3.4. Urug’ ekish chuqurligining arpa navlarining o’sishi, rivojlanishi va
hosidorligiga ta’siri
O’tkazilgan ko’p sonli tajriba natijalarining ko’rsatishicha, kuzgi don
ekinlari urug’lari 2-5 sm chuqurlikkacha ekish maqsadga muvofiq (Gh.Sin, 1981).
Germaniyada kuzgi arpani 2-4 sm chuqurlikda ekish tavsiya qilinadi. Urug’lar
birmuncha yuzaroq ekilishi tuplanish bo’g’ini qulay shakllanishi uchun sharoitni
ta’minlay olmaydi va kam mahsulli o’simliklar paydo bo’ladi. Bundan tashqari,
tuproq ustki qismida namlik yetishmasligidan dala unuvchanligi keskin pasayib
ketadi.
N.G.Yankovskiy (2006) Shimoliy Kavkaz sharoitida kuzgi arpani 3 yil
davomida 1 m
2
maydonda qo’l yordamida 2 ,4, 6, 8, 10 smchuqurlikda, 400
dona/m
2
unuvchan urug’ hisobida sinab ko’rgan. Bunda urug’larning dala
unuvchanligiga arpani ekish davridagi tuproq namligi sezilarli ta’sir ko’rsatgan.
Qurg’oqchilik bo’lgan 1996 va 2000 yillarda tuproqning 0-10 sm qatlamidagi
namlik 13,2 va 14,4 %dan oshmagan, 1997 yilda esa mos ravishda 22,5 %ni
tashkil etgan.
Namlanish sharoitida noqulay bo’lganda turli chuqurliklarda urug’larning
dala unuvchanligi kam bo’lgan. Urug’lar 6 sm chuqurlikka ekilganda eng qulay
sharoit yaratilgan. Urug’larni 10 sm chuqurlikka ekilganda unuvchanlik sezilarli
kamaygan.
O’tkazilgan 3 yillik tajriba natijalariga ko’ra, eng ko’p mahsuldor poya
urug’lar 4 va 6 sm chuqurlikda ekilgan (414 va 386 dona/m
2
) variantda
shakllangan va bu ko’rsatkich kuzgi arpa hosildorligiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. 1
m
2
dagi eng yuqori don massasiga (529 va 545,5 g) kuzgi arpa urug’lari 4 va 6 sm
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
60
chuqurlikka ekilganda erishilgan. Urug’lar yuza yoki chuqur ekilganda ham don
hosili kamaygan.
Bahori arpa bo’yicha ham anologik natijalar olingan (A.A.Sokol, 1979).
Do'stlaringiz bilan baham: |