3 bob. Axborotning kriptografik himoyasi


Download 265.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana16.01.2023
Hajmi265.39 Kb.
#1095792
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-маъруза

Kriptografiyaning tarixi. Ma’lumotlarni shifrlashning dastlabki 
ko‘rinishlaridan ming yillar avval foydalanib kelingan. Yaqin o‘n 
yilliklarga qadar foydalanilgan shifrlar klassik shifrlar deb atalgan. 
Kriptografiyani fan sifatida taraqqiy etishini aksariyat adabiyotlarda bir 
necha davrlarga ajratib, turli yondashuvlarga asoslanib o‘rganilgan. 
Masalan, ba’zi manbalarda hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar 
foydalanilgan shifrlar – klassik shifrlar davriga tegishli deb olingan. 


52 
Undan keyingi davr esa zamonaviy shifrlar davri deb yuritiladi. Biroq, 
hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar bo‘lgan davr juda uzoq bo‘lgani 
bois, ularni ham qismdavrlarga ajratish muhim ahamiyat kasb etgan. 
Shuning uchun, kriptologiyani fan sifatida shakllanishini quyidagi 
davrlarga ajratish mumkin: 
1. 
Qadimiy davr (qadimiy davr klassik shifrlari). Ushbu davrda 
klassik shifrlar asosan bir alfavitli o‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish 
akslantirishlariga asoslangan. Masalan, Sezar, Polibiya kvadrati usullari. 
2. 
O‘rta davr (o‘rta davr klassik shifrlari). Ushbu davrda shifrlar 
asosan ko‘p alfavitli o‘rniga qo‘yishga asoslangan bo‘lib, ularga Vijiner, 
Atbash usullarini misol sifatida keltirish mumkin. Ushbu davrdagi 
shifrlarning, birinchi davr shifrlariga qaraganda, bardoshligi yuqori 
bo‘lgan. 
3. 
1 va 2 – jaxon urushlari davri (1 va 2- jaxon urushlari 
davridagi klassik shifrlar). Ushbu davr kriptotizimlari asosan 
elektromexanikaga asoslangan bo‘lib, radioto‘lqin orqali shifrmatnni 
uzatish (Morze alifbosi) amalga oshirilgan. Mazkur davrga oid shifrlash 
usullariga 
Zimmermann 
telegrammi, 
Enigma 
shifri, SIGABA 
mashinalarini misol sifatida keltirish mumkin. 
4. 
Kompyuter davri (zamonaviy shifrlar). Ushbu davr shifrlari 
hisoblash qurilmalariga mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori xavfsizlik darajasiga 
ega. Zamonaviy shifrlarga misol sifatida DES, AES, 
ГОСТ Р 28147-89, 
IDEA, A5/1, RC4 (barchasi simmetrik) va RSA, El-Gamal (ochiq kalitli) 
larni keltirish mumkin. 

Download 265.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling