3-amaliyy mashg’ulot -tarbiyaning umumiy metodlari


Download 414.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana17.01.2023
Hajmi414.57 Kb.
#1096571
1   2
Bog'liq
3-amaliy

O`quv faоliyati 
O`quvchi faоliyati 
Ta’lim 
maqsadi 
Ta’lim 
mеtоdi 
Maqsad sari 
harakatlanish 
mехnaizmi 
Erishilgan 
maqsad 
O`qituvchi faоliyati 
O`quvchining vоsitali 
faоliyati 
Ta’lim mеtоdi tuzilmasi 


Chizmadan anglanib turibdiki, ta’lim metodi tuzilmasida quyidagilar ajralib turadi: 
maqsadli tarkib; faoliyatli tarkib; ta’lim vositalari. 
Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o’qituvchining dars boshida 
belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati 
asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga 
yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa 
aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish 
mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi. 
Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi: 
Bu funktsiyalar ta’lim metodini qo’llash jarayonida bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma-ket 
joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o’zaro singib ketadi. Misol uchun, tashhisli funktsiya 
o’qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi. 
«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko’p hollarda «metodik usul» (sinonimlari – 
pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo’llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, 
uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim 
metodi muayyan ta’lim usullarini chog’ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-
xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq o’qituvchi faoliyatida tez-tez qo’llaniladigan 
usullarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
Ta’lim mеtоdlari 
Mоtivatsiyali 
Rivоjlantiruvchi 
Tashkiliy 
Tarbiyaviy 
Ta’limiy 
Tarbiya mеtоdlarining asоsiy funktsiyalari 


Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa 
birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda 
turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin. 
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi: 

didaktik maqsad asosida; 

ta’lim mazmuni asosida

o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish 
darajasi asosida; 

o’qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida. 
O’qituvchi tomonidan qo’llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang’ich 
sinflardan yuqori sinflarga o’tish asosida o’zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi. 
Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo’llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarni qo’llashga 
bo’lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan foydalanish ko’lami, holati o’qituvchining 
kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog’liq holda o’zgaradi. 
Didaktikada munozaralarga sabab bo’layotgan yana bir muhim ob’ekt ta’lim 
metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo’yicha tartibini 
ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o’nlab ta’lim metodlari ma’lum», - ekanligini ta’kidlagan 
holda I.P.Podlaso’y fikrini quyidagicha davom ettiradi, - «Biroq bugungi kunda yetakchi 
sanaluvchi didaktik g’oya yagona va o’zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz 
ekanligini tushunishga yordam beradi. O’qitish – favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. 
Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo’shqin bo’lishi, metodlarni 
qo’llash amaliyotidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olishi kerak».
Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. 
Biroq tadqiqotlar soni ko’p bo’lsada, bu borada yagona to’xtamgan kelinmagan. Ushbu o’rinda 
ta’lim amaliyotida qo’llanilib kelayotgan metodlar tizimi (tasnifi)ga to’xtalib o’tamiz. 
Mеtоdik usullar 
 
Masalani o`rganish 
Namоyish (ko`rgazmali, оb’еktiv – 
tajriba, amaliy va aqliy щarakatni 
namоyish etish, hоkazоlar)
Yo`l-yo`riq ko’`rsatish 
Tоpshiriq bеrish 
8 - chizma. Mеtоdik usullarning turlari 



Download 414.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling