3. arpaning o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yorlari va chuqurliklariining ta’siri doc
Download 410.25 Kb. Pdf ko'rish
|
arpaning osishi rivojlanishi va hosildorligiga ekish meyorlari va chuqurliklariining tasiri
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
ISHLAB CHIQARISHGA TAVSIYALAR……..………….………... 71
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
3
o’simlikshunoslikning asosiy tarmog’i bo’lib aholini oziq-ovqat, chorvachilikni yem-xashak, sanoatni xom ashyo bilan ta’minlaydi. Shuning uchun O’zbekiston respublikasida don ishlab chiqarishni ko’paytirish qishloq xo’jaligining eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin Prezidentimiz rahbarligida qishloq xo’jaligi sohasida chuqur islohotlar o’tkazildi. Shu jumladan, g’allachilikni rivojlantirish bo’yicha Prezidentimiz va O’zbekiston hukumati tomonidan qarorlar qabul qilindi. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning «O’zbekiston uchun, xalqimiz uchun iqtisodiy mustaqilligimizga erishishda g’allaga bo’lgan ehtiyojimizni o’z kuchimiz bilan qondirishning ahamiyati haqida ortiqcha gapirishning hojati yo’q» (2003) deb ta’kidlagan teran ma’noli so’zlari zamirida g’allaning Respublikamiz hayotida nechog’lik ahamiyatga ega ekanligini to’la tasavvur qilish mumkin. O’zbekiston Respublikasi don mustaqilligiga erishdi va 2013 yilga kelib 7 mln 610 ming tonnadan ortiq don yetishtirildi va o’rtacha hosildorlik 55 s/ga ni tashkil etdi. Sug’oriladigan yerlarda 1991 yili boshoqli don ekinlarining o’rtacha hosildorligi 22 s/ga bo’lgan. Mustaqillik yillari davomida hosildorli 2,5 barobarga oshdi. Shu yillar mobaynida boshoqli don ekinlari ekin maydoni 24,0 mingdan 1,3 million gektarga kengayishi evaziga amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin hukumat tomonidan qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’i bo’lgan g’allachilikni rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Ayniqsa, sug’oriladigan yerlarda boshoqli don ekinlarining hosildorligini oshirish, sug’oriladigan yerlardan samarali foydalanish, yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo’yicha soha mutaxassislari oldiga katta vazifalar qo’yildi. Arpa don muammosini hal qilishda va mustahkam oziqa bazasini yaratishda muhim ahamiyatga ega. Arpaning somoni, to’poni oziqa sifatida foydalaniladi va uning oziqaviy qimmati javdar hamda bug’doynikidan ustun. Arpaning somonida PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 4 hazmlanadigan oqsil miqdori javdarnikidan 3,5 barobar ko’p, oziqa birligining miqdori javdar, suli hamda bug’doynikidan yuqori. Donida 13 % suv, 15 % protein, 14,4 % oqsil, 4 % yog’, 3,3 % kletchatka, 2,6 % kul va 62,1 % AEM mavjud. 1 kg arpa donida 1,28 oziqa birligi, 81-100 g hazmlanadigan oqsil, 1 kg somonida 0,36 oziqa birligi hamda 10 g hazmlanadigan oqsil saqlanadi. Arpa donida almashtirilmaydigan aminokislotalarning hammasi, shu jumladan 2,5-2,9% lizin mavjud (G’.Q.Qurbonov, 1981). Shu bilan birgalikda arpa doni va somonida temir, fosfor, kalsiy, kaliy, magniy, kremniy tuzlari, oz miqdorda yod va boshqa mikroelementlar bor. Arpa to’ponini mollarga berishda ularni bug’lab yoki qaynatib olish kerak, sababi qiltiqlari tishli bo’ladi va ular mollarni og’iz bo’shlig’ini jarohatlashi mumkin. Respublikamizning don balansida arpa muhim o’rinni egallaydi. Uning donidan arpa yormasi, perlovka tayyorlanadi, non pishirish sanoatida arpa uni javdar va bug’doy uniga qo’shiladi, shuningdek uning donidan medisina, spirt sanoati, to’qimachilik, charmdo’zlik, qandolat sanoatida foydalaniladi (I.A.Minkevich, 1988). O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin sug’oriladigan yerlarda boshoqli don ekinlar ekiladigan maydonlar ko’paytirildi. Sug’oriladigan yerlarda kuzgi bug’doy bilan bir qatorda kuzgi arpani ekish ham muhim ahamiyatga ega. Kuzgi arpa kuzgi bug’doyga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi. Kuzgi arpa o’suv davri qisqa, O’zbekiston sharoitida jazirama garmsel boshlanguncha pishib yetiladi hamda tuproq qurg’oqchiligidan kam zararlanadi. Kuzgi, qishki, bahordagi namliklardan yaxshi foydalanadi. Kuzgi arpa bug’doy, javdar, tritikale, suliga nisbatan qurg’oqchilikka, issiqlikka, sho’rga chidamliroq. Shuning uchun ayrim mintaqalarda arpa javdar va suliga nisbatan ko’p hosil beradi. Respublikamizning sug’oriladigan yerlarida kuzgi arpadan mo’l va sifatli hosil yetishtirishda ekish me’yori va chuqurligi muhim ahamiyatga ega. Ekish me’yori juda yuqori, qalin ekilgan kuzgi arpa yotib qoladi va turli kasalliklar bilan PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 5 sezilarli zararlanadi, fotosintez jarayoni sekinlashadi, hosilni yig’ishtirib olish qiyinlashadi, hosildorlik pasayadi. Urug’lar yuza ekilganda esa tuplanish tuguni yuza joylashadi va o’simlik qish davrida sovuqdan zararlanadi, siyraklashadi va hosildorlik pasayadi. Shuning uchun kuzgi arpani Samarqand viloyati sharoitida optimal ekish me’yorlari va shunga mos ravishda ekish chuqurligini aniqlash juda muhim ahamiyatga ega. Samarqand viloyati sharoitida kuzgi arpaning ilmiy asoslangan yetishtirish texnologiyasining yo’qligi tufayli ko’pgina fermer xo’jaliklarida hosildorlik bug’doynikidan past. Buning sabablaridan biri arpaning sug’oriladigan yerlarda ilmiy asoslangan yetishtirish texnologiyasi, jumladan ekish me’yori va chuqurligi uyg’unlashgan holda o’rganilmagan. Shuning uchun kuzgi arpa hosilining shakllanishiga ekish me’yorlari va chuqurligini uyg’unlashgan holda ta’sirini o’rganish, eng maqbul ekish me’yori va chuqurligini aniqlash hamda ishlab chiqarishga tavsiya berish g’allachilikdagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Download 410.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling