O’simliklar bo’yining o’sish dinamikasi. O’simlik bo’yini hisobga olish
uchun erta bahordan boshlab har oyning birinchi va o’n beshinchi sanasida model
o’simliklarda biometrik o’lchashlar amalga oshirildi. Kuzatishda (15 mart)
Mavlono navida urug’lar 3 sm chuqurlikka ekilganda o’simlik bo’yi 21,1 sm
bo’lib, ekish chuqurligi ortib borgan sari o’simlik bo’yining pastligi hisobga olindi,
ya’ni urug’lar 11 sm chuqurlikka ekilganda o’simlik bo’yi 15,2 sm yoki 3 sm
chuqurlikda ekilgandagiga nisbatan 5,9 sm past bo’lganligi qayd qilindi. Temur
navida ham ushbu muddatda o’simlik bo’yi mos ravishda 21,7 va 15,8 sm bo’lib,
analogik natijalar olindi. Bu urug’larning tuproqni chuqur qatlamiga tushganligi va
unib chiqish energiyasi pasayib ketganligi bilan izohlanadi.
Birinchi aprel holatiga o’simlik bo’yi ekish chuqurligiga mos ravishda
Mavlono navida 21,3-29,2 sm va Temur navida 22,3-30,3 sm ni tashkil etib, 15
kun davomida Mavlono navi o’simliklari 6,1-8,8 sm, Temur navi o’simliklari 6,5-
9,1 sm o’sganligi o’tkazilgan tahlillarda aniqlandi.
Urug’lar qanchalik chuqurga ekilgan bo’lsa, ularning dala unuvchanligi
shunchalik past bo’ldi va bahorgi oziqlantirish o’tkazilganda siyrak o’simliklar
qulay oziqlanganligi bois aprel oyidan boshlab ushbu variantlarda o’simliklar jadal
o’sganligi qayd qilindi (3.14-jadval).
15 aprel holatiga Mavlono navida o’simliklar bo’yi 49,3-54,6 sm ni tashkil
etib, jadal o’sgan (28,0 sm) o’simliklar tup soni kam bo’lib qolgan, ya’ni urug’lar
11 sm chuqurlikka ekilgan variantda, eng sust o’sish (21,2 sm) urug’lar yuza
ekilgan variantda qayd qilindi. Urug’lar yuza ekilganda tuplanish bo’g’ini tuproq
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
62
yuzasida bo’lib, o’simliklarning umumiy holati nisbatan ortda qolishiga sabab
bo’ldi. Analogik natijalar Temur navida ham qayd etildi. O’simliklarning
o’sishidagi bunday holat vegetasiya oxirigacha saqlanib qoldi.
3.14-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |