ag‘darma oldida tо‘plash, yukni tashib borish va bо‘sh qaytish. Amaliy ish quyidagi tartibda hisoblanadi: Berilgan: Buldozerning ekspluatatsion unumdorligini hisoblash: m3/soat Bu yerda V-buldozer bilan surilishi lozim bo’lgan kon jinslari hajmi m3. a-kon jinslarini bulldozer bilan surishda jinslarni qolib ketishini hisobga oluvchi koeffitsient bo’lib quyidagicha aniqlanadi: a=1--L*b b=0.008-0.004 deb qabul qilamiz (buldozerning ish vaqtida jinslarni qolib ketish qismi). k =0.75-0.95 vaqtdan samarali foydalanish koeffitsienti. σ-ish bajarilayotgan uchastkaning qiyaligini hisobga oluvchi koeffitsient bo’lib, bu kattalik L kon jinslarini surilish masofasiga mos holda olinadi: L=15 m bo’lganda σ=1, L=30 m bo’lganda σ=0,6, L=65 m bo’lganda σ=0,3, L=100 m bo’lganda σ=0,2. w=1,2-1,4 bo’lib, tog’ jinslarini buldozer lemexida maydalnishini hisobga oluvchi koeffitsient hisoblanadi. T- buldozerning ishchi sikl davomiyligi bo’lib, buldozerning markasi va tog’ jinslarini surish masofasiga mos holda olinadi.
Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling