Tolali-optik aloqa liniyalarini o’lchash laboratoriyasi
2010 yilda bo’lim laboratoriyalari tolali-optik o’lchash vositalari qiyoslovchisining ish joyini jihozlash hamda optik reflektometrlar, nurlanish manbalari, optik quvvat o’lchagichlari, optik tester va attenyuatorlarni qiyoslash (kalibrlash)dan o’tkazish uchun mo’ljallangan tolali-optik aloqa liniyalari (TOAL) o’lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyalarini tashkil qilish uchun 1-chi razryadli ishchi etalon bilan jihozlandi. Asbob-uskuna optik reflektometrlarning masofasi va so’nishi, optik reflektometrlar tupish zonasi, optik reflektometrlar dinamik diapazoni, nurlanish manbalarining metrologik tavsiflari, optik quvvat o’lchagichlari, optik tester va attenyuator hamda boshqalarning o’lchash xatoligini aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |