3-amaliy mashg’ulot. Milliy metrologiya institutining vazifalari, laboratoriya va bo’limlari faoliyatini o’rganish. Nazariy ma’lumotlar


Mexanik kattaliklarni o’lchash va moddalarning sarf, hajm parametrlarini o’lchash laboratoriyasi


Download 149 Kb.
bet12/23
Sana05.01.2022
Hajmi149 Kb.
#204114
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
3-amaliy

Mexanik kattaliklarni o’lchash va moddalarning sarf, hajm parametrlarini o’lchash laboratoriyasi

Mexanik kattaliklar va sarfni o’lchash laboratoriyasi mexanik kattaliklarni: kuch va qattiqlik (namunaviy dinamometrlar, sinov pressi va mashinalar, qattiq o’lchagichlar, dinamometrik kalitlar) o’lchash vositalarini

qiyoslash bo’yicha ishlarni amalga oshiradi, ushbu qiyoslash ishlarini bajarish uchun “DO – 2 – 5 – 0,5” turdagi 2 – razryadli namunaviy kuch o’lchash mashinasi, 0,01kn dan 5000kn gacha 3 – razryadli namunaviy dinamometrlar, 2 – razryadli (MTR, MTSH, MTB turdagi) namunaviy kuch o’lchovlari mavjud.

  Harakat parametrlari asboblarini (spidometrlar, taxometrlar, sekundomerlar, Iskra – video, Kris, Arena, Vizir turdagi harakat tezligi o’lchagichlarini) qiyoslash uchun laboratoriya UPS – 4, UT – 0,5 – 60, UPMS – 1, IS – 24 uskunalarga ega; hajm va sig’imlarni O’V (1-chi va 2-chi razryadli namunaviy o’lchovlar, yoqilg’i, moy va gaz tarqatish kolonkalari, kalibrlash avtosisternalari, shisha sig’im o’lchovlari va rezervuarlar kalibrovkasi) qiyoslash uchun laboratoriya 3-razryadli, 1-razryadli namunaviy tarozilar bilan jihozlangan.

  Shuningdek 2-razryadli namunaviy o’lchovlarni hamda 1-chi va 2-chi razryadli texnik o’lchovlarni qiyoslash uchun 2 ÷ 500dm3 dan 1-razryadli namunaviy o’lchovlar mavjud.

3÷100m3 dan rezervuarlarni qiyoslash va kalibrlash uchun GOST 8.346 – 2000 va GOST 8.570 – 2000 bo’yicha namunaviy O’V va kompyuter dasturi mavjud.

  Bo’lim shuningdek O’V metrologik attestatlash, hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, O’V sertifikatlashtirish sinovlarini bajaradi.

Hozirgi vaqtda bo’lim 27 ta yuqori aniqlikdagi namunaviy o’lchash vositalari va 87 ta namunaviy o’lchash vositalari bilan jihozlangan bo’lib, bu o’lchashlar birliligini ta’minlash uchun respublika xalq xo’jaligi ehtiyojlarini ta’minlaydi.

  O’zbekiston Respublikasida metrologik tekshiruvni rivojlantirish uchun bo’limda o’lchash vositalarini qiyoslashning yangi turlari o’zlashtirilmoqda, mustaqil o’qish orqali va SMSITI(Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tado’io’ot instituti)da malaka oshirilmoqda.

  2009 yilda faoliyatning O’zDst ISOG’IES17025:2007 da o’rnatilgan talablarga muvofiqligiga bo’lim davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tarqalish doirasida qo’llanadigan  o’lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash, metrologik attestatlash va turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o’tkazishda texnik omilkorlik va mustaqillikka akkreditlangan.



Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling