3 amaliy mashg’ulot: Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlash Darsning maqsadi


Download 62.5 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi62.5 Kb.
#1056328
1   2   3   4
Bog'liq
3 - amaliy mashg’ulot. Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlash

Shimoliy ko’prik (severnыy most) mikrosxemasi asosan prosessor, operativ xotira va videotizimning (videokarta va monitorning) bir-birlari bilan o’zaro moslikda ishlashini ta’minlaydi, kerakli aloqa vositalari (shina va interfeyslar) orqali ma’lumotlar uzatilishini hamda ularning ishlash holatlarini doimiy ravishda nazorat qilib boradi. Buning uchun u-shu qurilmalarning va ularni bir-biri bilan bog’lovchi aloqa tizimining vazifalari, imkoniyatlari, turlari hamda shu qurilmalarning yana qanday versiyalari bilan ishlay olishi mumkinligi to’g’risida xotirasida saqlanib qolgan ma’lumotlarga asoslanadi (chunki, kompyuterga qanday yangi qurilma yoki mikrosxema o’rnatilmasin, ularning asosiy parametrlari BIOS orqali chipsetning xotirasiga uzatiladi).
Janubiy ko’prik (yujnыy most) mikrosxemasi asosan qolgan ichki elektron qurilmalarning hamda barcha tashqi kiritish-chiqarish qurilmalarining bir-biri bilan o’zaro moslikda ishlashini ta’minlaydi, o’zaro ma’lumot almashuvchi aloqa kanallarining hamda qurilmalarning ishlash holatlarini doimiy ravishda nazorat qilib boradi. Buning uchun u ham xuddi shimoliy ko’prik (severnыy most) mikrosxemasi kabi xotirasiga yozilgan ma’lumotlarga hamda BIOS ko’rsatmalariga tayanadi.
Bu mikrosxema asosan, quyidagi aloqa vositalarining (shina va interfeyslarning) ishlashini tashkil qiladi hamda nazorat qiladi:
PCI – kengaytiruvchi platalar ulovchi;

  • IDE (ATA, ATAPI) – ichki diskovodlarni ulovchi;

  • USB – tashqi qurilmalarni ulovchi;

  • AC’97, MC’97–ovozni eshittiruvchi va qabul qiluvchi qurilmalarni hamda modemlarni ulovchi;

  • IEEE 1394 – tezkor qurilmalarni hamda lokal aloqa to’rlarini ulovchi;

  • Ethernet – lokal aloqa to’rlarini ulovchi;

  • COM – ketma-ket portlarni (eski kompyuterlarda);

  • LPT - parallel portlarni (eski kompyuterlarda);

  • Game/MIDI – joystik va musiqa asboblarini ulovchi;

  • PS/2 – klaviatura va «sichqoncha» ni ulovchi;

  • RiserCard – kengaytiruvchi maxsus kartalarni ulovchi;

  • Serial ATA – ichki diskovodlarni ulovchi;

  • PSI Express – grafik adapterlarni ulovchi;

  • Hyper Transport – kengaytiruvchi kartalarni hamda ichki qurilmalarni ulovchi;

  • SCSI – ichki va tashqi qurilmalarni ulovchi;

  • Bluetooth tashqi qurilmalarnikabelsiz aloqa kanallari orqali ulovchi;

  • Home RF - – tashqi qurilmalarni radio kanallari orqali ulovchi;

  • Home PNA – telefon kanali orqali lokal aloqa to’rlariga chiquvchi;

  • ADSL – telefon kanali orqali INTERNET tizimiga chiquvchi;

  • Interfeys 802.11 – radiokanallar orqali lokal aloqa to’rlarini hamda uzoqdagi tashqi qurilmalarni ulovchi.

Bulardan tashqari Pentium kompterlariga mo’ljallangan zamonaviy chipsetlar ALi -Acer Laboratories, Ins (Aladdin chipsetlari), VIA


Technologies (Apollo chipsetlari), SiS-Silicon Integrated Systems (SiS chipsetlari) tomonidan ham ishlab chiqilmoqda.

Download 62.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling