3-amaliy mashg’ulot. Milliy metrologiya institutining vazifalari, laboratoriya va bo’limlari faoliyatini o’rganish. Nazariy ma’lumotlar


bo’lim. Elektr va magnit kattaliklarni o’lchash ilmiy ishlab chiqarish bo’limi​


Download 149 Kb.
bet13/23
Sana05.01.2022
Hajmi149 Kb.
#204114
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
3-amaliy

07 bo’lim. Elektr va magnit kattaliklarni o’lchash ilmiy ishlab chiqarish bo’limi​


Elektr va magnit kattaliklarni o’lchash vositalari ustidan davlat metrologik nazorati bo’limining asosiy yo’nalishlari: o’lchash vositalarini (O’V) qiyoslash, kalibrlash, turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o’tkazish, metrologik ekspertiza, sinov asbob-uskunalari hamda o’lchashlarni bajarish usuliyatlarini attestatlash.

Elektr energiya hisoblagichlari, tok va kuchlanish transformatorlarini qiyoslash laboratoriyasi

Bo’lim quyidagi namunaviy asbob-uskunalarga ega bo’lib, namunaviy o’lchash vositalarini metrologik attestatlash va qiyoslash bo’yicha quyida keltirilgan ishlarni bajarishi mumkin:

Aktiv energiya bo’yicha 0,1 va reaktiv energiya bo’yicha 0,5 aniqlik klassidagi bir fazali va uch fazali istalgan turdagi elektr energiya elektron hisoblagichlari: namunaviy etalon hisoblagich – 0,02 aniqlik klassidagi SE6801vattmetr yordamida MK6801 namunaviy uskunada qiyoslanadi. Shuningdek aktiv energiya uchun 0,5 va undan past aniqlik klassidagi hamda reaktiv energiya uchun 1,0 va undan past aniqlik klassidagi induktsion va elektron bir fazali va uch fazali istalgan turdagi elektr energiya hisoblagichlarini o’rnatilgan joyida ko’chma etalon hisoblagich – 0,1 aniqlik klassidagi TsE6815 vattmetr yordamida qiyoslash imkoni mavjud.

1000 A 0,05 gacha aniqlik klassidagi tok transformatorlari I-512 namunaviy tok transformatori, K535 komparatori va OMICRON (Avstriya) firmasining ST Analyzer yordamida qiyoslanadi.

2015 yilda OMICRON (Avstriya) firmasining VOTANO 100 namunaviy o’lchash vositasi sotib olindi. VOTANO 100 sotib olinganligi tufayli 800 kV gacha 0,1 va undan past aniqlik klassidagi kuchlanish transformatorlarini qiyoslash imkoni paydo bo’ldi.  

“Damas” avtomobili bazasida tashkil qilingan va namunaviy O’V:0,005 aniqlik klassidagi K535 uskunasi; 4,0 aniqlik klassidagi R5018G’1 qarshilik magazini; 0,2 aniqlik klassidagi I509 tok transformatori; III razryadli MG – 6800 tok va kuchlanish bloki; 0,1 aniqlik klassidagi TsE6815 etalon hisoblagichlar bilan jihozlangan ko’chma laboratoriya yordamida bo’lim katta vazn(massa) va yirik gabaritlarga (o’lcham) ega bo’lgan yuqori voltli tok va kuchlanish transformatorlarini foydalanish joyida qiyoslash imkoniga ega.

 


Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling