3-amaliy mashg’ulot. Milliy aksiologiya va undan boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish imkoniyatlari. Ishdan maqsad
Tezkor so’rov metodi orqali quyidagi savollar beriladi
Download 91.03 Kb.
|
3-amaliy
Tezkor so’rov metodi orqali quyidagi savollar beriladi:Ma'naviy-axloqiy tarbiya vazifalari ? O‘quvchilarda ma'naviy-axloqiy ongni shakllantirish? O‘quvchilarda ma'naviy-axloqiy xulq-atvor ko‘nikma va odatlarini tarkib toptirish? Milliy ong va mafkura nima? Ilmiy- tadqiqot metodlari va ularning o’zaro bog’liqligi nimalardan iborat? o’quv topshiriq “Tushunchalar tahlili ” organayzerini to’ldiringguruh
2- guruh
«BIRGALIKDA O’QIYMIZ» TEXNIKASI Birgalikda o’qish: o’quv guruhi kichik guruhlarga bo’linadi. Har bir kichik guruh o’rganilayotgan mavzuning ma`lum bir sohasida ekspert bo’ladi va boshqalarni o’rgatadi.Har bir guruhning maqsadi boshqa barcha guruhlar ishtirokchilari mavzu savollarini to’la hajmda egallab olishdan iborat. «Birgalikda o’qiymiz» texnikasida foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi Bilim darajasiga qarab 3-5 kishidan iborat bo’lgan har xil turdagi guruhlar tuziladi. Har bir guruhga bitta topshiriq beriladi –umumiy mavzuning bir qismi, uning ustida butun o’quv guruhi ish olib boradi hamda tayanchlar – ekspert varaqlari – taqdim etiladi. Har bir guruh ichida umumiy topshiriq taqsimlanadi. Hamma yakka tartibdagi topshiriqni bajaradi. Barcha guruh a`zolarining kichik ma`ruzalari tinglanadi. Umumiy natija (butun ekspert varag`i bo’yicha savollar javobini shakllantiradi va uni taqdimotgatayyorlanadi. Qadriyatlar tushunchasi nihoyatda xilma-xil ma‘noda turli soxalarda qo’llaniladi. Qadriyatlar to’grisidani fan bu aksiologiyadir. Bu atama ilmiy bilimlar soxasiga o’tgan asrning ikkinchi yarmida nemis aksiologi E.Gertman va frantsuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. G’arbda bu atama grekcha «qadriyat» va «fan», «ta‘limot» tushunchalariga asoslanadi. Qadriyatni aksiologik nuqtai–nazardan talqin qilish, uning kategoriya sifatidagi mazmuni, ob‘ektiv asosi va sub‘ektiv jihatlari, namoyon bo’lish shakllari va xususiyatlarini o’rganishga imkon beradi. Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. qadriyatlar inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan vokelikning shakllari, narsalar, voqealar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan kategoriyadir. Ma‘naviy madaniyat yoxud «ma‘naviyat»ning mаg’izini (ядросиni) qadriyatlar tashkil etadi. Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yoki narsaning o’ziga xos xususiyati yoki xossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning yoki bu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy shartidir. Qadriyatlar inson bisotida turli - tuman ehtiyojlarning va his - tuyg’ularning mavjudligidan dalolat beradi, atrofida sodir bo’layotgan voqealarni, hodisa-larni turlicha baholashlari uchun zamin yaratadi. Chunonchi birovlar uchun o’ta qadrli, o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan, yoki bu hodisa, boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq chaqalik ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarni oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyat kamroq, qadr-qimmat sezilmaydigan), absalyut va nisbiy, ob‘ektiv va sub‘ektiv qadriyat-larga bo’lish mumkin. Mazmuniga qarab mantiqiy, etik, estetik va narsalar qadriyatlariga bo’lish mumkin. Shuningdek, qadriyatlarni haqiqatni, ezgulikni, go’zallikni ulug’lovchi qadriyatlarga ajratiш mumkin. Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy-ma‘naviy taraqqiyotining mahsulidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o’sha zamonda yashagan odamlarning orzu - umidlari, isatklari, talab va ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Zamonlar o’tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va ma‘nosi o’zgarib boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning tarbiyaviy ahamiyatiga baho berganda konkret tarixiy shart - sharoitlarni doimo nazarda tutmoq zarur. Milliy istiqlol mafkurasi mohiyat - mazmuni. Tarbiya jarayonida milliy ong va tafakkurni shakllantirish. Yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamma davrlarda millatning ilg’or kishilari diqqat markazida bo’lib kelgan. Insoniyat boshidan kechirgan barcha tuzumlarda davrning o’qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo ilm faniga umuminsoniy madaniyatiga salmoqli hissalarini qo’shganlar. Bilim ilmiy dunyoqarashning asosi bo’lib hisoblanadi. Bilim olish albatta yoshlikdan boshlanadi. «Yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan naqshdir», - deydi dono xalqimiz. Bilimli kishi hech qachon tarix sahifalaridan, xalqimizning qalbidan o’chmaydi. Shunday kishilar qatorida Sharq musulmon dunyosi mutafakkirlaridan al - Kindiy, G`azzoliy, Beruniy, Xorazmiy, Naqshbandiy, Yassaviylarni, G`arb allomalari I. Kant, F. Gegel, L. Feyerbax, A. Shopengauerlarning nomlarini tilga olmasdan bo’lmaydi. Eng buyuk allomalaru donishmandlar, o’zlarining noyob asarlari, ta’limotlari bilan insoniyat rivojiga ulkan hissa qo’shganlar. Ular umrlarini ilmu fanga bag’ishlab, bu yorug’ olamdan ketar chog’i hayot ilmini chuqur egalladingizmi? degan savolga hech narsa bilmay ketyapman degan ekanlar. Ne ajab, hayot ilmi sirli va murakkabki, anglab yetmoqqa butun insoniyat umri ham yetmaydi.Bilim ilmiy dunyoqarashning asosi deb aytib o’tdik, shunday ekan dunyoqarashning o’zi nima? Uning qanday shakllari bor? Dunyoqarash - faqat insongagina xos xususiyat bo’lib, hayvonot dunyosi boshqa narsa , buyumlar va mavjudodlar uchun bu hol yotdir. Ularda dunyoqarash kishilarning olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik diniy, qarashlari va tasavvurlari tizimidan iborat. Demak, dunyoqarash bu olam haqidagi yaxlit umumiylashtirilgan bilimlar to’plamidir. Kishilar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar to’g’risida qancha ko’p ma’lumotlarga, bilimga ega bo’lsa, ularning dunyoqarashi ham shu darajada mukammal va puxta bo’ladi. Avvalo ta’kidlash lozimki, ilmiy dunyoqarash turlicha buladi. Turli kasb egalari turli xil dunyoqarashga ega bo’ladi.Dunyoqarash kishilarda olam haqida yaxlit yaxlit umumlashtirilgan bilimlar, g’oyalar turkumini hosil qiladigan ularni muayyan ijtimoiy guruhlar, sinflar, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, davlatlar maqsadidan kelib chiqib, baholaydigan va shunga qarab hayotdagi o’z o’rnini, amaliy faoliyat yo’nalishlarini , maqsadlarini aniqlab olishga imkoniyat beradigan ko’p qirrali va sermazmun tushunchadir. Dunyoqarashning ikkita darajasi mavjud. Birinchisini, kishilarning kundalik hayotiy amaliy tajribasi hamda kasbiy faoliyati asosida to’plangan bilimlar, tasavvurlar, qarashlar tashkil qilsa, ikkinchisini ilm-fan tufayli to’plangan nazariy bilimlar, g’oyalar yig’indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-biri bilan uzviy bog’langan bulib, bir-birini to’ldiradi. Dunyoqarash ijtimoiy borliqning in’ikosidir. Unda ijtimoiy turmush aks etadi va u ijtimoiy tuzumga bog’liq bo’ladi. Dunyoqarashning doimo o’zgarib, rivojlanib turishi uning tarixiy turlarining almashuvida yaqqol namoyon bo’ladi. Mifologik ( yunoncha - mifos-naql, rivoyat, logos- tushuncha, ta’limot) dunyoqarash - ijtimoiy taraqqiyotning eng boshlang’ich davriga xos bo’lgan xalq og’zaki ijodi- naql va afsonalarda gavdalantirilgan ijtimoiy ongning asosiy shaklidir. «Olam qanday paydo bo’lgan? Quyosh, oy va yulduzlarni kim yaratgan? Bu sir-sinoatga to’la borliqning so’ngi qayerda?» degan savollar odamzotni azaldan qiziqtirib kelgan. Ushbu savollarga odamzot topgan dastlabki javoblar miflarda ifodalangan va ular butun bir mifologik tizimni hosil etgan. Qadimiy turkiy xalqlarda ham shunday mifologik tizim mavjud bo’lgan. Misol tariqasida yer, osmon, yulduzlarning paydo bo’lishi, tuzilishi va o’zaro munosabati haqidagi mifologik naqllarni keltiramiz: 1. Yer(ning) ustidan osmon do’ppiday yopib turadi. Eng balandda, o’rtada Temir qoziq yulduzi turadi. Jami yulduz yer bilan temir qoziqning (atrofida) chir aylanadi. Yerning ostidayam bir temir qoziq yulduzi bor. Ikki temir qoziq tortishib, yer qimirlamay turadi. 2. Hulkar avval yetti yulduz bo’lgan. Birovini Yetti qaroqchi olib, oltitasi qolgan. Yetti qaroqchi Hulkar bilan Qambarning o’rtasia tushib, ularni yuz ko’rmas qilib qo’ygan. Avval ular bir-birini yaxshi ko’rishgan. Hozir Hulkar botsa, Qambar chiqadi. Qambar botsa, Hulkar tug’adi. Hulkar- qiz, Qambar- yigit deyishadi. Oxiri qiyomatda Hulkar bilan Qambar ko’risharmish. 3. Osmon qavat-qavat bo’lar ekan. Nechanchidir qavatida bir daraxt bor ekan. Har bir odamning oti yozilgan barg shu daraxtda bo’lar ekan. Odam o’lsa, barg so’lib, uzilib tushar ekan. Barg yerga tushayotganda, biror odamga tegib ketsa, shu odamning qulog’i chimirlar ekan. Shunday vaqtda kalima qaytarishi kerak ekan. Diniy dunyoqarash mifologiya (afsona)negizida shakllangan va rivojlangan, voqelikning kelib chiqishi, rivojlanishi, istiqbolini xayoliy obrazlar, tasavvurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi dunyoqarashdir. Diniy dunyoqarashning xalq ongiga singib, qalbida chuqur ildiz otib ketishining boisi shundan iboratki, ular oddiy kishilarning ruhiyatiga moslab, ularning hissiyoti, tafakkuriga ta’sir etadigan va ko’p vaqtgacha esda saqlanib qoladigan yorqin obrazlar, afsona va rivoyatlar shaklida izhor qilinishidadir. Islom ta’limotidagi har bir afsona va rivoyatlarda katta hikmat, falsafiy fikr, ma’no mavjuddir. Shuning uchun ham ular barhayot bo’lib, avloddan-avlodga o’tib, bizning davrimizgacha yetib keldi. Bunday ma’naviy boylikni ehtiyot qilishimiz lozim. Falsafiy dunyoqarash - bu olam haqidagi yaxlit va tizimlashtirilgan bilimlar yig’indisidir. Mifologik va diniy dunyoqarash hissiy a’zolarimiz orqali erishilgan ma’lumotlar asosida shakllansa, falsafiy dunyoqarash hissiy va aqliy a’zolarimiz tufayli ilm-fan yordamida to’plagan bilimlar yig’indisidir. Falsafiy dunyoqarash kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyatlari haqida ma’lumot beradi. Shu bilan birga u insonni qurshab turgan olamni, dunyoni va uning taraqqiyot qonunlarini bilish mumkinligini, bilish esa murakkab, ziddiyatli jarayondan iboratligini ta’kidlaydi. Hozirgi kunda dunyoqarashda yangicha fikrlashni hosil qilish mohiyati nimadan iborat va bu nima uchun zarur?Hozirgi kunda kishilarning ongi dunyoqarashida yangicha fikrlash yo’sini mustahamlanmasa, milliy istiqlol g’oyasi, mazmuni va mohiyati ularga tushuntirilmasa katta o’zgarish sodir bo’lmasligi mumkin. Hozirgi muhim dolzarb masalalardan biri kishilarning eskicha dunyoqarashini o’zgartirish iqtisodiy, siyosiy, madaniy jabhalarda fikrlashni o’rgatish, mustaqillikni mustahkamlashda o’z haq - huquqlarini anglab olish va noo’xshov holatlarning hayotga kirib qolmasligiga qarshi kurashishga undashdan iborat. Milliy ong va mafkurani shakllantirish xozirgi kun talabi ekan, bu tushunchalar mohiyatini ham chuqur bilishimiz zarur. Xo’sh, ong, milliy ong va mafkura nima? (Savollar yuzasidan qisqacha munozara uyushtiriladi) Ongni arabcha «aql» so’zidan olingan, deb ta’kidlaydi bir qator olimlar. Lekin ong va aql iboralari o’rtasida farqlar ham bor. Odamning fikrlash qobiliyati nazarda tutilganda, ong va aql atamalari bildirgan ma’nolar bir-biriga mos keladi, ong ham, aql ham odam miyasining mahsulidir. «Odam onglaydi (anglaydi), aql yuritadi, fikrlaydi. Ong, shuningdek, kishining ruhiy, ruhoniy, siyosiy, falsafiy nuqtai nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining ham majmui hisoblanadi» Milliy ong - bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e’tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning o’zaro ta’siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma’naviy sohalarda faollik darajasi. «Milliy ong - O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning samarali omillaridan biridir». Milliy ongni davr talabi darajasiga ko’tarish uchun davlatimizda katta ishlar amalga oshirilmokda. Bunda ta’lim-tarbiya muassasalari-ning roli ayniqsa muhimdir. Mafkura (arabcha «mafkura» - nuqtai nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmui) –jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g’oyalar majmui. Mafkura ijtimoiy borliqning, ya’ni keng ma’noda jamiyat hayotining ma’naviy-siyosiy in’ikosidir, uning inson ongida aks etishi, inson tomonidan anglanib, bir butun tizim holiga keltirilishi va bu tizimning amaliy faoliyatda nazariy asos hamda ruhiy tayanch bo’lib xizmat qilishidir. Ongimiz va dunyoqarashimizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishimiz kerak ekan, dastlab bu mafkuraning mohiyatini chuqur anglab olishimiz kerak. Bu haqda oldingi mavzularda, boshqa fanlarni o’tish jarayonida ham kup to’xtab o’tilgan. Shu fikrlarni, bilimlarni yana bir esga tushiraylik. Download 91.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling