3-«B» guruh talabalari yunusova mohinur mamatov maruf adhamova marjonaning oila psixologiyasi fanidan mashg’ulot ishlanmasi


Download 44.58 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi44.58 Kb.
#1413888
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ADHAMOVA MARJONA




O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
SAN'ATSHUNOSLIK FAKULTETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA TA'LIM YO'NALISHI
3-«B» GURUH TALABALARI YUNUSOVA MOHINUR MAMATOV MARUF ADHAMOVA MARJONANING OILA PSIXOLOGIYASI FANIDAN
MASHG’ULOT ISHLANMASI
BAJARDI: Yunusova Mohinur Mamatov Maruf Adhamova Marjona
TEKSHIRDI: IKROMOV O.
NAVOIY-2023


Mavzu: Oilaviy hayotning farovonligiga bevosita ta’sir etuvchi omillar.


REJA:

TAYANCH TUSHUNCHALAR.
NAZARIY QISM
MUHABBAT VA RASHK HISLARI.
AJRALISHLAR VA UNING OQIBATLARI.
AJRALISHLARGA SABAB BO’LUVCHI OMILLAR.
XULOSA.

TAYANCH TUSHUNCHALAR

OILA
JAMIYAT


ER
XOTIN
SEVGI
NIKOH
RASHK
FARZAND
NIZO
MUHABBAT
AJRALISH
Predmeti: Oilaning ijtimoiy psixologik muhiti va yoshlarni oilaviy hayotga ko’nikmalarini tashkil etishi.
Vazifasi: Yoshlarni oilaviy hayotda bo’ladigan muammolar, qonuniyatlar haqida ilmiy tasavvurlar bilan tarbiyalash, ularni bu jarayonga tayyorlash.
Obekti: Er-xotinning oiladagi o’rni, oiladagi muammoli vaziyatlar.
Foydalanilgan metodlar: Aqliy hujum Ven diagrammasi savol javob metodlari.
Auditoriyaning o’zlashtirishidan kutilgan natija 90%
NAZARIY QISM
MUHABBAT VA RASHK HISLAR
Shunisi taassuflanarliki, hozirgi kunga qadar muhabbat tushunchasiga yagona ilmiy ta’rif, tavsif berilmagan, bevosita unga bag‘ishlangan ilmiy asarlar nihoyatda kam. Kishilar ongi- da bo‘lgani kabi badiiy asarlarda ham muhabbat haqidagi turlicha, ko‘pincha bir-biriga zid fikr va ta’riflarni uchratish mumkin.
Ba’zi mualliflar esa muhabbat hislarini sof ruhiyat kompo- nenti sifatida bayon etib, undagi fiziologik komponentni inkor etadilar. Fiziologik komponent hayvonlarga xos bo‘lgan or- ganik ehtiyojlarni qondirishdan iborat instiktning ifodalanishi sifatida idrok etiladi. Shu sababli ham ular odam hayvo- niy hirsdan, jinsiy intilishlardan ozod bo‘lishi kerak deb hisoblashadi va muhabbat hislariga biryoqlama yondashishadi. Klassik asarlarda jumladan qadimgi hind traktatida muhabbat- ga birmuncha to‘liq ta’rif beriladi: «Aql mayli hurmatni tug‘dirsa, qalb mayli do‘stlikni, tana mayli xohishni tug‘diradi. Aql, qalb va tana bir bo‘lib sevgi muhabbatni tug‘diradi». Volter: «Sevgi-muhabbat — bu ham qalb, ham aql va tanaga bir vaqtning o‘zida hujum qilinadigan eng kuchli, zavqli his- tuyg‘ulardan biridir», — deb ta’rif beradi. Bu ta’riflarni o‘zaro taqqoslash va ruhiy tahlil qilish, sevgi muhabbatda zaruriy ruhiyat komponenti bilan bir paytda fiziologik komponent ham hisoblanadi.
Qadimgi yunonlar sevgi-muhabbatni qanday yo‘nalishda ketishiga qarab ikki turga — «eros» va «agape»ga bo‘lganlar, vaholanki, ular muhabbatning ikki muhim tomonidir, ya’ni
«eros» — muhabbat obyektiga ega bo‘lishga, uni o‘ziniki qilib olishga qaratilgan bo‘lsa, «agape» — hissiyotni boshidan kechi- rayotgan shaxsning hissiyot obyektiga o‘zini bag‘ishlashdir. Ana shu hissiyot har bir odamda uchraydi. Shu hissiyotlarda qaysi biri ustunlik qilishiga qarab, kishidagi muhabbatni, aniqrog‘i hissiyotni boshidan kechirayotgan shaxsni va uning muhab- batdagi istiqbolini ham oldindan aytib berish mumkin. Basharti «agape» ustunlik qilsa, hissiyotning umri uzoq bo‘lishi va aksincha «eros» ustun bo‘lsa, tez orada hissiy qoniqish sodir bo‘lib, bunday odamdagi muhabbat hislarining umri nihoyatda qisqa bo‘lishi mumkinligi kuzatiladi.
Sevgi-muhabbat tuyg‘ularini D.A. Li bir necha turlarga bo‘ladi:
EROS — kuchli sevgi-muhabbat hislari bo‘lib, bu hislar asosida yotgan motiv muhabbat obyektiga jismoniy ega bo‘lish. Bunda jinsiy intilish yetakchilik qiladi.
LYUDUS — sevgi hislarini unchalik chuqur bo‘lmagan muhabbat o‘yini sifatida idrok qilinadigan, sevgi hislari obyekti oson almashishi mumkin bo‘lgan turi.
STORGE — tashqi ko‘rinishidan kuchli ifodalanmagan, ammo ishonchli muhabbat — do‘stlik turi.
PRAGMA (L+S) — lyudus va storgelardan iborat doimo ong nazoratida bo‘lgan, sevgan shaxsining manfaatlarini ko‘zlagan maqsadlari asosida yuzaga kelgan sevgi hislaridir.
MANIYa (E+L) — eros va lyudusdan iborat bo‘lib, sevgan kishi sevgi obyektidan tobeligi bilan xarakterlanadi. Ammo eros va lyudusdan bu turning farqi sevgan shaxsda o‘zi- ga ishonch hislari yetarli bo‘lmaydi.
AGAPE (E+S) — eros va storgelar yig‘indisidan iborat kuchli ifodalanadigan sevgan kishi muhabbat obyektiga hamma narsasini va hatto o‘zini ham bag‘ishlashga tayyor bo‘lgan his- lar turi va hokazo.
Kuzatishlarga ko‘ra erkaklarning sevgi muhabbat hislarida ko‘proq qismini eros va lyudus, ayollarda esa pragma, storge va maniya turlari tashkil etadi.
O‘smir va o‘spirin yoshidagi o‘g‘il va qiz bolalarda ko‘proq maniya turi, katta yoshdagilarda esa boshqa turlar kuzatiladi.
Bir shaxsning hayotida muhabbatning yuqoridagi bir necha turlari alohida kuzatilishi mumkin. Ba’zilarda esa faqat bitta tur uchraydi. Bizning fikrimizcha, muhabbat turlari sevgan va sevilgan kishilarning yoshiga, husniga, ma’lumotiga, madaniy saviyasiga, jamiyatda tutgan mavqeyiga, hayot tarziga, dunyo- qarashiga, qaysi muhitda tarbiya ko‘rganligiga, xarakteriga, jin- siy hulqiga, qarama-qarshi jins haqidagi tasavvuriga, nerv sis- temasiga, milliy psixologik xususiyatlariga bog‘liq. Ba’zi yigit va qizlarda sevgi hislari bir turda boshlanib, ma’lum vaqtdan so‘ng o‘zga turiga o‘tishi mumkin. Masalan: «Eros» turida boshlanib «agape»ga aylanish yoki «lyudus» tarzida yuzaga kelib, «storge» turiga o‘tishi mumkin.
Agar muhabbat turiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, erkin muhabbatning shakllanishi o‘rta asrlarga to‘g‘ri keladi. Xususiy mulkchilikning ravnaqi, antagonistik sinflarning mavjudligi, ayollarning huquqsizligi erkin muhabbatning ravnaq topishiga to‘sqinlik qiladi. «Layli va Majnun», «Tohir va Zuhra»,
«Farhod va Shirin», «Romeo va Julyetta» kabilarni erkin muhabbatning yuzaga kelishi va uning taqdiri haqidagi ilk asar- lar deb aytish mumkin.
Taraqqiy etgan jamiyatda yangi tartiblarga asosan yuzaga kelgan oila, erkak va ayol o‘rtasidagi mavjud tengsizliklarni yo‘qotish muhabbatning yuqori darajada ravnaq topishiga zaruriy shart-sharoit yaratadi.
Lekin afsuski, ba’zi yoshlar «erkin hayot», «erkin muhab- bat» kabi ruhiyat omillarini noto‘g‘ri tushunib, ma’naviy axloq- sizlikka mayl qo‘yishyapti, insonlar o‘rtasidagi eng nozik bo‘lmish jinsiy munosabatlardan esa «boylik orttirish», «go‘zal hayot» kechirish manbayi sifatida foydalanishmoqda. Bu axlo- qiy tubanlik, nosog‘lom dunyoqarash oqibatidir. Bu hol ba’zi oilalarda ma’naviy tarbiya masalasi unutib qo‘yilganligining, ayrim ta’lim-tarbiya muassasalari va ularning pedagogik jamoalarining o‘z vazifalarini yetarli darajada uddalay olmayot- ganliklari natijasidir.
Sevishganlar yoki oila qurayotganlarning o‘zaro muno- sabatlarini xarakterlovchi vaziyat, sharoitlardan biri bu — rashkdir. Sevikli odamidan ajralib qolish, uni yo‘qotib qo‘yish xavfini hech qachon boshdan kechirmagan odam rashkni qan- daydir tushunarsiz aqlsizlikdek tasavvur qilishi mumkin. Sevikli odamidan ajralib qolish nima ekanligini bir marta bo‘lsa ham boshidan kechirgan odam esa rashkchini osongina tushunadi va unga ma’lum darajada hamdardlik bilan munosabatda bo‘ladi. Oldingi vaqtlarda, ayniqsa sobiq ittifoq davrida (40—60-yillar- da) ayrim salmoqli adabiyotlarda, rashk — bu «o‘tmishning jirkanch qoldig‘i», «xususiy mulkchilik asosida tug‘ilgan past hissiyot»dir, odamning shaxsiy erkinligini va boshqa odamlar shaxsiyatini hurmat qilish darajasiga erishilsa, rashk haqidagi gaplar o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketadi, chunki bunaqa sharoit- larda uning yuzaga kelishi uchun hech qanday asos bo‘lmaydi, deb yozilar edi.
Haqiqatan ham, rashk aksariyat hollarda xususiy mulkchi- lik psixologiyasi izlarini o‘zida namoyon qiladi, ayrim odamlarda «rashk qiladimi — demak sevadi!» — degan qarash hozir ham mavjud. Ko‘pchilik odamlar uchun rashk — sevgi- ning o‘ziga xos zarur «ziravor»laridan biridir.
Hozirgi vaqtlarga kelib bu o‘tmish «qoldig‘i» asta-sekinlik bilan qayta oqlanmoqda. Nafaqat badiiy adabiyotlarda, balki publitsistik va ilmiy asarlarda ham bu hissiyotning yashashga, mavjud bo‘lishga haqqi borligi tez-tez qayd etilmoqda. O‘z navbatida A.I.Gersen rashk haqida gapirib, «Rashkni bir yoqla- ma qat’iy yo‘q qilib yuborish, shu bilan birga ayolga, erkakka bo‘lgan sevgini jinsga bo‘lgan sevgi bilan aralashtirib, uni bu- tunlay yo‘q qilib yuborishdir», — degan edi. Sevuvchi va shu sevgan odamiga nisbatan hech qachon rashkini his qilmagan, sevgan odami xulqiga nisbatan bee’tibor munosabatda bo‘lgan birorta odamni topish qiyin, rashk bu sevgini himoya qiluvchi vosita sifatida vujudga kelgan. Shuning uchun ham uni faqat sevgi bilan birgalikdagina yo‘qotish mumkin. Shoir Uyg‘un aytganidek:


Download 44.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling