3. arpaning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yorlari va chuqurliklariining ta’siri doc


II. TAJRIBA O’TKAZISH SHAROITLARI, USLUBI VA OBYEKTI


Download 410.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/49
Sana08.01.2022
Hajmi410.25 Kb.
#249240
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
Bog'liq
arpaning osishi rivojlanishi va hosildorligiga ekish meyorlari va chuqurliklariining tasiri

II. TAJRIBA O’TKAZISH SHAROITLARI, USLUBI VA OBYEKTI  

 

2.1.  Zarafshon  vodiysining  iqlimi  va  tajriba  o’tkazilgan  yillardagi  ob-

havo xususiyatlari 

 

Qishloq  xo’jalik  ekinlari  shu  jumladan  kuzgi  arpadan  mo’l  va  sifatli  hosil 



yetishtirishda mintaqaning tabiiy iqlim sharoiti muhim omillardan biri hisoblanadi. 

Kuzgi  arpaning  qishga  chidamligi,  hosilining  shakllanishi,  hosildorligi,  don  sifati, 

agrotexnik  tadbirlarning  o’tkazilish  muddatlari  mintaqaning  tuproq-iqlim 

sharoitiga bog’liqdir. 

Zarafshon  vodiysi  O’zbekiston  respublikasining  markaziy  qismida 

joylashgan,  okeanlardan  uzoq  bo’lganligi  uchun  hududni  subtropik  kontenental 

iqlim  guruhiga  kiritish  mumkin.  Issiqlik,  yorug’lik,  sutkalik  va  yillik  havo 

haroratning  keskin  o’zgarishi,  atmosfera  yog’ingarchiliklarining  kamligi  hamda 

ularni  mavsum  bo’yicha  taqsimlanishi,  havo  namligini  pastligi  Zarafshon  vodiysi 

uchun xosdir. 

Zarafshon  va  Turkiston  tizmalarining  yaqinligi,  joyning  relyefi,  keng 

tarqalgan 

sug’orish 

tizimlariga 

ega 

Zarafshon 



daryosining 

mavjudligi, 

Kattaqo’rg’on  suv  ombori  hamda  sug’orma  dehqonchilikning  mavjudligi 

Zarafshon vodiysining o’ziga xos iqlim sharoitini yuzaga keltiradi. 

Zarafshon  vodiysi  uchun  bulutli  kunlarning  kamligi,  issiq  yoz,  shu  kenglik 

uchun  barqaror  bo’lmagan  qish,  yillik  va  sutkalik  haroratning  keskin  o’zgarishi, 

iliq yomg’irli bahor va jazirama quruq yoz xos. 

Vodiyning 

iqlim 

sharoiti, 



yillik 

atmosfera 

yog’ingarchiliklarning 

taqsimlanishi,  joyning  dengiz  sathidan  joylashish  balandligiga  ham  bog’liq 

ravishda  o’zgaradi.  Zarafshon  vodiysi  sharqdan  g’arbga  qarab  dengiz  sathiga 

nisbatan  pastlashib  boradi.  Shuning  uchun  hududning  eng  qurg’oqchil  qismi  

dengiz  sathiga  nisbatan  past  joylashgan  g’arbiy  qismi  hisoblanadi.  Zarafshon 

vodiysining  o’rta  qismida  joylashgan  Samarqand  shahrida  yillik  yog’ingarchilik 

miqdori  300-350  mm  bo’lsa,  sharqiy  qismidagi  tog’li  mintaqada  500-900  mm 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

28

tashkil qiladi. Seryog’in  yillari atmosfera  yog’ingarchiliklarining  miqdori o’rtacha 



ko’p yillik ko’rsatkichlarga  nisbatan ikki barobar ortadi. 

Samarqand  viloyatida kuz barqaror,  haroratning 15 

0

S pasayib  borishi  ko’p 



hollarda noyabrning oxiriga to’g’ri keladi. 

Ko’p  yillik  ma’lumotlarga  ko’ra  vodiyda,  kuzgi  davrda  yog’ingarchiliklar 

oktyabr-noyabr  oylarida  boshlanadi.  Ammo  yog’ingarchiliklar  miqdori  kuzgi 

boshoqli  don  ekinlari  shu  jumladan  kuzgi  arpa  urug’larini  undirib  olish  uchun 

yetarli  chuqurlikdagi  tuproq  qatlamini  namlay  olmaydi.  Shuning  uchun  nam 

to’playdigan  sug’orishlar  yoki  ekishdan  keyingi  sug’orishlar  (kuzgi  davrida) 

o’tkazilishi talab qilinadi. 

Vodiyda 


sernam 

va 


sovuq 

qish 


dekabrdan 

boshlanadi 

va 

yog’ingarchiliklarni  ko’payishi  bilan  hamda  qorga  o’tishi,  haroratning  pasayishi 



bilan  xarakterlanadi.  Yog’ayotgan  yog’ingarchiliklarning  10  %  qor  ko’rinishda 

yog’adi,  ammo  ayrim  yillari  ayniqsa  tog’  oldi  va  tog’  mintaqasida  bu  ko’rsatkich 

2-3 barobar oshishi mumkin. Qor qatlami barqaror emas, qish davomida bir necha 

bor  o’zgarishi  mumkin,  lekin  tog’  oldi  va  tog’da  qor  qatlami  uzoq  saqlanishi 

mumkin.  Qor  qatlamini  maksimal  saqlanish  davri  2-2,5  oyga  chuzilishi  mumkin. 

Ko’pyillik  ma’lumotlarga  ko’ra  dekabr,  yanvar,  fevralda  o’rtacha  muvofiq  holda 

40,5;  43,9;  39,2;  mm  yog’ingarchilk  yog’adi.  Yillik  yog’ingarchilikning  ko’p 

qismi  (30-50  %)  bahorda,  30-35  %  qishga,  15-20  %  kuzga,  5-10  %  yoz  oylariga 

to’g’ri  keladi.  Zarafshon  vodiysi  qishining  yumshoq,  mo’tadilligi  bilan 

xarakterlansada,  ayrim  yillari  shimoldan  esayotgan  shamollar  ta’sirida  qish  juda 

sovuq  ham  bo’lishi  mumkin.  Yanvar  oyida  o’rtacha  harorat  0,5  va  -1  dan  -2-3 

0



atrofida o’zgaradi. Xaqiqiy qish 28-71 kun davom etadi. Eng past harorat 24-35 

0

S, 



har 20-30 yilda bir marta kuzatiladi. 

Bahorda  haroratning  5

o

S  oshishi  bilan  kuzgi  g’alla  ekinlarida  o’suv  davri 



boshlanadi. Havo haroratning ko’tarilishi bilan mezotermik faza boshlanadi. Kuzgi 

g’alla ekinlarida  mezotermik  faza  mart-aprel  oylariga to’g’ri keladi  va bu davrida 

o’rtacha  harorat  7,7-14,4 

0

S  ni  tashkil  etib,  yog’ingarchiliklarni  nisbatan  ko’pligi 



bilan xarakterlanadi. Mart va aprel oylarida o’rtacha yog’ingarchiliklar miqdori 70; 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

29

63,2  mm    bo’ladi  va  bu  davrda  tuproq  1  mertgacha  chuqurlikda  namlanishi 



kuzatiladi. 

Haroratning  ko’tarilishi,  yog’ingarchiliklarning  pasayib  borishi  bilan 

o’simliklarda  kserotermik  davr  boshlanadi.  Bu  davrda  garimsel,  tuproq  va  havo 

qurg’oqchiligi  boshlanadi.  May-iyun  oylarida  o’rtacha  hararot  19,4-24,5

o

S  bo’lib 



yog’ingarchilik kam kuzatiladi. 

May-iyun  oylarida  kuzgi  arpani  hosili  shakllanadi.  Bu  davrda 

yog’ingarchiliklarni bo’lmasligi yoki juda kam bo’lishi, yuqori harorat, garmsellar, 

havo  nisbiy  namligini  juda  kam  bo’lishi  yirik,  salmoqli,  to’la  donlarni  hosil 

bo’lishiga  salbiy ta’sir ko’rsatadi. 

Kuzgi  arpa  may-iyun  oylarida  «havo  qurg’oqchiligi»  va  «tuproq 

qurg’oqchiligi»dan  zararlanishi  mumkin.  «Havo  qurg’oqchiligi»  havoda  nisbiy 

namlikning keskin kamayishi va haroratning keskin oshishi natijasida yuzaga kelib 

oqsillar 

koagulyasiyasiga 

sabab 

bo’lsa, 


havoning 

quruqligi 

o’simlikda 

transpirasiyaning oshib ketishiga hamda suv balansining buzilishiga olib keladi. Bu 

holat  kuzgi  arpada  mayda,  yengil  va  puch  donlarni  hosil  bo’lishiga,  hosildorlikni 

kamayishiga sabab bo’ladi. 

Tuproq  qurg’oqchiligi  haroratning  ko’tarilishi  va  tuproqda  namlikning 

kamligi  tufayli  yuzaga  keladi.  Bu  holat  ko’pincha  lalmikor  mintaqada 

yetishtiriladyotgan  bug’doylarda  kuzatiladi  va  hosildorlikni  keskin  pasayishiga 

sabab bo’ladi. 

Zarafshon  vodiysida  iyun  va  iyul oyining  birinchi o’n kunligida kuzgi arpa 

hosilini  o’rib-yanchish  tugallanadi.  Iyul  oyida  o’rtacha  harorat  23-28 

0

S,  o’simlik 



qatlami  bo’lmagan  quruq  tuproqlarda  68-74 

0

S,  ko’tariladi.  Avgustda  o’rtacha 



harorat 24,2 

0

S, yog’ingarchiliklar bo’lmaydi. 



Samarqand  viloyatida  kuzgi  arpani  ekish  oktyabrdan  boshlanadi.  Kuz 

mavsumi  10  sentyabrdan  boshlanib,  oyning  oxirida  havoda  va  tuproqda 

haroratning pasayishi kuzatiladi. Sentyabrda o’rtacha havo harorati 19,2 

0

S. 



Oktyabr  oyi  kuzgi  arpa  asosiy  maydonlarga  ekish  amalga  oshiriladi.  Bu 

oyda  havo  harorati  vaqti-vaqti  bilan  pasayib,  yog’ingarchiliklar  yog’ishi,  qisqa 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

30

muddatli  sovuq  tushishi  ham  kuzatiladi.  Kuzgi  qisqa  muddatli  sovuqlar,  asosan 



oktyabrning  ikkinchi  yarimidan  boshlanadi.  Oktyabrning  boshlanishida  o’rtacha 

havo harorati 15-16 

0

S, oxirida 9-10 



0

S, yog’ingarchiliklar miqdori 24 mm. Kuzgi 

arpani ekish uchun eng maqbul o’rtacha havo harorat 14-17 

0

S bo’lishini e’tiborga 



olsak,  oktyabrning  II  va  III  o’n  kunliklari  kuzgi  arpa  ekish  uchun  eng  maqbul 

muddat ekanligi tasdiqlanadi. 

Tajriba  o’tkazilgan  tumanning  iqlim  sharoitlariga  tavsif  berish  uchun 

Samarqand  viloyatining  dengiz  sathidan  har  xil  balandliklarda  joylashgan  ob-

havoni  kuzatish  punktlarining  ma’lumotlari  tahlil  qilindi.  Eng  sovuq  kunlar 

yanvar-fevral  oylarda  kuzatilib,  o’rtacha  havo  harorati  -0,6-  2,2

0

S  ni  tashkil  etsa¸ 



eng yuqori harorati esa 24,5-26,8 

0

S iyun-iyul oylarida kuzatiladi (2.1- rasm). 



Samarqand viloyati hududlarining joylashish balandligi va tog’lik sharoitlarga 

yaqinligiga  qarab,  sovuq  havo  oqimining  hajmi  ortib  boradi  va  natijada 

yog’ingarchiliklar miqdori: o’rtacha yil davomida 355,2-367,6 mm ni tashkil etadi. 

Yog’ingarchilik,  asosan  mart  va  aprel  oylarida  ko’p  bo’lib,  bu  davrlarda  yillik 

yog’in miqdorining 55-60 %i tushadi (2.2-rasm).  

Sentyabr-oktyabr oylarida yerlarni ekishga tayyorlash va kuzgi arpani ekish 

jarayonida  o’rtacha  ko’p  yillik  havo  harorati  19,2-12,7  va  19,4-13,1 

0

S  bo’lib, 



yuqori  harorat  21,0-16,5 

0

S  va  past  harorat  19,5-12,0 



0

S  atrofida  bo’lganligi 

kuzatildi.  

Yog’ingarchiliklar miqdori o’rtacha 3,8-24,0 va 3,2-19,5 mm ni tashkil etdi. 

Noyabr  oyidan  boshlab  kuzgi  arpa  maysalarining  tuplanish  davri  boshlanadi.  Bu 

davrda o’rtacha ko’p yillik harorat 7,4-7,7 

0

S, yuqori va past harorat mos ravishda 



+10,1, +10,3 

0

S va 6,1-6,8 



0

S ni tashkil etdi. Yog’ingarchiliklar miqdori esa 28,2–

31,2 mm atrofida o’zgarib turdi. 

Tadqiqot  o’tkazilgan  yillarning  dekabr,  yanvar  va  fevral  oylarida  o’rtacha 

ko’p  yillik  havo  harorati  3,4-0,6-2,2 

0

S,  yog’inlar  miqdori  40,5-43,9-39,2  mm 



atrofida  bo’lib,  kuzgi  arpa  maysalarining  tuplanishiga,  o’suv  va  rivojlanish 

davrlariga salbiy ta’sir ko’rsatmadi. 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 



www.pdffactory.com


 

31

 




Download 410.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling