Analitik va pretsizion massa o’lchash vositalarini metrologik tekshiruvdan o’tkazish laboratoriyasi
Laboratoriya I, II va III toifali namunaviy tarozilar va tarozi toshlari bilan jihozlangan. Ushbu laboratoriyada F1, F2, M1 aniqlik sinfidagi, o’lchash ko’lami 1 mg dan 20 kg gacha bo’lgan tarozi toshlari hamda maxsus (I), yuqori (II), o’rta (III) va oddiy (IIII) aniqlik klassidagi laboratoriya tarozilari metrologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Shuningdek laboratoriyada turli analitik massa o’lchash operatsiyalarini ham amalga oshiriladi.
Ushbu laboratoriyaga 2015 yilgi rivojlantirish dasturlari asosida Shveytsariyaning Mettler – Toledo firmasida ishlab chiqarilgan o’ta yuqori aniqlikdagi XPE56C turli ultramikro tarozi xarid qilindi, (O’lchash chegarasiG’diskretligi – 52 gG’1 mg).
2016 yilgi rivojlantirish dasturi asosida bo’limda Koreyaning CAS Corporation firmasida ishlab chiqarilgan CAUW – D turli analitik laboratoriya tarozisi (komparator va tarozi sifatida ishlatiladi) xarid qilindi (O’lchash chegarasiG’diskretligi – 220 gG’10 mg) .
Do'stlaringiz bilan baham: |