3-amaliy mashg’ulot: O’zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi. O‘tgan asrning 30- 40-yillaridagi o‘zbek bolalar adabiyoti. Alisher Navoiy va Gulxaniy ijodida ta’lim-tarbiya masalalari


Alisher Navoiy va Gulxaniy ijodida ta’lim-tarbiya masalalari


Download 26.47 Kb.
bet3/4
Sana09.01.2022
Hajmi26.47 Kb.
#256804
1   2   3   4
Bog'liq
2-amaliy mashgulo irtqi mmm (2)

Alisher Navoiy va Gulxaniy ijodida ta’lim-tarbiya masalalari.
O`quv mаshg`ulоtining mаqsаdi : Таlаbаlаrning A. Navoiy va Gulxaniy ijodi bо`yichа оlgаn mа`lumоtlаrini tо`ldirish vа mustahkamlash.
1-Topshiriq:Savollarga javob yozing!
1.Alisher Navoiyning nutq madaniyati masalalariga oid qanday asarlarini 2.bilasiz? Gulxaniy kim bo’lgan?

3.«Zarbulmasal» haqida nima bilasiz?

4.«Zarbulmasal»ning ahamiyati nimada?

5.Gulxaniyning tarjimai holi haqida nimalarni bilasiz?

6.«Zarbulmasal»dan kutilgan maqsad nima?

7.Gulxaniyning qanday masallarini bilasiz?
2-Topshiriq:A.Navoiy va Gulhaniy ijodi tahlili.
Alisher Navoiyning tarixiy xizmatlari namoyon bo’ladi ko’z oldimizda.

Shubhasiz, so’zning qadr-qimmatini, kuch-qudratini munosib ravishda yuksak anglash, tushunishni ham Alisher Navoiydan o’rganamiz. Navoiyning yozishicha, so’z shunday bir gavhardirki, uning qimmati va martabasini belgilashdan nutq ojizdir.

Adabiy va badiiy nutqda qo’llanadigan har bir so’zning shakl va ma'nosiga zo’r e'tibor berishini ham Navoiydan o’rgansa arziydi. Shoir so’zni jonli narsa deb his etadi. Aytilmoqchi bo’lgan fikrni va gapni aytishdan oldin obdon o’ylab, pishitvolish lozim deb saboq beradi shoir:

So’zni ko’ngulda pishqarmaguncha, tilga keltirma,

Va har ne kim, ko’ngilda bor, tilga sirma.

Bu – nutq madaniyatining juda muhim qoidalaridandir.

Har bir kishining o’z nutqiga nisbatan yuksak talabchanlik va mas'uliyat bilan qarashi ham nutq madaniyatining muhim qoidalaridan. Mana shu xususida Navoiy darsi:

Tilga ixtiyorsiz-elga e'tiborsiz, Navoiy tilni qadrlaydi. Tilga insonni hayvonot dunyosidan ajratib turuvchi muhim hodisa deb qaraydi.

Alisher Navoiyning o’zbekcha adabiy tili, nutq madaniyati haqida aytgan qimmatli gaplaridir. O’zbek shoiri Alisher Navoiyning til va nutq, nutqodobi, nutqiy madaniyat, nutq san'ati haqida aytgan fikrlarida qadimiy turkiy xalqlarning nutq madaniyati borasidagi boy va noyob merosi mahorat bilan umumlashtirilgan.

Alisher Navoiy asarlarida chunonchi, nutq odobining talablari haqida fikrlar bor.

1.Tilni, so’zni qadrla, uni hurmat qil:

Donau dur so’zini afsona bil,

So’zni jahon bahrida durdona bil

(Hamsa, 34- bet.)

2.Yaxshi so’zlay olish (nutq)—san'atdir, noyob hunardir. Uni egallashga intilgin:

Erdin so’z hunar, enchidin bo’z hunar.

(«Mahbubul-qulub», 82-bet.)

3.Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning so’zi, nutqidir:

Suvning mazasi muz bila,

oshning mazasi tuz bila,

odam yaxshilig’i so’z bila.

(«Mahbubul-qulub», 79- bet.)

So’z zohir etar zamir ishi ko’pragidin, Til muxbir erur ko’ngul nihon emgagidin, Fahm ayla kishi holini so’z demagidin, Kim berdi xabar hadisi ko’nglidagidin.

(«Nazmul-javohir» dan, 41- bet.)

4. Kishining so’zi (nutqi) uning aqliy kamolotidan darak

beradi:


Odamki demak birla kiromiydiru bas,

So’z durri ishining intizomiduru bas,

Sihhat opchaki, aqli aql komiduru bas,

Aqliga dalil aning kalomiduru bas.

(«Nazmul-javohir» dan, 25- bet.)

5. So’zlaganda diling bilan tiling bir bo’lsnn, chunki dildagi tilga chiqadi:

Haq seni sevgay el bila bo’lsang, Tilu ko’nglungni bir qilib bir ro’y, Nuqta sursang shukuftau xandon, Zist qilsang, kushodou xushro’y.

(«Arbain» dan, 59- bet.)

Demonkim ko’ngli poku ham ko’zn pok,

Tili poku so’zi poku o’zi pok.

(«Hamsa», 175-bet.)

Tilki fasih va dilpazir bo’lgay — xo’broq bo’lg’ay, agar ko’ngul bila bir bo’lg’ay.

(«Mahbubul-qulub», 60- bet.)

6.So’zlaganda o’ylab so’zla, tushunib, bilib gapir:

So’zni ko’nglungda pishqarmaguncha tilga kelturma,

Harnakim ko’nglungda bo’lsa til surma.

(«Mahbubul-qulub», 83- bet.)

7. Xushmuomala, shirin so’z bo’l ozor berma:

Tiling bilan kishilarga

har kimki chuchuk so’z elga izhor aylar, har neki ag’yor durur yor aylar, So’z qattiqi el ko’ngliga ozor aylar, Yumshoqi ko’ngullarni giriftor aylar.

(«Nashul-javohir»dan, 43- bet.)

8. Chin, to’g’ri so’zla, nutqingda halol bo’l. Yolg’on so’z baxtsizlik keltiradi.Chin so’z mo’'tabar, yaxshi so’z muxtasar...


so’zki fasohat zevaridin muayyan emasdur, anga chinlik zevaribasdur.

Yolg’onchi har necha so’zida fasiqroq, so’zi kabi?.

(«Mahbubul-qulub»dan, 63-bet). Xiradmand chin so’zdin o’zga demas, Vale bari chin ham deguluk emas.

Kishi chinda so’z desa zebo, durur,

Necha muxtasar bo’lsa avlo durur.

(«Mahbubul-qulub», 83- bet).

9. Yaxshi, ezgu so’z (nutq) kishiga obro’, baxt keltiradi. Ezgu so’zli bo’l:

Kim istasa mazhari karomat bo’lmoq, har nav' ishda istiqomat bo’lmoq, So’zdir anga mujibi karomat bo’lmoq, Til zabtidadur anga salomat bo’lmoq.

(«Nazmul-javohir»dan, 30- bet.)

10. Tildan tuhmat uchun foydalanma. Tuhmatchidan qoch, undan nafratlan:

Birovkim yolg’on so’zni birovqa bog’lag’ay, o’z qaro bo’lg’on yuzin yoqlag’ay. Kabira gunohdur — oz so’z hamki o’trukdur, zahra gunohdur — oz so’z hamki o’trukdur, zahri muhlikdur — agarchi miqdori o’ksukdur.

(«Mahbubul-tsulub»dan, 61- bet.)

11. Tilingni tiy. Ko’p so’z, ezma va vaysaqi bo’lma. Bu zararlidir.

Befoyda so’zni ko’p aytma va foydaliq so’zni ko’p eshiturdin qaytma.

Oz degan oz yanchilur, oz yegan oz yig’ilur.

(«Mahbubul-qulub»dan, 82-bet.)

Til ildamidin bo’lur karomat hosil, Yuz nav' nadomatu malomat hosil.

Oz so’zlagandin istiqomat hosil, Soqitligidin vale salomat hosil.

(«Nazmul-javohir»dan, 31- bet.)

12. So’zlaganda sharoitnn, suhbatdoshingni hisobga ol, beo’rin so’z aytma... «...Zolim va be dard suhbatida nuqta surma, nammom va nomard muloyamatida dam urma. Dono ilikdin borg’ondin so’z aytmas, o’tgan yigitlik orzu bilan qaytmas.

(«Mahbubul-qulub» dan, 84-bet.)

13. Bo’shog’iz bo’lma, suhbat sirlarini saqlashga o’rgan:

qaysi majlisdakim eshitsang so’z,

Bilgil ul so’z sanga omonatdur,

Gar ani o’zga yerga naql etsang,

Ul omonatg’a bu xiyonatdur.

(«Arbain» dan, 57- bet )

14. Gapirganda qaytariqlardan qoch, chunki ular fikrning ta'sirini susaytiradi:

Bir deganni ikki demak xush emas, So’z chu takror topti dilkash emas.

(«Hamsa», 484- bet )

Gulxaniy XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlaridan boshlab ijod etgan va bu davr o’zbеk adabiyotida o’ziga xos o’rin tutgan yozuvchilardan biridir. Uning asl-ismi-sharifi Muhammad sharif bo’lib, Gulxaniy esa uning adabiy talaxxusidir. Taxminlarga ko’ra XVIII asrning 70-yillarida hozirgi Xo’jand viloyatining Darvoza qishlog’ida dunyoga kеladi.

U o’z ilmini oshirish maqsadida avval Namangan va so’ngra Farg’onaga kеldi, qiziqchiligi, hozirjavobligi va hajviy shе'rlari bilan kishilar o’rtasida tanila boshlaydi. Ayniqsa, g’ariblik turkumidagi ruboiy va to’rtliklari bilan el og’ziga tushadi. Shoir kеyinchalik Qo’qonga kеladi va bu еrda ko’p qiyinchiliklar bilan yashaydi. Tirikchilik o’tkazish uchun hammomda o’t yoquvchi bo’lib ishlaydi.

«Zarbulmasal» xalq ertaklari taxlitida yozilgan mukammal mazmunli o’tkir saritik asardir.

“Zarbulmasal” (maqollar keltirib so’zlash, o’xshashi va timsolini keltirib gapirish) – majoziy mazmun beruvchi asar – masal bo’lib unda turmush voqealari turlicha toifadagi, turlicha fe‘l-atvorli kishilarning munosabatlari qushlar misolida (Yapaloqqush bilan Boyo’g’li o’rtasidagi qudachilik mojorolarini bayon qilish orqali) hikoya qilinadi. Qushlar esa o’zaro zarbulmasal yo’li bilan so’zlashadilar, maqsadga erishish uchun xar xil maqol, matal, hikmat va chuqur mazmunli hikoyalarni keltiradilar.

“Zarbulmasal”da muhim ijtimoiy masalalarni majoziy obrazlarda yoritilishi.

”Zarbulmasal” jiddiy ijtimoiy mazmunni majoz yo’li bilan badiiy ifodalovchi axloqiy-didaktik va tanqidiy-hajviy yo’nalishdagi asardir.Unda ijtimoiy hayot muammolari, jamitda turli tabaqa-guruhlar o’rtasidagi murakkab munosabatlar, insonlarning o’zaro muomalalari, urf-odatlar, xalq marosimlari haqida majoziy uslubda so’z boradi Muallif o’z masalalarida majlziy obrazlar orqali o’sha davrda hukmron sinf vakillarini fosh qiladi, mamlakatga xarobalik, xalqqa qashshoqlik kеltirgan o’zaro urushlarga qarshi ommaning noroziligini ifodalaydi.

Gulxaniy o’z zamonasida sodir bo’layotgan talon-taroj, xalqni qiynash, ortiqcha soliqlar solish kabi voqеalarni ochiqdan-ochiq yoza olmas edi. U buni faqat ertak yo’li bilan amalga oshirish mumkin ekanligini tushunadi.

Gulxaniyning «Toshbaqa va CHayon» masalida bir-biriga zid va qarama-qarshi ikki timsol berilgan: Toshbaqa — aqlli, farosatli, safarlarda ko’p yurib, ancha tajriba orttirgan, insofli, sodiq va qadrdon do’st timsoli. U o’z hamrohi CHayonning suvdan o’ta olmasligini bilgach, unga yordam qo’lini cho’zadi. Lekin Toshbaqa CHayonning xiyonatini — «sen bilmaysanmi CHayonning muddaosi xoh do’stning ko’ksiga, xoh dushmanning orqasiga bo’lsin nish urishdir» degan javobini eshitgach, uni halok qiladi. Gulxaniy bu masali orqali CHayonga o’xshagan odamlar bilan do’st va hamroh bo’lmaslikka, kishi o’zini va taqdirini o’shanday kishilarga topshirib qo’ymaslikka chaqiradi.

CHayon butun umri bo’yi birovlarga yomonlik qilgan, ularga ziyon-zahmat yetkazgan, yaxshilikni bilmaydigan, yaxshilikka yomonlik qaytaradigan, xiyonatkor toifalarning ramziy qiyofasidir.

Nazorat uchun savollar:

So’zning qadr-qimmatini, kuch-qudratini munosib ravishda yuksak anglashni, tushunishni kimdan o’rganamiz?

So’z madaniyatining bobokaloni Alisher Navoiy tilga qanday baho bergan?

Ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning nutq madaniyati va notiqlik san'atiga oid fikrlarini ayting.

Alisher Navoiyning nutq madaniyati masalalariga oid qanday asarlarini bilasiz? Gulxaniy kim bo’lgan?

«Zarbulmasal» haqida nima bilasiz?

«Zarbulmasal»ning ahamiyati nimada?

Gulxaniyning tarjimai holi haqida nimalarni bilasiz?

«Zarbulmasal»dan kutilgan maqsad nima?

Gulxaniyning qanday masallarini bilasiz?





Download 26.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling