05 bo’lim. Radiotexnik kattaliklarni va ionlovchi nurlanishlarni o’lchash, putur etkazmasdan tekshirish ilmiy ishlab chiqarish bo’limi
Umumiy radiotexnik kattaliklar laboratoriyasi
Umumiy radiotexnik kattaliklar laboratoriyasi analog, selektiv, impulsli voltmetrlar, shuningdek signal generatorlari faza o’lchagichlari, shovqin generatorlari, yuqori va o’ta yuqori chastota generatorlari, kabel-antennali priborlar va boshqa o’lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatlash bilan shug’ullanadi.Laboratoriya aloqa o’lchash asboblari, jumladan tarmoq analizatorlari, tester protokollari va ko’plab boshqa asboblarni metrologik attestatlash bilan shug’ullanadi. Bu laboratoriyada attestatlangan va qiyoslangan asboblar xalq xo’jaligining telekommunikasiya va aloqa, aviasiya va engil sanoat, mashinasozlik sohalari va boshqa turli sohalarda qo’llanadi. Laboratoriya bir nechta o’lchash turlari bo’yicha, signal O’YuCh (SVCh) quvvati, daraja o’lchagichi kabi hamda boshqa birinchi va ikkinchi razryaddagi etalonlar bilan jihozlangan. Laboratoriyadagi namunaviy asboblar xatoligi 0,05 dan 1 % gachani tashkil qiladi.
“O’zMIM” DK qoshidagi umumiy radiotexnik o’lchashlar laboratoriyasi radioelektron o’lchash vositalari: chastota o’lchagich, signal generatorlari, signal spektr va shaklining parametr o’lchagichlari, past chastotali va yuqori chastotali voltmetrlar, selektiv mikrovoltmetrlar, quvvat o’lchagichlari, zanjir parametrlari o’lchagichlari, elektromagnit maydon kuchlanganligi o’lchagichlari, aloqa vositalari, TTK o’lchovlari, TTK, koaksial yuklanma o’lchagichlari, koaksial va to’lqin o’tkazuvchi traktlardagi YuCh va O’YuCh attenyuatorlari, o’lchash antennalari hamda maydon va xalaqit kuchlanganligi o’lchagichlarini qiyoslash va metrologik attestatlashdan o’tkazishni ta’minlaydi.
Bundan tashqari umumiy radiotexnik o’lchashlar bo’limining laboratoriyasi ixtisoslashtirilgan noyob «Prizma – 16» asbobi bilan butlangan. Asbob o’zidan ADSP – 2181, Plmaltera signallariga raqamli
ishlov berish prosessorlari va yuqori integrasiya darajasidagi mikrosxemalarda amalga oshirilgan dastur-apparatli qurilmani ifodalaydi, SMD – komponentlar ham keng qo’llangan.
«PRIZMA – 16» telefon ulanishlar shakllantirgichi raqamli, elektromexanik ATS va uyali aloqa tizimlarining kommutatsion stantsiyalaridagi ulanish davomiyligini o’lchash tizimlari (UDO’T)ni qiyoslash maqsadida so’zlashuv holatining oldindan berilgan davomiyligi bilan telefon ulanishlarni shakllantirish uchun mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |