3. arpaning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yorlari va chuqurliklariining ta’siri doc
Download 410.25 Kb. Pdf ko'rish
|
arpaning osishi rivojlanishi va hosildorligiga ekish meyorlari va chuqurliklariining tasiri
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
8
Arpa eng qadimgi madaniy ekinlardan hisoblanadi. Arxeologik izlanish natijalarining dalolat berishicha, eng qadimgi arpa donlari eramizdan oldingi VIII- VII ming yillikka tegishli bo’lib, Eron, Iroq, Turkiyada topilgan (E.Aberg, 1940, 1948; L.R.Harlan, 1981; P.M.Jukovskiy, 1971; A.Ya.Trofimovskaya, 1972). Arpa Yevropaga kichik Osiyo va Bolqon yarim oroli orqali Mesopotamiyadan o’tgan, keyin Janubiy Rossiyaga keltirilgan (A.A.Orlov, 1935; B.B.Piotrovskiy, 1951; F.K.Baxteyev, 1955). Hozirgi vaqtda arpa ekini dunyoning ko’plab mamlakatlarida: Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika, Afrika, Avstraliya hududidagi ko’pchilik maydonlarda ekiladi va maydoni jahon bo’yicha 67 mln. gektar atrofida bo’lib bug’doy, sholi, makkajo’xoridan so’ng to’rtinchi o’rinda turadi (Qurbonov, 1981; Ataboyeva, Umarov, Bo’riyev va boshq, 2000). FAO ma’lumotlariga ko’ra, dunyodagi asosiy donli ekinlardan hisoblangan arpaning umumiy maydoni 2000 yilda dunyo bo’yicha 55,7 mln gektar, o’rtacha hosildorlik 24,4 s/ga ni tashkil etgan. Umumiy hosil 135,92 mln/t., O’zbekistonda esa 90 ming gektar maydonda ekilgan (Qurbonov, 1981). G.Qurbonov, Х. Bo’riev, М.Umarova (2002) ma’lumoti bo’yicha, arpa dunyoda maydoni jihatdan bug’doy (210,3 ming gektar), makkajo’xori (110 ming gektar) va sholi (136 ming gektar)dan so’ng to’rtinchi o’rinda, suli (31,9 ming gektar) va javdardan (19,9 ming gektar) ancha oldinda turadi. AQShda arpa makkajo’xori va bug’doydan keyin uchinchi o’rinda, Yevropaning ko’pgina mamlakatlarida, Kanadada eng ko’p tarqalgan asosiy ekinlardan biri bo’lib, ikkinchi o’rinni egallaydi. AQShda chorvachilikning rivojlanishida asosiy ekin makkajo’xori hisoblansa, Kanadada arpa hisoblanadi. Bu yerda yetishtirilayotgan yalpi hosilni atigi 10 %i solad tayyorlashda ishlatiladi. Shunga qaramay Kanada ozuqabop va pivobop arpani chetga chiqarish bo’yicha ancha oldinda turadi. Hozirgi vaqtda arpa ekini dunyoning ko’plab davlatlarida: Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Afrika, Avstraliya hududidagi ko’pchilik PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
9 maydonlarda ekiladi. Arpa ekini maydoni jahon bo’yicha 67 mln gektar atrofida bo’lib, bug’doy, sholi, makkajo’xoridan so’ng to’rtinchi o’rinni, O’zbekistonda esa, donli o’simliklar orasida bug’doydan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Arpani respublikamizning suvli va lalmikor yerlarida yetishtirish xajmini ko’paytirish va uning don sifatini yaxshilashga, seleksiya ishlari tashqi muhitning biotik va abiotik noqulay ta’sirlariga bardosh berib, har qanday ob-havo sharoitlariga ham barqaror hosil beradigan, don sifati oziq-ovqat sanoati talabiga to’liq javob beradigan navlarni yaratish va ularning urug’chiligini yo’lga qo’yish bilan yechiladi. So’nggi yillarda arpaga qiziqish ortishi kuzatilmoqda. Chunki arpaning pivobop navlari pivo sanoati uchun xom-ashyo hisoblanadi. Pivoga bo’lgan talab butun dunyoda 1996 yildan hozirgi kungacha 2 marta oshgan, ya’ni avval 210 mln dal bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda 555 mln dal (1 dal = 10 l ) ga teng bo’lgan (Shevsov va boshq., 1980 ). Pivobop arpa navlari yotib qolishga va qurg’oqchilikka chidamli bo’lishi zarur. Serkraxmallik don massasiga, bir tup o’simlikdagi mahsuldorlikka to’g’ri proporsional va dondagi oqsil tarkibi bilan o’zaro farqlanadi. Arpa ekini mamlakatimizda boshoqli don ekinlari ichida o’z ahamiyatiga ko’ra bug’doydan keyin ikkinchi o’rinda turadi, bu ekin yem-xashak ekini sifatida chorvachilikda alohida o’rinni egallashi bilan birgalikda yetishtiriladigan arpaning 60-70 %i pivo sanoati uchun xom-ashyo sifatida ishlatiladi, shuningdek asosiy yem-xashak ekini hisoblangan arpa o’zining tezpisharligi va iqtisodiy foydali ekanligi bilan ajralib turadi. Pivobop arpa tarkibida odam organizmida tuz o’zlashtiriladigan karbonsuvlar, har xil aminakislotalar, oqsil va mineral moddalar saqlaydi. Arpa O’zbekistonda suvli va lalmikor yerlarda ekilib keladi. Suvli yerlarda ekish uchun arpani 9 navi, shundan 8 tasi kuzgi va 1 tasi bahorda ekishga rejalashtirilgan. Lalmikor yerlarda kuzda ekishga arpani 4 navi rejalashtirilgan. Suvli yerlardan arpadan olinayotgan don hosili bug’doyga qaraganda ancha pastdir (T.Xodjakulov, S.G’aybullaev, 1991). Arpa donida ozuqa moddalar, jumladan 20 dan ortiq aminakislotalar mavjud. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
10 O.Kelner (1981) ta’biricha, arpa issiq mamlakatlarda suli deyilib, haqiqatdan ham Shimoliy Afrika, Hindiston va Osiyo mamlakatlarida arpa doni otlarga beriladigan donli ozuqalarning asosiy qismini tashkil etadi. Arpa kuzda ekilganda bahorda ekilganiga nisbatan yuqori hosil beradi. Arpa donli ekinlar ichida tezpisharligi bilan alohida ajralib turadi. Baxorgi va kuzgi arpalarning navlari har xil agroekologik guruhlarga mansub. Arpaning yovvoyi turlari orasida somatik to’qimalarda 14, 28 va 42 xromosoma bo’ladiganlari mavjud. I.A.Minkevich (1988) ma’lumotiga qaraganda, 1995 yili yer yuzida 70 ming gektardan ortiq maydonga arpa ekilgan. Har gektardan 15,6 s/ga, jami bo’lib 110,5 ming tonna hosil olingan. Ayni vaqtda gektaridan olingan hosil AQShda 29,9 s/ga,O’zbekistonda esa 19,9 s/ga ni tashkil etgan. M.Suleymonov, K.Adilov (1991) ma’lumoti bo’yicha, arpa o’simligini estraktiv o’zgarishi 65 %dan 82 %gacha quruq modda miqdori uning biologik naviga, hosildorligiga va o’simlikni o’stirish sharoitiga bog’liq. Arpada qancha kraxmal ko’p bo’lsa, shuncha uning ekstraktivi yuqori bo’ladi. P.Zenkovich (1994) ma’lumoti bo’yicha, 1996-1990 yillarda arpaning o’rtacha hosili 1991-1996 yillardagiga nisbatan Chexoslavkayada 24,7 %, Germaniyada 10,2 %, Polshada 18,5 %, Ruminiyada 9,1 %, Vengriyada 13,3 %, O’zbekistonda 35,4 %ga oshgan. E.D.Nettevich (1983) arpa ekin maydonining ko’p qismi Yevropada (40 %ni tashkil etadi) joylashgan, deb ta’kidlaydi. G’.Qurbonov, H.Bo’riyev, X.Umarovlarning (2002) ko’rsatishicha, jahon bo’yicha arpa ekilish maydoni va o’rtacha hosildorligi 1997 va 2000 yillar bo’yicha tegishli holda 55,7 ming gektar va 24,7 sentner bo’lgan. FAO ma’lumotlariga qaraganda har yili dunyo bo’yicha yetishtirilayotgan arpaning 6-8 % pivo ishlab chiqarish uchun, 15 % oziq-ovqat mahsulotlari sifatida 16 %, bevosita chorva uchun yem sifatida, 42-48 % sanoatda qayta ishlatilmoqda, shu jumladan omuxta yem tayyorlashda foydalanilmoqda. Arpa hosildorligini oshirishda Respublikamizning sug’oriladigan va lalmikor yerlarida yetishtirishga mos, turli kasallik va noqulay sharoitlarga chidamli navlarni yaratish borasida seleksiyada qator ijobiy natijalarga erishilgan. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
11 O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida arpa seleksiyasi 1970 yillarda G’allaorolda keng
miqyosda boshlandi. Arpa seleksiyasining dolzarb muammolarini yechish natijasida 6 ta: Oyqor, Bolg’ali, Mavlono, Xonaqoh, Qizilqo’rg’on va Yugodar navlari yaratilgan. Yaratilgan navlar ICARDA Xalqaro tashkiloti joylashgan Suriya davlatining eng qurg’oqchil mintaqasida sinab ko’rilganda andoza navga nisbatan Mavlono navi 78 % gacha yuqori hosildorlik ko’rsatkichi bilan ustun ekanligi aniqlangan (T.Mamatqulov, A.Mamatqulov, 2006). Respublikamiz seleksioner olimlari ham mamlakatimiz donchiligini rivojlantirishda xorijiy davlatlar seleksionerlari bilan hamkorlikda arpaning jahon kolleksiya namunalarini o’rganish va mamlakatimiz iqlim sharoitiga mos namunalar tanlash ustida ilmiy ishlar olib bormoqdalar. Arpa seleksiyada u yuqoridagilarni hisobga olishni jahon iqtisodiyotida, jumladan O’zbekistonda maqsadga muvofiq bo’ladi. Arpa donli ekinlar ichida ertapisharliligi va qurg’oqchilikka chidamliligi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi (T.Xodjakulov, 1980; D.T.Abdukarimov, T.X.Xodjaqulov, 1993;
Sh.X.Oripov, 2007;
Z.Ziyadullayev va boshq, 2013). Pivobop arpa navlaridan Savruk navi 2001 yili Respublikamizning barcha lalmikor mintaqalari uchun rayonlashtirilgan bo’lsa, bundan tashqari Unumli arpa, Gulnoz navlarining boshlang’ich urug’lik tizimi to’liq hajmda olib borilmoqda (T.Mamatqulov, A.Mamatqulov, 2006; Sh.X.Oripov, 2007). SEG’DO’ITI G’allaorol filialida 2003-2005 yillar mobaynida 142 ta arpa nav namunalari sug’oriladigan va
lalmikor maydonlarda o’rganilgan. Sug’oriladigan maydonlarda konkurs nav sifatida o’ta ertapishar (24-27 aprel) 02/260, Noziktam, 99/1; 04/97; Lalmi yerlarda ertapishar (26-28 aprel) 99/915; 94/922; 99/1; qolgan nav namunalari esa o’rtapishar guruhga mansub bo’lgan. (T.Mamatqulov, A.T.Mamatqulov, 2007). Sug’orilgan maydonlarda o’rganilgan nav namunalarida yuqori qishlashga chidamlilik bilan biologik kuzgi Mavlono, Mezon, fakultativ tipdagi Xonaqox va Qizilqo’rg’on, lalmi yerlarda o’rganilgan nav namunalari birinchi va ikkinchi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 12 yillari o’ta yuqori (9), uchinchi yili o’rganilgan 17 ta nav namunalaridan 5 tasi (94/945, Savruk, Abu-G’afur, Sararood, 98/697) o’rtadan yuqori (6) ko’rsatkichga egaligi aniqlangan (T.Mamatqulov, A.T.Mamatqulov, 2007). Ekologik va geografik kelib chiqishi jihatidan uzoq shakllarni yakka tanlash, mahalliy sharoitda yaratilgan navlar bilan chatishtirish orqali har bir mintaqaning tuproq iqlim sharoitiga mos boshlang’ich manbalarni yaratish borasida P.F.Garkaviy (1972), V.M.Shevsov (1980) ilmiy izlanishlar o’tkazib, ijobiy natijalarga erishganlar. Jahon arpa nav va namunalari kolleksiyasi orasidan oqsil miqdori (13,8-17,5 %) atrofida bo’lgan, ya’ni yuqori oqsil (14-17 %) miqdori bo’yicha 44 ta namuna, juda yuqori oqsil miqdori (>17 %) bo’yicha 5 ta namuna aniqlangan. Yuqori oqsil miqdori (14-17 %) bo’yicha K-561148, K-560969, K-561112 (Misr), AG-92320, K-562280 (Portugaliya), AG-92605 (Xitoy), K-566237 (Yaponiya), K-566244 (Janubiy Koreya) AG-92313, K-22845 (Avstraliya) va boshqa namunalar aniqlangan (T.Mamatqulov, A.T.Mamatqulov, 2007). O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida atmosfera qurg’oqchiligi sharoitida yuqori sifatli don to’plash xususiyatiga ega, erta boshoqlanadigan navlar yaxshi moslashadi. Kech boshoqlanadigan navlar bu yerda tez-tez bo’lib turadigan yuqori harorat ta’sirida zararlanadi (M.A.Amanov, T.X.Urinbayev, 1983). Olingan duragaylarda o’sish davrinig davomiyligini, o’simlik bo’yini, mahsuldorlik elementlarini, yotib qolishga va kasalliklarga chidamliligini irsiylanishini ta’siri ko’plab ilmiy izlanishlarda o’rganilgan (E.D.Nettevich, 1970; G’.Q.Qurbonov, 1969; T.Xodjaqulov, 1980). T.Xodjaqulov, S.G’aybullayev (1991), E.D.Nettevich, P.A.Orlyuk (1970) va boshqalarning ta’kidlashicha, F 1 bo’g’in duragaylarining ertapisharligiga qarab keyingi bo’g’in duragaylarining genotiplari haqida xulosa chiqarish mumkin. T.X.O’rinbayevning (1979) ta’kidlashicha, arpa o’simligida o’suv davri uzunligining irsiylanishi F 1 avlodida oraliq xususiyatga ega bo’ladi. SEG’DO’ITI G’allaorol filialida T.Mamatqulov, Z.O’sarovlar (2013) tomonidan ICARDAdan keltirilgan arpa nav namunalarining xo’jalik uchun PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 13 qimmatli bo’lgan belgi va xususiyatlari o’rganilgan bo’lib, ular orasidan juda ertapisharligk 86 ta yoki 20,5 %, ertapisharlik 97 ta yoki 23,1% namunalarda ijobiy ko’rsatkichlar aniqlangan. Sho’rga chidamli arpa navlarini tanlab olishda asosan ularni mahsuldorlik elementlari: boshoq uzunligi, boshoqdagi don soni asosiy ko’rsatkich hisoblanadi (Yu.M.Ivanov, 1973; P.L.Jumaboyev, 2013). Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot institutida arpaning istiqbolli navlarini yaratish, tanlash borasida bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Tajribada eng mahsuldor o’simliklarning tuplashi, bitta o’simlikdagi boshoqlar soni, bitta o’simlikdagi boshoqchalar va don soni, donning to’kiluvchanligi, ertapisharligi, yotib qolishga, kasalliklarga va zararkunandalarga chidamliligiga qarab tanlab olingan nav (namuna) va liniyalardan chatishtirib olingan gibridlar, 100 kombinatsiyada o’tkazilgan chatishtirishdan 48 ta kombinatsiyada gibridlar kolleksion ko’chatzorlarda ekilib, mahalliy navlar bilan taqqoslab o’rganilmoqda (Ziyodullayev Z. va boshq., 2013). Muhim yo’nalishlardan biri vegetasiya davrining davomiyligiga qaratilgan seleksiya hisoblanadi. Yoz fasli qisqa bo’lgan yoki O’zbekistonning lalmikor yerlari uchun tezpishar navlar hal qiluvchi ahamiyatga ega (E.D.Nettevich, 1983). O’zbekistonda birinchi marotaba pivobop arpa seleksiyasi 1948 yilda G’allaorolda sug’oriladigan va lalmikor maydonlar uchun arpaning serhosi, yem- xashak va pivobop yo’nalishda yuqori sifatli, qishlash xususiyatiga, kasalliklarga chidamli navlarni yaratishga qaratilgan (I.M.Yudanov, U.T.Raxmatulin, 1948) bo’lib, Unumli arpa, Nutans-161, Nutans-6, Nutans-24, Gulnoz, Savruk, Noziktam va Abu-G’afur kabi navlar yaratilgan (T.Mamatqulov, 2007). Arpaning xususiyatlaridan seleksiya yo’nalishida muhimi belgilardan yotib qolishga chidamlilik, plastiklik, ya’ni turli mintaqalarda har xil ob-havoli yillari turg’un hosil berish qobiliyatli; o’ta zararli kasalliklarga: qora kuya, un shudring, gelmintosporioz, ildiz chirish, pakana zang kasalliklariga chidamliligi hisoblanadi (T.Xodjakulov, M.Turayev. 2000). PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 14 Keyingi yillarda pivoboplik arpaning seleksiyasi va urug’chilik sohasida sug’oriladigan yerlarda don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutining G’allaorol filialida bu muammoni yechish maqsadida tajribalar o’tkazilib, bir muncha ijobiy natijalarga erishilgan (Sh.X.Oripov, 2007). Demak, seleksiya yutuqlaridan keng foydalanib, arpa hosildorligini oshirish mumkin ekan. Arpa seleksiyasida muhim o’rinni kasallik va zarakunandalarga chidamli navlarni yaratish kiradi. Zang kasalining (poya, sariq, qo’ng’ir), qorakuya (pakana, chang), un shudring, ildiz chirish, septorioz, bakterial va virusli kasalliklarga chidamli navlarni yaratish seleksiyaning muhim vazifalaridan biridir. Hududning sharoitlariga qarab u yoki bu patogenlarga va zararkunandalarga chidamliligiga ahamiyat beriladi. Masalan, O’zbekiston sharoitida zang kasalligiga, ayniqsa sariq zang kasalligiga chidamli navlar yaratilishi zarur (T.X.Urinboyev, 1979; T.Xodjakulov, 1980; D.T.Abdukarimov, T.X.Xodjaqulov, 1993; Sh.X.Oripov, 2007; Z.Ziyadullayev va boshq, 2013; Z.Jo’rayeva, U.Qarshiyeva, 2013). Arpaning navlari o’ta zararli kasallik va zararkunandalarga chidamli bo’lishi kerak. Bu masalani mintaqaning sharoitiga qarab o’simliklarni himoya qilish va seleksiya imkoniyatlari tadbirlar majmui bilan konkretlashtirish lozim. Bu xildagi navlarni yaratilishi urug’likni dorilashga ketadigan xarajatlarni kamaytirishga va tashqi muhitni ifloslanishdan himoya qilishga olib keladi (P.F.Garkaviy, 1968, 1972; Yu.A.Grunsev, 1982; V.V.Gluxovsev, 2001; A.S.Yereshko, 2005; T.Ye.Kuznesova. 2006). Arpadan yuqori va sifatli don yetishtirishning asosiy talablaridan biri uni kasalliklardan himoya qilishdir. Buning uchun esa kasallikning kelib chiqishi va zaralik darajasini bilish lozim, qaysi hududda kasalliklar arpaga kuchli zarar keltiradi. Ko’pchilik ilmiy manbalarda keltirilishicha arpada dunyo bo’yicha 190 dan ortiq kasalliklar qayd qilingan, ularni 155 turidagi zamburug’lar, 8 turdagi bakteriyalar va fitoplazmalar, 22 ta virus va 6 turdagi nematodalar, shuningdek o’simliklarda dog’lanish kasalligining 47 turdagi mikromisetlar zararlashi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
15 aniqlangan (G’.Q.Qurbonov, 1966; T.Ye.Kuznesova, 2006; B.Hasanov va boshq., 2013; P.Jumaboyev, 2013). Rayonlashtirilgan navlarning kasalliklarga chidamlilik darajasi kasallikni chaqiradigan manbalarni to’g’ri bilish, kasallikni dala sharoitida tarqalish yo’llarini aniqlash hamda uni bir mavsumdan ikkinchi mavsumgacha kasalliklardan himoya qilishni bilish talab qilinadi (B.Hasanov va boshq., 2013). Dunyoda kasallik va zararkunandalarining zarar keltirishi evaziga qishloq xo’jalik ekinlari 34 %, Osiyo va Afrikada esa 43- 45 % dan ortiq hosil yo’qotiladi (V.V.Fetvadjiyeva, 1984). Kasalliklarga chidamli deb boshlang’ich ashyo sifatida ishlatilib kelingan jahon arpa nav namunalari asosida yaratilgan Oyqor, Bolg’ali, Mavlono, Xonaqoh, Qizilqo’ron singari navlar bugungi kunga kelib gelmintosporioz, unshudring, qattiq qorakuya kabi kasalliklar bilan 10-30 %gacha zararlanmoqda (T.Mamatqulov, 2007). R.P.Sinx, X.Uyerta-Yespinox (2003) ma’lumotlariga ko’ra, g’allasimon o’simliklarda sariq va qo’ng’ir zang kasalliklari dunyo miqyosida keng tarqalgan kasalliklar hisoblanadi O’zbekistonda arpa o’simligi asosan gelmintasporioz, un shudring, qattiq qorakuya va kamdan kam pakana zang kasalliklariga chalinadi (G’.Q.Qurbonov, 1969). Unumli arpa navi lalmi yerlarda 20 yil davomida kasallik bilan zararlanishi kuzatilganda, shundan 13 yilida gelmintasporioz bilan zararlanganligi aniqlangan (G’.Q.Qurbonov, 1966). O’zbekistonda 2000-2002 yillar mobaynida o’simliklarning o’suv davrining tuplanishidan to don paydo bo’lguncha kuzatishlar natijasida sariq zang, boshoq fuzariozi, chang qorakuya va un shudring kasalliklari aniqlangan bo’lib, arpada 20 tur patogen va saprofit mikromisetlari 16 oilaga mansubligi qayd etilgan (L.A.Gluxova, R.M.Bajanova, 2003). Qozog’iston va Amerikalik olimlarning tadqiqotlariga ko’ra, 2002 yilda Qozog’istonning janubiy hududlarida zang kasalligi yoppasiga rivojlanib PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
16 ketganligi aniqlangan. Bayroq barg davrida arpada 60-80 % va yovvoyi holda o’suvchi boshoqli o’tlarda 80-100 % oralig’ida kasallik qayd etilgan (M.Koyjibayev, Sh.S.Rsaliyev, Dj.Kolmer, 2003). Arpa o’simligi ildiz chirish kasalligiga qish oylarida qor qoplami uzoq vaqt saqlangan yillarda uchraydi va o’simliklarning kuchli siyraklashishiga va kam tuplanishiga olib keladi. Sug’oriladigan maydonlarda 02/209, Noziktam, 04/27, 04/48 kabi nav namunalari juda kuchsiz (5-10% ), qolgan nav namunalari o’rtacha darajada (15-20 %) kasallanishi aniqlangan. Sug’oriladigan maydonlarda o’rganilgan nav namunalaridan 118, Mezon, Bolg’ali, 04/56 kabi nav namunalari un shudring kasalligiga o’ta chidamli, 16 ta nav namunalari (10-20 %) chidamlilik xususiyati aniqlangan (T.Mamatqulov, A.T.Mamatqulov, 2007). Sug’oriladigan maydonlarda o’rganilgan nav
namunalaridan gelmintosporioz kasalligi bilan 40 %dan 60 %gacha, lalmi yerlarda 20 %dan 70 %gacha zararlanishi aniqlangan. Nav namunalari ichida sug’oriladigan maydonlarda Noziktam, 00/64, Mezon (20-30 %), lalmi yerlarda 98/697, 96/528 (20-30 %) kabi nav namunalari Mavlono (30 %), Unumli arpa (70 %) va boshqa nav namunalariga nisbatan bardoshliligi bilan yaqqol ustunlik qilishi aniqlangan. (T.Mamatqulov, A.T.Mamatqulov, 2007). Sug’oriladigan maydonlarda sariq zang 2004 yilda 5 %dan 40 %gacha, 2005 yilda 5 %dan 10 %gacha oraliqda, Xonaqox, Qizilqo’rg’on, Mezon, 118, 00/64 (5- 10 %), lalmi yerlarda 98/670, 96/495 (10 %) kabi nav namunalari andoza navlar (Mavlono 5-20 %, Unumli arpa 20 %) va boshqa nav namunalariga nisbatan sariq zang kasalligiga bardoshliligi aniqlangan (T.Mamatqulov, A.T.Mamatqulov, 2007). B.Hasanov va boshqalarning (2013) ma’lumotlari bo’yicha, Respublikaning janubiy hududlarida arpaning dog’lanish kasalliklarining 4 xildagi (to’rsimon dog’lanish, to’q-qo’ng’ir dog’lanish, tasmacha dog’lanish va hoshiyali dog’lanish) turi kuzatiladi. Hozirgi vaqtda lalmikor yerlarda ekilayotgan arpa navlari mahalliy tuproq- iqlim sharoitiga moslashgan bo’lishiga qaramay, qishga, qurg’oqchilikka va PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
17 issiqlikka, turli kasalliklarga yetarli chidamli emas. Lalmi yerlarning tekislik va qir adirlik mintaqalarida arpa doni to’lishish davrida yuz beradigan kuchli garmsel va yuqori harorat hosildorlikning keskin tushib ketishiga sabab bo’lmoqda (T.Mamatqulov, A.Xoldorov, 2014 ). Sug’oriladigan maydonlarda issiqqa, lalmi yerlarda qurg’oqchilikka chidamlilik xususiyatlari bo’yicha Bolg’ali, 02/260 nav namunalari o’ta chidamli (75% dan yuqori), lalmi yerda o’ta qurg’oqchilikka chidamli (83-92% ) nav namunalariga Abu-G’afur, Nutans-98/670 kabilar
kirishi aniqlangan (T.Mamatqulov, A.T.Mamatqulov, 2007). Kuzgi arpa navlarini qishga chidamlilik xususiyati juda katta ahamiyatga ega, chunki ular qishlash paytida juda ko’p, ayrim vaqtlarda butunlay nobud bo’lib ketadi. Uning sabablari xilma-xildir: qishning boshlanishida qor qoplamining yo’qligi yoki juda oz bo’lishi tufayli, kunlarning isib-sovib turishi natijasida, qalin qor qoplami yoki muz ostida dimiqish oqibatida nobud bo’lishi mumkin (P.F.Garkaviy, 1968, 1972). Kuzgi arpa navlari qishga yaxshi chidamliligi, birinchi navbatda sovuqqa bardoshliligi bilan ajralib turishi lozim. Tuplanish tugunini chuqur joylashishi sovuqqa chidamliligini oshiradi, ammo bu holda mahsuldor tuplanish kamayadi (Yu.A.Grunsev, 1981; M.A.Amanov, T.X.Urinbayev, 1983). Duvarak navlar ishlab chiqarish uchun katta ahamiyatli bo’lib hisoblanadi: agar daladagi ekin qishdan yaxshi chiqmagan bo’lsa, shu navning o’zi bilan bahorda «ta’mirlash» – ekilishi mumkin. Bu o’z navbatida urug’chilikda muammo bo’lgan bahori navlarining zahirasini saqlab kuzgi ekinni siyraklashib qolgan yoki sovuq urgan maydonlarini qayta ekishdan xalos qiladi (T.X.Urinbayev, 1979). Demak, arpa navlarining turli kasalliklarga, muhitning noquloay sharoitlariga chidamliligini oshirishda shu yo’nalishdagi seleksion ishlarning roli nihoyatda katta. Arpaning maqbul ekish muddatlari va me’yorlarini aniqlash, asoslash bo’yicha O’zbekistonda va xorijda juda ko’plab tadqiqotlar o’tkazilgan. Yuqori hosil olish uchun arpani optimal muddatda va me’yorda zarurligi haqida ko’pdab PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 18 materiallar to’plangan. Adabiyotlardagi ma’lumotlarning ko’rsatishicha arpadan eng yuqori hosil olish uchun ma’lum tuproq-iqlim sharoitida maqbul ekish muddatlari va me’yorlariga rioya qilish talab etiladi. Arpadan yuqori
hosil yetishtirish uchun texnologik tadbirlarni takomillashtirish zarur. Ko’p olimlarning fikricha, arpa hosildorligi ekish muddatiga, ekish me’yoriga, nav xususiyatiga, o’g’it bilan ta’minlanganligiga bog’liq (Romanov, Musina, 1991; Zagarbekskiy, Svetskiy, 1991; Polovina, 1991; Nurboyev S., 2013 ). Kuzgi arpa yarovizasiya (tinim davri) davri kuzgi bug’doy va javdarnikiga nisbatan qisqa bo’lganligi hamda kuzgi rivojlanish davri jadal o’tganligi uchun juda ko’p tadqiqotlar uni ma’lum tuproq-iqlim sharoitida 8-10 kun kuzgi bug’doyga nisbatan kechroq ekishni tavsiya etishadi (M.V.Bayarshinova, 1980; Z.Yorqulova, N.Xalilov, 2012; S.Nurboyev, 2013). Boshqa bir guruh tadqiqotchilar arpani kuzgi bug’doydan ertaroq ekishni tavsiya etishadi (A.S.Naydenov, 1988, 1990). Maqbul ekish muddatidan o’n kunga erta yoki kech ekilganda hosil har bir gektar maydondan Xarkov viloyatida (Gubanov va boshqalar, 1976) 6,0 s/ga, Moldoviyaning markaziy mintaqasida (Makyuk, 1960) 2-3 s/ga, Kiyev viloyati sharoitda (Rameslo, 1966) 7,7-8,0 s/ga kamayganligi aniqlangan. Arpa ekish muddati va me’yori har bir region, xudud uchun aniqlanishi shart bo’lib, u ob-havo, tuproq, relyef va boshqalarga bog’liq (D.Ebert, `1969; V.I.Garmashov, 1980, 1981; N.G.Yankovskiy, 2002). Ekish muddati va me’yorini belgilashda navning biologik xususiyatlari muhim o’rin tutadi (P.V.Barannikov, 1962; I.P.Untilo, 1969; K.A.Naydyonova, 1971; V.M.Shevsov, 1980; N.A.Georgiyev, 1982; V.I.Garmashov, 1983, 1986; N.G.Yankovskiy, 2002, 2003). I.G.Kaltunov (1973) ma’lumotlariga ko’ra, ekish muddati kechikishida 6,0 mln unuvchan urug’ ekilishi tup soni miqdori ko’p bo’lishiga olib kelib, qishdagi nobudgarchiliklardan saqlanib qolgan ko’chatlar soni hisobiga ham hosil oshadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 19 Kuzgi arpa bahori arpaga nisbatan ikki barobar serhosil, ammo uning qishga chidamliligi pastligi bahori arpa o’rniga ham kuzgi arpa ekish imkoniyatlarini cheklaydi. Ertagi muddatlarda ekilgan o’simlikning bo’yi, tuplanishi, boshoq uzunligi kechki muddatlarda ekilgan o’simliklarnikiga nisbatan yuqori bo’ladi. Ammo, erta ekilgan o’simliklarning un shudring bilan kasallanishi tufayli optimal (16 oktyabr) ekilgandagiga nisbatan hosildorligi past bo’ladi va qisman yotib qoladi (Z.Yorqulova, N.Xalilov, 2012). Maqbul muddatlarda ekib ko’chat olishlik birdan-bir yuqori hosil olish garovidir. Biologik navlar bunda asosiy o’rin egallab, quyosh energiyasining ta’siri, yog’ingarchiliklar miqdori va o’z muddatlarda ekilsa biologik yuqori hosil olinadi. Arpani ekish muddatlari kechikishi bilan o’simlikning umumiy, mahsuldor tuplanishi, 1 m 2 dagi mahsuldor poyalar soni, bitta boshoqdagi donlar soni va massasi kamayishini, mineral o’g’itlar me’yori oshishi bilan boshoqdagi donlar sonining oshishi kuzatiladi. 1000 ta dona don massasi azotli o’g’itlar me’yori 60 kg dan 180 kg/ga gacha oshirilganda kamayadi (Z.Yorqulova, N.Xalilov, 2013). Kuzgi arpaning o’sishi va rivojlanishiga ekish muddatlarining ta’siri tadqiq etilganda, hosilni yig’ishtirish oldidan 1 m 2 maydonda hosil bo’lgan mahsuldor poyalar soni arpa urug’lari 1 oktyabrda ekilgan muddatda Mavlono navida 386 dona, Bolg’ali navida 365 dona, 15 oktyabrda ekilgan variantda Mavlono navida 352 dona, Bolg’ali navida 364 dona, 15 noyabrda ekilgan variantda Mavlono navida 337 dona, Bolg’ali navida 348 donani tashkil qilgan (M.Yu.Shernazarov, Z.R.Yorqulova, 2013). Bitta boshoqda hosil bo’lgan donlar soni Mavlono navida 1, 15 oktyabrda va 1, 15 noyabrda ekilgan muddatlarga mos ravishda 32,8; 33,7; 30,6 va 28,2 tani tashkil etgan bo’lsa, Bolg’ali navida mos ravishda 32,0; 32,9; 31,2 va 30,1 dona bo’lganligi aniqlangan (M.Yu.Shernazarov, Z.R.Yorqulova, 2013). Sug’oriladigan yerlarda kuzda ekiladigan arpaning intensiv navlari 70-80 s/ga don beradi. Kuzgi arpa juda erta yoki juda kech ekilganda qishki sovuqlardan kuchli zararlanadi, natijada hosildorlik sezilarli pasayadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 20 N.Xalilov, Q.Xo’jaqulov (2006) tajribalarida kuzgi arpa 1, 21 oktyabr va 11 noyabrda ekilganda eng yuqori don hosili 1 oktyabrda ekish me’yori 4 mln urug’ bo’lgan variantda Temur navida kuzatilib, 54,9 s/ga, Mavlono navida esa ekish me’yori 3 mln urug’ bo’lgan variantda 54,9 s/ga ni tashkil etgan. Temur navi duvarak bo’lib, uni kuzda va bahorda ham ekish mumkin. Ekish muddati 1 oktyabr, ekish me’yori 3 mln urug’ bo’lganda hosildorlik 4 mln urug’ bo’lgandagidan 1,1 s/ga kam bo’lgan. Biologik kuzgi Mavlono navida ekish me’yori 3 mln dan 4 mln uruqqa oshirilganda hosildorlik 6,1 s/ga kamaygan. Buning asosiy sababini mualliflar, 1 oktyabrda ekish me’yori 4 mln urug’ bo’lganda hosil yig’ishtirishgacha kelib ko’p o’simliklar yotib qolishi bilan izohlashadi . Kuzgi arpa 21 oktyabrda ekilganda eng yuqori hosildorlik Temur navida ekish me’yori 5 mln urug’ bo’lganda 49,5 s/ga, Mavlono navida 4 mln urug’ bo’lganda 49,1 s/ga ni tashkil etgan. Kuzgi arpa 11 oktyabrda ekilganda eng yuqori hosildorlik Temur navida 6 mln urug’ bo’lganda 49,2 s/ga, Mavlono navida ham 6 mln urug’ bo’lganda 48,1 s/ga don hosili olingan (N.Xalilov, Q.Xo’jamqulov, 2006). Kuzgi arpaning ekish me’yorlari mintaqaning tuproq-iqlim sharoiti, urug’lik materialning sifati, ekish usuli va muddatlari, o’g’itlash, sug’orish va ekiladigan navlarning biologik xususiyatlariga bog’liq holda belgilanadi. O’stirish sharoitlarini barchasi bir xil bo’lganda ertapishar navlar kechpishar navlarga nisbatan katta me’yorlarda ekiladi. Ertapishar navlar kam tuplanadi, fotosintez mahsulotlarini kechpishar navlarga nisbatan kam hosil qiladi va kechpishar hamda tezpishar navlar bir xil me’yorda ekilganda tezpishar navlar hosili kam bo’ladi (Fedarov 1973; Zavardan, 1980; Posipanov1997, M.Tojiev, 2004). Akademik P.P.Lukyanenko (1966) «hyech bir agrotexnik usul ekish muddati va me’yorichalik o’sishi va rivojlanishiga ta’sir etmaydi», deb ta’kidlagan. Mazkur muammoni to’g’ri hal etish arpa hosilini va sifatini qo’shimcha xarajatlarsiz oshirishga imkon beradi. Arpa bo’yicha ko’plab o’tkazilgan ilmiy tadqiqot PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 21 natijalarini tahlil qilishni ko’rsatishicha, arpani ekish me’yori quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi: -mintaqaninig tuproq-iqlim sharoiti; -ekish va o’suv davridagi tuproqdagi namlik miqdori; -tuproq unumdorligi va o’g’itlash me’yori; -navlarning biologik xususiyatlari va tuplanishi, ko’payishi; -ekish muddati va usullari. M.S.Soviskiyning (1981) qator yillar mobaynida olib borgan tajribalardan ma’lumki, ekish me’yori maqbul muddatlarda ekilishi hosilning ortishiga olib keladi, ya’ni seleksioner V.Ya.Yuriyevning yozishicha, barcha navlar o’zining maqbul o’sishi ekish me’yori va oziqlanish maydoni bilan biologik jihatdan bir- biridan farq qiladi. A.K.Oniskov va boshqalar o’z tajribalarida (1980) shimoliy Qozog’istonda bir necha navlarning ekinbopligini va me’yorini o’rganishgan. Ularning aytishicha, 1 gektarga 2,5 mln unuvchan urug’ ekilishi yaxshi natija beradi. Ekish me’yorlari o’simliklarning xususiyatlariga ham sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, o’simliklarning tuplanishi ekish me’yorlariga ta’sir ko’rsatadi va uni o’zgartirishga asos bo’ladi. Ekish me’yorining ortib borishi bilan 1000 don massasi, donning naturasi kamayib boradi (N.Xalilov, Q.Xo’jamqulov, 2006). N.G.Yankovskiy (2006) ma’lumotlariga ko’ra, ekish me’yori hosildorlikka 95 % ehtimol bilan 12,4 % ta’sir ko’rsatadi. Ekish muddatining hosilga ta’sir etish hissasi esa 14 %, hosilga ta’sir ko’rsatish bo’yicha eng muhim omil – tabiiy sharoit (80,4 %) hisoblanadi. Binobarin, ekish muddatini to’g’ri belgilash uchun tabiiy sharoitlarni albatta hisobga olish zarur. Demak, arpani eng optimal muddat va me’yorlarda ekishni tashkil etish orqali o’simlikning o’sishi, rivojlanishini to’g’ri boshqarish va pirovard natijada hosildorlikning oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
22 Kuzgi arpani ekish muddati va me’yori navlarning qishga chidamliligiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi (V.M.Shevsov, 1980.). Bu hol kuzgi turli agrometeorologik sharoitlarga bog’liq bo’lib, o’simliklar turlicha rivojlanadi. Kechki muddatlarda ekilganda o’simliklar unub chiqish yoki 2-3 barglik davrida qishlashga kiradi va yetarli darajada oziq moddalar to’plashga ulgurmaydi, qishga chidamliligi pasayib ketadi, qishning keskin sharoitlarida nobud bo’ladi. Siyrak ekinzorda hosil keskin kamayib ketadi (P.F.Garkaviy, 1968; I.V.Svisyuk, 1974, 1977, 1989; L.O.Maksimenko, 1983). Bir muncha ertachi muddatlarda ekilganda kuzgi arpa kuzda kuchli tuplanadi, ko’plab barg-poyali massa hosil qiladi. Biroq, ular kasalliklar bilan kuchli zararlanadi. Bu o’simliklarning chiniqishi va qishga chidamliligiga ta’sir ko’rsatadi (A.Kornilov, 1968; A.P.Gusalenko, 1986; N.G.Yankovskiy, 2005). Respublikamiz va xorijda arpa navlaridan yuqori va sifatli, sanoatbop hosil olish bo’yicha qator tajribalar o’tkazilgan. M.Tojiyevning (2004) O’zPITI Surxondaryo tarmog’i sug’oriladigan dalalarida o’tkazilgan tajribalarda 16 oktyabrda ekilgan arpaning bo’yi Bolg’ali, Oyqor, Mavlono navlarida muvofiq holda 107,3; 108,5; 115,9 sm tashkil qilgan. Bolg’ali 205 kunda, Oyqor, Mavlono navlari 212 kunda pishib yetilgan. Mavlono navida bir boshoq va boshoqdagi don vazni 2,0-2,27 g, boshoqdagi don soni 52,7 ta ni, Bolg’ali navida bu ko’rsatkichlar muvofiq holda 1,01-1,22 g; 29,9 dona bo’lishi aniqlangan va Mavlono navini yotib qolishga moyilligi aniqlangan. Don chiqishi Bolg’ali va Mavlono navlaridan 46,7-50,7 % bo’lgan. O’zbekiston sharoitida arpaning Afrosiyob, Maroqand, Temur navlari ichida eng tezpishar Temur navi bo’lib, u yotib qolmaydi va tezpishar Zafar navidan 2-3 kun ilgari pishadi. Arpaning Afrosiyob, Maroqand, Temur navlarining donida oqsil miqdori 12-15 % bo’lib, lizin aminokislotasi miqdori 3,4-3,6 % ga teng (D.Abdukarimov, T.Xodjaqulov, 1993). Arpaning Bolg’ali navi Qarshi cho’lining sug’oriladigan tuproqlari sharoitida o’rim oldidan poyasining balandligi 71,5-84,2 sm ni tashkil etdi. Poya soni 640-648 dona / m 2 ni tashkil qildi. Tajriba variantlari 31,3-54,1 s/ga don va PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 23 64,0-97,8 s somon hosili olingan, ya’ni azot me’yori oshirilishida biomassaning ortishi kuzatilgan (E.Shermatov, 2001). Arpa ekini o’g’itga talabchan bo’lib, tog’li, tog’ oldi, tepalik lalmikor mintaqalarda, ayniqsa suvli yerlarda o’g’itning samaradorligi yuqori bo’lib, hosil oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Arpaning boshoqlash, gullash fazalarida berilgan azotli o’g’it don tarkibidagi oqsil miqdorini oshiradi, pivoboplik sifatlarini pasaytiradi. Fosforning yetishmasligi ildizlar o’sishini sekinlashtiradi, boshoq mahsuldorligiga salbiy ta’sir etadi, turli kasalliklarga chidamliligini pasaytiradi (N.Xalilov, N.Jo’rayev, 2004). Bahorgi arpa ekinlarida ertapisharlikni belgilashda «unib chiqish- boshoqlash» davri muhim rol o’ynaydi. Arpaning ertapishar navlarini yaratish seleksiyaning asosiy vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi, bunda hosilning to’liq pishishigacha bo’lgan davrning qanchalik qisqa bo’lishiga erishilsa, hosil shunchalik qisqa muddat ichida isrofgarchiliklarsiz, sifatli qilib o’rib-yig’ib olishga imkon yaratiladi (Z.Jo’rayeva, U.Qarshiyeva, 2013). Hozirgi kunda Respublikamizda har yili pivo tayyorlash uchun o’rtacha 45- 50 tonna xom-ashyo talab qilinadi, ta’minot 5-10 ming tonnadan oshmayapti, bu ta’minot asosan Respublikamizning lalmikor mintaqalari uchun rayonlashtirilgan Unumli arpa va boshqa yembop arpa navlari hisobiga tayyorlanmoqda. Pivobop arpa navlari har qanday sharoitda o’savermaydi, pivobop arpa uchragan tabiiy iqlim sharoiti o’ziga xos mo’tadil kechishi, don yetiladigan davrda havo harorati 24-26 %, havoning nisbiy namligi 50-60 % atrofida bo’lishi talab etiladi. Respublikamizda shunga yaqin iqlimli hududlar Ohangaron, Baxmal, Urgut, Parkent, Zomin, Kitob, Qamashi, Shahrisabz, Uzun, Kattaqo’rg’on va boshqa tog’ oldi va tog’li mintaqalarni misol keltirish mumkin. Respublikamizda arpa doni yetilish davrida, ya’ni may oyining oxiri iyun oylarining boshida havo harorati oshishi natijasida donning pishishi tezlashadi, natijada barcha pivoboplik ko’rsatkichlari pasayib ketadi (Sh.X.Oripov, 2006 ). S.Nurboyev (2013) tajribalarida urug’lar oktyabr oyining birinchi o’n kunligida ekilganda qishlash oldidan 100 ta o’simlikning ildiz massasi 14,5 g, yer PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
24 ustki massasi esa 30,1 g bo’lganligi aniqlangan. O’simlikning ildiz bilan ta’minlanganlik darajasi 48,1 % ni tashkil etgan. Bahori arpaning ertapishar navlari birmuncha afzalliklarga ega bo’lib, takroriy ekin ekish uchun yerlarni ertaroq bo’shatib berish imkoniyatini beradi, havo harorati ko’tarilib ketmasdan normal sharoitda pishib yetilgan donlar bir tekis, yirik bo’ladi (A.Mamatqulov, 2006). Krasnodar o’lkasi va Turkiya davlatlaridan keltirilgan Robur/enate/NY- 6005, Saduk-3, Pamir-168, K-4679, Scio/ir ICBN-91, IBSP-0,4 (Ent-97) namunalari sug’oriladigan maydonlarda andoza Bolg’ali naviga nisbatan 5-6 kun ertapisharligi bilan farqlanib, o’suv davri 172-180 kunni, lalmi yerlarda 170-174 kunni tashkil etgan (Sh.X.Oripov, 2007). O’suv davrining davomiyligi arpaning muhim biologik xususiyati bo’lib, uning mahsuldorligiri sezilarli darajada belgilaydi (A.Mamatqulov, 2013). Shunday qilib, arpa hosildorligiga navlarning biologik xususiyatlari, ularni o’stirish sharoitlari (sug’oriladigan va lalmi), tuproq unumdorligi, ekish muddati va me’yori, o’g’itlash kabi bir qator omillar ta’sir ko’rsatar ekan. Boshoqli don ekinlari hosildorligini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlardan biri tuplanish bu hisoblanadi. Tuplanish boshoq beradigan poyalar soni bilan aniqlanadi (A.Mamatqulov, 2013). O’simliklar yaxshi tuplansa, barg yuzasining oshib borishi bilan ko’p miqdorda organik moddalar to’planadi va ular donni shakllanishida foydalaniladi. Qulay sharoitda yon poyalar don hosilini 30-50 %, siyraklashgan ekinzorda 60-70 %ini beradi. Ammo kuchli tuplanish sug’oriladigan va nam bilan yaxshi ta’minlangan mintaqalarda o’simliklarni yotib qolishiga hamda hosildorlik va don sifatini pasayishiga olib
kelishi mumkin
(M.V.Bayarshinova, 1980;
L.I.Kovrichana, 2004). Mahsuldor tuplanish o’simliklarning tup qalinligiga bog’liq ekanligi aniqlangan (Boyarshinova, 1980; Osin, 1988; Makarova, 1980). Siyrak ekilganda tuplanish oshgan, qalin ekilganda kamaygan. D.N.Pryanishnikov (1965) ekiladigan urug’lar soni, daladagi o’simliklarni tup qalinligini uzil-kesil aniqlab bermasligini, sababi qalin yoki siyrak ekinzorlar PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
25 tuplanish darajasi tufayli tenglashishini, siyrak o’simliklarni kuchli tuplanishini va poyalar sonini ko’paytirishini hamda poyalar qalinligini zich ekilgan ekinzorga tenglashtirishi ko’rsatgan. Boshoqli don ekinlarida tuplanishning ahamiyati haqida adabiyotlarda yagona fikr yo’q. P.N.Konstantinov, A.I.Nosatovskiy, P.P.Lukyanenko va boshqa tadqiqotchilar tuplanishni ijobiy ko’rsatkich, deb hisoblashmaydi, ayniqsa qurg’oqchilik yillari poya hosil bo’lishiga ko’p suv va oziqa moddalar sarflanganligi uchun ular bosh poyani ta’minlanishi yomonlashadi, deb hisoblashadi. Shu bilan birgalikda ikkilamchi poyalardagi hosil bosh poyada ham olingan donning o’rnini qoplay olmaydi. Qurg’oqchilik mintaqalarda bahori boshoqli don ekinlari uchun eng maqbul 1-2 tonna hosil qiluvchi o’simliklardir, deb hisoblashadi. V.R.Vilyams, V.Ye.Piserov, S.A.Muravev, Ya.V.Gubanov va boshqalar o’simliklar yaxshi tuplansa, barg yuzasining oshib borishi bilan ko’p miqdorda organik moddalar to’planadi va ular donni shakllanishida foydalaniladi, deb hisoblashadi. Qulay sharoitda yon shoxlar don hosilini 30-50 %, siyraklashishgan ekinzorda 60-70 % ni beradi. Ammo kuchli tuplanish sug’oriladigan va nam bilan yaxshi ta’minlangan mintaqalarda o’simliklarni yotib qolishiga hamda hosildorlik va don sifatini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Sug’oriladigan maydonlarda o’tkazilgan konkurs nav sinovida arpaning hosildorlik ko’rsatkichi bilan Mezon, 3/431, 99/27, 00/64, 02/260, Noziktam kabi nav namunalari andoza sifatida qabul qilingan Mavlono (5,78 t/ga) naviga nisbatan 5,2 va 10,5 s/ga, lalmi yerlarda 96/495, Nurota, 94/915, 94/1, Abu-G’afur kabi nav namunalari andoza Unumli arpa (2,19 t/ga) naviga nisbatan 4,3-8,3 s/ga ortiq hosil berishi aniqlangan (T.Mamatqulov, A.T.Mamatqulov, 2007). M.N.Pokrovskaya, T.Mamatqulovlarning (2007) tadqiqot natijalariga ko’ra, sug’oriladigan sharoitda arpaning Bolg’ali va Mezon navlari hosildorligi 3,40 t/ga dan 3,7 t/ga gacha bo’lganda, andoza 00/64 navida 3,24 t/ga, lalmi sharoitda esa Nurota 96/415 va Nutans 94/915 navlarida 1,47-1,58 t/ga, andoza navda 1,42 t/ga don hosili olingan. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 26 Arpa navlari hosildorligi agrotexnik usullar, o’g’itlash, ekish muddati va me’yori, tuproq unumdorligi, suv va oziqa rejimiga bog’liq holda o’zgaradi (Z.Yorqulova, N.Xalilov, 2013). Boshoq uzunligi ham hosilni belgilaydigan muhim ko’rsatkich hisoblanib, urug’lar 1 oktyabrda ekilgan muddatda Mavlono navida 8,5 sm, Bolg’ali navida 9,0 sm, 15 oktyabrda ekilganda mos ravishda 8,4; 9,2 sm, 1 noyabrda 8,3; 8,8 sm va 15 noyabrda ekilganda 8,5; 9,2 sm bo’lganligi aniqlangan (M.Yu.Shernazarov, Z.R.Yorqulova, 2013 ). V.I.Garmashov (1981) o’z tajribalari natijalaridan kelib chiqqan holda, ekish me’yorining ortib borishi bilan 1000 dona don massasi kamayib borishini ta’kidlashadi. Hosilni belgilaydigan 1000 dona don massasi ham ekish muddatlari bo’yicha o’zgarib, 1, 15 oktyabr va 1, 15 noyabrda ekilgan Mavlono navida 39,3; 40,4; 39,6; 38,4 g bo’lgan bo’lsa, Bolg’ali navida mos ravishda 38,7; 39,7; 39,3; 37,7 g ni tashkil etganligi aniqlangan (Shernazarov M.Yu., Yorqulova Z.R., 2013). N.A.Laman (1984), V.D.Ogarev (1997), E.G.Filippov (2001) ko’rsatmasi bo’yicha, ekish me’yorining oshib borishi bilan boshoqdagi don soni ham kamayib boradi. E.B.Osin (1980) ishlarida arpaning 20 ta navini oddiy eni 17,4 sm, uyalab, to’rt burchakli shakllarda 30x30 va 45x45 sm da ekish me’yorini ortib borishi bilan 1000 dona don massasi va boshoqdagi donlar soni kamayib borishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Download 410.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling