Ionlovchi nurlanishlarni o’lchash laboratoriyasi
2000 yilning avgust oyida radiatsion xavfsizlik to’g’risida Qonun qabul qilinib, u radiatsion xavfsizlik, fuqarolar hayoti, sog’ligi va mulkini, shuningdek atrof muhitni ionlovchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni tartibga soladi.
Radiatsion xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi Davlat tomonidan tartibga solish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– radiatsion xavfsizlik talablariga rioya qilish ustidan davlat tekshiruvi va nazorati;
– qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlari, ozuqa, ichimlik va texnik suvi, qurilish materiallarini radiatsion ifloslanishga sertifikalashtirish;
– er uchastkalarini barcha turdagi qurilishga ajratish uchun kelishishda radiatsion ifloslanishni aniqlash;
– tibbiy rentgenoradiologik muolajalarni o’tkazishda fuqarolar radiatsion xavfsizligini ta’minlash.
Radiatsion xavfsizlik talablarini ta’minlash bo’yicha barcha ishlarni, qiyoslanishi va attestatlanishi kerak bo’lgan, ixtisoslashtirilgan ionlovchi nurlanishni o’lchash vositalarisiz hal qilish mumkin emas. Ionlovchi nurlanishlarni o’lchash laboratoriyasi har xil turdagi dozimetr, rentgenometr va tssintillyatsion asboblar, geologik qidiruv, individual dozimetrlarni ekspozitsion va yutiluvchi doza quvvati bo’yicha qiyoslash va metrologik attestatlash hamda texnik vositalarning ekspozitsion va yutiluvchi doza quvvatini o’lchashni amalga oshiradi.
2015-2016 yillarda Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) va “O’zstandart” agentligi o’rtasidagi texnik hamkorlik loyixasi bo’yicha gamma va rentgen nurlanish birinchi razryadli etalonlari xarid qilindi. Ushbu etalon dozimetrlar 2-razryadli etalon dozimetrik uskunalarni hamda gamma va rentgen nurlanish manbalarini qiyoslash, kalibrlash va attestatlashni amalga oshirish imkonini berdi. Shuningdek bu loyiha bo’yicha gamma nurlanish etalon manbalari bilan butlikda AQSh Canberra firmasida ishlab chiqarilgan gammaspektrometr xarid qilinib, ushbu kompleks spektrometrlarni qiyoslash, kalibrlash va 2-razryadli gamma nurlanish etalon manbalarini attestatlash uchun mo’ljallangan.
Tibbiyot o’lchov vositalarini o’lchash laboratoriyasi
Shu bilan birga bo’lim putur etkazmaydigan tekshiruv o’lchov vositalarini hamda elektrokardiograflar, exoensefalograflar va elektroensefalograflar, miograflar, reograflar, ultratovushli diagnostika apparatlari (UTT apparatlari) kabi va UVCh apparatlari, elektroforez galvanizatsiya apparatlari, past chastotali terapiya «Amplipuls» apparatlari va h.k. kabi tibbiyot uchun mo’ljallangan priborlarni qiyoslash (kalibrlash) va metrologik attestatlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |