3-amaliy mashg`ulot(2soat) 1-topshiriq


Download 118.79 Kb.
Sana07.11.2021
Hajmi118.79 Kb.
#171507
Bog'liq
3-amaliy mashg'ulot yangi


3-amaliy mashg`ulot(2soat)
1-topshiriq. Guruhingiz bilan kelishib ma`lum bir faoliyat sohasini tanlang va o`z tanlovingizni “Nima uchun?” sxemasi yordamida izohlang.


“Nima uchun” sxemasini tuzish qoidalari bilan tanishadilar. Alohida/kichik guruhlarda muammoni ifodalaydilar. “Nima uchun” so`rog`ini beradilar va chizadilar, shu savolga javob yozadilar. Bu jarayon muammoning dastlabki sababi aniqlanmaguncha davom etadi.




Nima uchun?” sxemasi – muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo`yicha dastlabki fikrlar zanjiri. Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlamtiradi va faollashtiradi.


Kichik guruhlarda birlashadilar, taqqoslaydilar, o`zlarining chizmalarini to`ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar.



Ish natijalarining taqdimoti



Nima uchun? Nima uchun?


Chunki damas rusumli avtomashinamiz borligi,yaxshi foyda keltirganligi uchun

Imkoniyatimiz borligi va asosiy daromad manbaimiz bo'lgani uchun..

Tadbirkorlikning tuxum yetkazib berish



Nima uchun? Nima uchun?


Chunki xalqimizning tuxumga bo'lgan ehtiyoji yuqori.

Chunki tuxum ishlab chiqarishning asosiy qismi aholi qo'lida.


2-topshiriq. Korxonaning kuchli, zaif tomonlari, imkoniyatlari va xavflarini (tahdid) aniqlang va SWOT tahlil o`tkazing.











Biznes rejalashtirishda korxona tahlili

(“Ko`rkam zamin” fermer xo`jaligi misolida)

  1. Fermer xo’jaligi 2005 yilda tashkil etilgan;

  2. Fermer xo’jaligi paxta va g’alla mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan;

  3. Fermer xo’jaligi 2021 yilgacha ko’p tarmoqli fermer xo’jaligini tashkil etish strategiya rejasini ishlab chiqmoqchi;

  4. Fermer xo’jaligining jami ekin maydoni(2017 yil) 35 gektar (paxta-17 ga; g’alla-18ga)

  5. Fermer xo’jaligi rahbari(raisi) SamQXIning “Fermer xo’jaligini boshqarish va yuritish” yunalishini 2011 yilda tugatgan;

  6. Fermer xo’jaligida jami 14 ta doimiy ishchilar bo’lib, shundan 1 ta ishchi oliy, qolganlari o’rta ma’lumotga ega;

  7. Ishchilarning 6 tasi xotin-qizlardan iborat;

  8. Ishchilarning o’rtacha Yoshi 34 yoshni tashkil etadi;

  9. Fermer xo’jaligining 2017 yilda rentabelligi 14%ni tashkil etgan;

  10. Xo’jalikning 2 dona TTZ-80.1 traktori hamda tirkamalari mavjud;

  11. Xo’jalikda 2017 yil uchun davlat buyurtmasi asosida paxtachilikda o’rtacha 1 gektar maydondan 27 s, g’allachilikda 35 s topshirish to’g’risida shartnoma tuzilgan;

  12. Xo’jalik amalda paxtachilikda o’rtacha 1 gektardan 25 s, g’allachilikda esa 37 s hosilga erishgan;

  13. Xo’jalikning tuproq unumdorligi (bon.ball) o’rtacha 59 ball;

  14. Xo’jalik tumanda o’tuvchi asosiy kanaldan 4,8 km uzoqlikda joylashgan;

  15. Shuningdek, xo’jalik tuman dehqon bozoridan 9,2 km, Samarqand shahar bozorlaridan 32-40 km o’zoqlikda joylashgan;

  16. 2017 yilda g’alla ekin maydonlaridan bo`shagan maydonlarning 3,7 gektariga dukkakli ekinlar ekilgan;

  17. Fermer xo’jaligining yillik foyda(2017 yil)si 15,0 mil. so’m bo’lib, sof foyda 7,8 mil. so’mni tashkil etgan;

  18. Fermer xo’jaligiga paxta va g’alla ekinlarini yetishtirish uchun har yili “Agroximya”, “MMTP”, “Yoqilg’i quyish shaxobchasi” va “SIU” xizmati bilan shartnoma tuzadi;

  19. Xo’jalikning dala shiponi bo’lib, uning qiymati 15,7 mil. so’mni tashkil etadi;

  20. 2017 yildan boshlab xo’jalik SamQXI bilan hamkorlik(ilmiy izlanishlar olib borish va uni amalda joriy qilish) shartnomasi tuzildi;

  21. Xo’jalikning jami ekin maydoni 4 ta konturdan iborat bo’lib, 23 % ekin maydonlar atrofi(ariq va yo’llar)ga tut daraxtlari ekilgan.

Kuchli:1 2 5 6 11 17 18 20


Zaif:8 9 12 16

Imkoniyat:3 10 13 14 15 19


Xavflar:Ko'p tarmoqli emas


Download 118.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling