3 amaliy mashg’ulot: Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlash Darsning maqsadi


Download 62.5 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi62.5 Kb.
#1056328
1   2   3   4
Bog'liq
3 - amaliy mashg’ulot. Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlash

Asosiy kompaniyalar: Hozirgi paytda zamonaviy tizimli platalar asosan IBM, Compaq, Intel, ASUSTek, Mylex Corp, FIC (First International Computer), Giga Byte, Micronic Computers, Packard Bell, HP (Hewlett– Packard), Acer, ABIT, Elitegroup kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda.


Tizimli platalarning tuzilishi


Fiberglas (shisha tolali) materialdan to’g’ri to’rtburchak shaklida ishlangan kartadan iborat eng katta plata bo’lib, quyidagi asosiy elementlardan (komponentalardan, tarkibiy qismlardan) tashkil topgan.



  • prosessorning uyachasi;

  • chipset;

  • Super I/O mikrosxemasi;

  • BIOS moduli (doimiy xotira moduli);

-Tezkor xotira modullarining razemlari (uyachalari)
Prosessorning uyachasi. Prosessorlar Socket yoki Slot tipidagi uyachalarga o’rnatiladi. Bunday uyachalar dastlab, Intel kompaniyasining Intel 486 kompyuterlarida qo’llanilgan bo’lib, prosessorlarni mustaqil ravishda tizimli platadan echib olib almashtirishga imkon berdi (bungacha prosessorlar tizimli plataga kavsharlanib o’rnatilar va tizimli plata bilan birgalikda almashtirilar edi).
Tizimli platadagi har bir Socket yoki Slot lar mos ravishda o’zlarining tartib raqamlariga ega bo’lganliklari uchun, qaysi Slot yoki qaysi Socket qanday tipdagi prosessorga mos kelishini aniqlash osondir.
Slot ga mo’ljallangan prosessorlar plata sathiga vertikal (tik), Socketga mo’ljallanganlari esa unga gorizontal (yotiq) holatlarda o’rnatiladi.
Chipset. Tizimli plata nafaqat tezkor ravishda ishlashi, balki u ishonchli tarzda ham ishlashi kerak. Buning uchun, unga o’rnatilgan turli mikrosxemalarning hamda elektron qurilmalarning o’z imkoniyatlari darajasida, bir-birlari bilan o’zaro moslikda faoliyati yuritishlari hamda ularning faoliyati uzluksiz ravishda nazorat qilinib borilishi talab qilinadi. Albatta, bunday elektron qurilmalarning samarali ishlash parametrlari va ularning faoliyatini nazorat qilib borish usullari BIOS ko’rsatmalarida berilgan bo’ladi. Lekin bu ko’rsatmalar maxsus elektron qurilma – chipset orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun ham chipset – tizimli platadagi prosessordan keyingi eng muhim qurilmalardan biridir. Yoki boshqacha qilib aytganda, prosessor – kompyuterning bosh miyasi bo’lsa, chipset – uning asosiy asab tizimidir.
Chipset - tizimli plataga kavsharlanib o’rnatilgan kvadrat shaklidagi eng katta ikkita mikrosxemalardan tashkil topgan bo’lib, yuqorida joylashgani – shimoliy ko’prik (severnыy most), pastroqda joylashgani – janubiy ko’prik (yujnыy most) deb ataladi.

Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling