32
Tajriba o’tkazilgan yillarning bahor faslida (mart, aprel va may oylari) kuzgi
arpadagi fiziologik va biokimyoviy jarayonlar faollashib, o’simlikni o’suv va
rivojlanish davrlari havo haroratini ortishi va yog’ingarchilik miqdorini ko’p
bo’lishi tufayli tezlashadi. Ushbu oylarda o’rtacha ko’p yillik havo harorati 7,7-
19,4
0
S, nisbiy namligi - 61-73; 52-75 va 39-62 %ni va yog’ingarchilik miqdori
70,5-33,2 mm bo’lib, tajriba dalasidagi kuzgi arpaning naychalash va boshoq
tortish davrlari uchun eng qulay sharoit hisoblanadi.
Kuzgi arpaning (sut, mum va to’liq) pishib yetilish davri - yoz faslida
yog’ingarchilikni juda kam (iyun oyida) yoki umuman bo’lmasligi bilan (iyul-
avgust oylarida) tavsiflanadi va bu davrlarda yog’ingarchilik miqdori o’rtacha 4,0-
0,4 mm, o’rtacha ko’p yillik havo harorati esa 24,2-26,2
0
S ni tashkil etib, kuzgi
bug’doyning donlarini to’liq shakllanishi va pishib yetilishi uchun qulay davr
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: