3-amaliy mashg’ulot. Urug’larni transportirovka qilish usullari. Ishning maqsadi


Download 36.93 Kb.
bet2/2
Sana18.11.2023
Hajmi36.93 Kb.
#1784147
1   2
Bog'liq
3-a

Metodni amalga oshirish tartibi:

  • ishtirokchilar ikki kishidan iborat juftliklarga birlashtiri-ladilar va ularga ko’rib chiqilayotgan tushuncha yoki asosning o’ziga xos, farqli jihatlarini (yoki aksi) doiralar ichiga yozib chiqish taklif etiladi;

  • navbatdagi bosqichda ishtirokchilar to’rt kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiriladi va har bir juftlik o’z tahlili bilan guruh a’zolarini tanishtiradilar;

  • juftliklarning tahlili eshitilgach, ular birgalashib, ko’rib chiqilayotgan muammo yohud tushunchalarning umumiy jihatlarini (yoki farqli) izlab topadilar, umumlashtiradilar va doirachalarning kesishgan qismiga yozadilar.


Takrorlash uchun savollar:


1.Reproduktsiya nima?
2.Urug’lar necha yilda yangilanadi?
3.Nav almashtirish va urug’ yangilash nima?
Amaliy mashg‘ulotning asosiy maqsadi:Talabalar dala ekinlari bo‘yicha urug‘lar miqdorini hamda urug‘lik ekinlar maydonlarini hisoblashni har xil mintaqalar uchun to‘liq o‘rganish.

Mavzuning qisqacha mazmuni:


Barcha ekin maydonlarini parvarish qilayotgan yuqori sifatli nav urug‘lari bilan har yili to‘liq ta’minlab turish uchun amaldagi urug‘chilik sistemasiga muvofiq urug‘chilik bo‘yicha davlat joriy rejalar tuzadi.
Urug‘chilik rejani, shuningdek elita va birinchi reproduksiya urug‘larini etishtirish bo‘yicha buyurtma rejani tuzish va ekin maydonlarini kengaytirish istiqbolli urug‘ va ehtiyot jamg‘armalarni barpo etishni hisobga olgan xo‘jalik, holda tuman, viloyat yoki respublika bo‘yicha navdor ekinlar ekilishi lozim bo‘lgan barcha maydonlarni ekin turlari bo‘yicha aniqlashdan boshlanadi. Ekinlar bo‘yicha ekin maydonlari haqidagi ma’lumotlarga asosan navlar va reproduksiyalar bo‘yicha ekin maydonlari shuningdek, navdor urug‘lar etishtirish hajmi hisoblab chiqiladi. Urug‘lik ekinlar maydonini hisoblash va urug‘ etishtirish bo‘yicha buyurtma rejani tuzish uchun reja tuzilayotgan mintaqa bo‘yicha qo‘yidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish lozim:

  1. Har bir ekin bo‘yicha ekiladigan maydonlar.

  2. Navlarni rayonlashtirish va har bir navning solishtirma salmog‘i.

  3. Nav yangilash tartibi.

  4. Har bir ekin, nav, reproduksiya bo‘yicha ekish normasi, s/ga.

  5. Yalpi hosil va konditsion urug‘lar chiqishi.

  6. Ehtiyot jamg‘armalarning hajmi, umumiy miqdoridan foiz hisobida. Bu ma’lumotlarga asoslanib quyidagilar hisoblanadi.

  1. ekinlar turi va navlari bo‘yicha umumiy maydonlar va ixtisoslashtirilgan urug‘chilik xo‘jaliklari, shirkat urug‘chilik xo‘jaligining brigadalari va bo‘limlarining maydonlari.

  2. ixtisoslashtirilgan urug‘chilik xo‘jaliklari, brigada va bo‘limlarning umumiy ekin maydonlari uchun talab qilinadigan urug‘lar miqdori.

Talab qilinadigan urug‘lar miqdorini va urug‘lik ekinlar maydonini hisoblash
№Ekin nomi Nav nomi Umumiy ekin maydoni, ga Ekish normasi s/ga Talab qilinadigan urug‘, s Tozalangan konditsion urug‘larni chiqishi, s/ga Urug‘lik ekinlar maydoni Nav yangilash muddati Urug‘lik maydonlarning yangilanadigan qismi, ga Elita urug‘lariga bo‘lgan talab, s Tozalangan konditsion elita urug‘larni chiqishi, s/ga
Elita ekin maydoni, ga Superelita urug‘iga bo‘lgan har yilgi talab, s Umumiy maydon uchun Ehtiyot jamg‘arma fondi, 25% Jami
Urug‘lik maydonning
yangilanadigan qismi uchun Ehtiyot jamg‘arma fondi, 30% Jami

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13


14 15 16 17 18

v) reproduksiyalar bo‘yicha navdor urug‘larga bo‘lgan talab va ehtiyot jamg‘arma fondlarning hajmi.


SHu ma’lumotlar asosida qishloq xo‘jalik tajriba stansiyalariga, ilmiy- tadqiqot muassasalariga, o‘quv tajriba xo‘jaliklariga elita va birinchi reproduksiya urug‘larini etishtirish bo‘yicha buyurtma reja beriladi.

Ishni bajarish tartibi:


Xar bir talaba quyida keltirilgan jadvalni to‘ldirish jarayonida o‘z viloyati, tumani, xo‘jaligi uchun urug‘ etishtirish va urug‘ yangilash bo‘yicha malumotlardan foydalanishi mumkin.

Kerakli materiallar va asbob uskunalar.


Viloyatlar, tumanlar, xo‘jaliklar bo‘yicha ma’lumotlar.

  1. O‘quv va uslubiy qo‘llanmalar.

  2. CHizgich, qalam, jadval, kalkulyator.

Mavzu yuzasidan savollar.


  1. Reproduksiya nima?

  2. Nav almashtirish va urug‘ yangilash nima?

  3. Urug‘lar necha yilda va nima sababdan yangilanadi?

  4. Urug‘larni ehtiyot jamg‘arma fondiga jamlanish sabablari nimada?

6. Mustaqil ishlash tartibi. Mavzu haqida ma’lumotlar to’plang. Rasmlar chizing.
Download 36.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling