3-Amaliy mashg’ulot. Sitoplazma organoidlari -endoplazmatik toʻr, ribosoma, golji apparati, lizosoma, sentrasoma, mitoxondriya va plastidalarning tuzilishi


Download 1.23 Mb.
bet2/4
Sana10.04.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1349333
1   2   3   4
Bog'liq
Sitoplazma organoidlari-endoplazmatik to\'r, ribosoma, Golji apparati, lizasoma, sentasoma, mitoxondriya va plastidalarning tuzilishi

Golji apparati. Golji apparatining ikki xil strukturaviy holati mavjud: toʻrsimon va oʻsimlik hujayralari uchun xos boʻlgan alohida tuzilmalardan iborat - diffuz shakli. Elektron mikroskop yordamida Golji apparati uch xil boʻlimlardan tuzilganligi aniqlandi:
1. Sis boʻlim - silliq membrana bilan oʻralgan va yadro yaqinida joylashgan sisternalardan iborat. Ularda tranzit oqsillar fosforlanib, medial boʻlimga oʻtadi. Bu yerda doimiy ravishda sisternachalar yangilanib turadi. Ular silliq endoplazmatik toʻrdan hosil boʻladi.
2.Medial boʻlim sisternachalari uchlarida joylashgan mayda pufakchalardan iborat boʻlib tranzit oqsillari oʻzgarishlarga uchrab trans boʻlimga oʻtadi.
3.Trans boʻlim - kengaygan sisternalar va ularning markaziy qismida joylashgan vakuolalardan iborat boʻlib, plazmatik membranaga yaqin joylashgan.

Golji apparatida ikki zona ajratiladi: proksimal va distal.


Proksimal qism turli sekret jarayonlari borayotgan hujayralarda sitoplazma va yadroga, distal qism hujayra tashqarisiga qaragan boʻladi.
Proksimal qismda mayda pufakchalar va kalta sisternalar joylashib, bu joy endoplazmatik toʻrdan Golji apparatiga oʻtish joyi hisoblanadi. Distal qism yirik vakuolalarga ega boʻlib, ularning ichi sekresiya mahsulotiga toʻlgan.
Golji apparati vazifalari. Golji apparatining membranali pufakchalari endoplazmatik toʻrda sintezlangan mahsulotni toʻplash, kimyoviy oʻzgarishi va yetilishida ishtirok etadi. Golji apparati sisternalarida polisaxaridlar va mukoproteidlar sintezi kechadi va eng muhimi Golji apparati ishtirokida sekret mahsulotlari hujayradan tashqariga chiqariladi.
Endoplazmatik toʻrdagi ribosomalarda sintezlangan eksport oqsili endoplazmatik toʻr sisternalarida toʻplanadi va Golji apparati membranalari zonasiga tashiladi. Bu yerda endoplazmatik toʻrdan oqsilga toʻlgan mayda vakuolalar ajralib, Golji apparatining proksimal qismidagi vakuolalar zonasiga kiradi. Bu yerda vakuolalar bir-biri bilan va sisternalar bilan qoʻshiladi va shu tarzda toʻplanadi. Shundan soʻng toʻplangan oqsil sekretor granulalarga aylanishi yoki suyuq holda qolishi mumkin. Keyin Golji apparati sisternalaridan oqsilli vakuolalar ajralib bir-biri bilan qoʻshilib yiriklashadi. Bu vakuolalar plazmatik membrana tomon harakatlanib ularning membranasi plazmatik membrana bilan qoʻshiladi va vakuolalar ichi mahsuloti hujayradan chiqariladi. Bu jarayon pinotsitozga teskari boʻlgan ekzotsitozdir. Donador endoplazmatik toʻrda sintezlangan eksport oqsillari, masalan hazm qilish fermentlari Golji apparatidan hujayraning tashqarisiga passiv holatda (proferment) chiqariladi. Funksional joyiga yetilib borib, bu proferment faollashadi. Masalan, tripsin fermenti oʻn ikki barmoqli ichakda faollashadi. Bu jarayon mexanizmlari oxirgacha oʻrganilmagan, lekin ularning borishi uchun ATF zarur. Golji apparatida shuningdek, metabolik jarayonlar boradi, oqsillar modifikatsiyaga uchraydi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling