3-Amaliy mashg’ulot. Sitoplazma organoidlari -endoplazmatik toʻr, ribosoma, golji apparati, lizosoma, sentrasoma, mitoxondriya va plastidalarning tuzilishi


Download 1.23 Mb.
bet3/4
Sana10.04.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1349333
1   2   3   4
Bog'liq
Sitoplazma organoidlari-endoplazmatik to\'r, ribosoma, Golji apparati, lizasoma, sentasoma, mitoxondriya va plastidalarning tuzilishi

Qisqacha sharx:

  • Italiyalik biolog Kamillo Goldji nomiga bag‘ishlangan, sisternalar deb ataluvchi taxminan bir talay vakuolalardan tashkil topadi. Oʻsimliklar hujayralarida uni diktiosomalar deb ham ataladi.

Funksiyalari:

  • Endoplazmatik retikulumda hosil boʻladigan oqsillar va lipidlarni saqlaydi, oʻraydi va taqsimlaydi.

  • Oʻzi uchun moʻljallangan oqsillar oʻzida farq qiluvchi “belgilariga” ega, belgini taniydi va oqsillarni orqaga, endoplazmatik retikulumga joʻnatadi.

  • Hujayraning sitokinezi paytida hujayra plastinasini shakllantiradi.

  • Ba’zi uglevodlarni oqsillarga bog‘laydi va hujayra membranasi uchun polisaxaridlarni sintez qiladi.

Lizosomalar- Qisqacha sharh

  • Hujayra organoidlari, yirik boʻlmagan strukturalar, hujayralar uchun juda zarur. Bularda koldiqlarni va eskirgan organoidlarni hazm qiluvchi fermentlar mavjud. Hujayralar lizosomalarni oʻldirgandan soʻng ularni tezlik bilan hazm qiladi. Lizosomalarsiz tirik hujayralar oʻlik hujayralari bilan qolib ketgan boʻlar edi.


Funksiyalari:



  • hujayra katta molekulalari yemirilishiga yordam beradi

  • bakteriya va viruslardan himoyalaydi

  • ochlik vaqtida ular oʻzlarini shaxsiy organoid hujayralariga ta’sir koʻrsatib ularni hazm qiladi

  • bu hujayralarning oʻlimiga olib keladi Shuning uchun lizosomalarni oʻldiruvchi sumkalar deb ataydilar.

Peroksisoma - eukariot hujayraning universal organoididir. Lizosomalar kabi K.De Dyuv tomonidan topilgan. Bir qavat membrana bilan oʻralgan boʻlib, membranalari suyuq mozaika tuzilishga ega. Ichida kristallsimon strukturalar - nukleoidi boʻladi (yadroga aloqasi yoʻq). U fibrill va mikronaychalardan iborat boʻlib uratoksidaza fermentiga ega, lizosomalardan farq qilib faqat mavjud peroksisomaning boʻlinishi orqali koʻpayadi. Shuning uchun oʻz peroksisomalarini yoʻqotgan hujayra ularni qayta tiklay olmaydi. Peroksisomalarning biokimyoviy vazifasi ulardagi oksidlanish reaksiyalarining fermentlari (katalaza) boʻlishi bilan bog‘liq boʻlib moddalarning parchalanishi natijasida hosil boʻlgan vodorod peroksid-(xujayra) suv va kislorodgacha parchalanadi. Vodorod peroksidi hujayrada boradigan reaksiyalar natijasida hosil boʻlib, juda toksik zararlidir va hujayradan chiqarilishi kerak. Bu vazifani peroksisomalar tarkibidagi katalaza fermenti bajarib uni suv va kislorodga parchalaydi.
Umumhujayraviy vazifasi hujayraga oziq moddalar tarkibi bilan uzun zanjir yog‘ kislotalarini parchalashdan iborat. Jigar hujayralari peroksisomalarga boy boʻlib organizmga tushayotgan etil spirtiniig 30%i bu yerda asetaldegid va sirka kislotasigacha parchalanadi. Alkogolni (arabcha- al~kuhl-ingichka kukun) uzoq muddat va kam dozalarda isle’mol qilish, jigar hujayralari tarkibida sirka kislotasi miqdorining koʻpayishiga va undan yog‘ kislotalari sintezlanishiga olib keladi. Natijada, lipidlar miqdori koʻpayib sirroz (yunoncha-sariq) kasal rivojlanadi.Oʻsimliklarda uchraydigan peroksisomalar 3 guruhni tashkil qiladi:
1. Glioksisomalar-yog‘larga boy urug‘larda lipidlarning saxarozagacha parchalanishida ishtirok etadi.
2.Barglarda uchraydigan peroksisomalar mitoxondriya va plastidalar bilan bog‘liq boʻlib nafas olishda ishtirok etadi.
3. Boshqa turdagi toʻqimalarda uchraydigan differensiatsiyalanmagan peroksisomalar.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling