3 bob. Axborotning kriptografik himoyasi


Kriptografiyaning asosiy bo‘limlari


Download 265.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana16.01.2023
Hajmi265.39 Kb.
#1095792
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-маъруза

Kriptografiyaning asosiy bo‘limlari. Kriptografiyani quyidagi 
bo‘limlarga ajratish mumkin: 
1. 
Simmetrik 
kalitli 
kriptografiya. 
Simmetrik 
kalitli 
kriptografiyaning umumiy ko‘rinishi 3.1-rasmdagi kabi bo‘lib, 
ma’lumotni shifrlash va rasshifrovkalashda yagona kalitdan (simmetrik 
kalitdan) foydalaniladi. Shuning uchun simmetrik kalitli kriptotizimlarni 
– bir kalitli kriptotizimlar deb ham yuritishadi.  Demak, simmetrik kalitli 
shifrlash algoritmlaridan foydalanish uchun har ikkala tomonda bir xil 
kalit mavjud bo‘lishi zarur. Simmetrik kalit odatda bir tomonda hosil 
qilinadi va maxsus usullar asosida ikkinchi tomonga xavfsiz tarzda 
yetkaziladi. 
2. 
Ochiq kalitli kriptografiya. Ochiq kalitli kriptografiyada (yoki 
asimmetrik kriptografiya deb ham ataladi) ma’lumotni shifrlash qabul 
qiluvchining ochiq kaliti bilan amalga oshirilsa, uni rasshifrovkalash 
qabul qiluvchining shaxsiy kaliti bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun 


53 
ham ochiq kalitli kriptotizimlarni ikki kalitli kriptotizimlar deb ham 
yuritishadi. Ochiq kalitli kriptografiyaning umumiy ko‘rinishi 3.2-rasmda 
keltirilgan.
Ochiq matn
Shifrlangan matn
Shaxsiy kalit
Ochiq kalit
Shifrlash 
algoritmi
Rasshifrovkalash 
algoritmi
Ochiq matn
Jo
‘natuvchi
Qabul qiluvchi
3.2-rasm. Ochiq kalitli shifrlashning umumiy ko‘rinishi 
Ochiq kalitli kriptografik algoritmlar asosida ma’lumot almashinish 
uchun dastlab, jo‘natuvchi qabul qiluvchining ochiq kalitiga ega bo‘lishi 
kerak. Qabul qiluvchining ochiq kalitidan faqat ma’lumotni shifrlash 
uchun foydalaniladi va u bilan shifrmatnni rasshifrovkalashning imkoni 
mavjud emas. Xuddi shuningdek, shaxsiy kalit bilan ma’lumotni shifrlash 
imkoni ham mavjud emas. Shifrmatnni rasshifrovkalash esa faqat shaxsiy 
kalit egasiga joiz. Demak, shaxsiy kalit egasi tomonidan xavfsiz 
saqlanishi va o‘zidan boshqa hech kimga ma’lum bo‘lmasligi kerak. 
3. 
Xesh funksiyalar. Ma’lumotni xeshlash uning yaxlitligini 
kafolatlash maqsadida amalga oshirilib, agar ma’lumot uzatilishi 
davomida o‘zgarishga uchrasa, uni aniqlash imkoni mavjud bo‘ladi. 
Xesh-funksiyalarda 
odatda 
kiruvchi 
ma’lumotning 
uzunligi 
o‘zgaruvchan, chiqishda esa o‘zgarmas uzunlikdagi qiymatni qaytaradi. 
Zamonaviy xesh funksiyalarga MD5, SHA1, SHA256, O‘z DSt 
1106:2009 larni misol sifatida keltirish mumkin. 
Odatda 
kriptografiyada 
ma’lumotlarni 
shifrlashda 
(rasshifrovkalashda) ikki turdagi akslantirishlardan foydalaniladi. 
Ulardan biri o‘rniga qo‘yish (substitution) akslantirishi, ikkinchisi o‘rin 
almashtirish (permutation) akslantirishi. 
O‘rniga qo‘yish akslantirishi. Ushbu akslantirish sodda va 
zamonaviy simmetrik kriptografik algoritmlarning asosi hisoblanadi. 
O‘rniga qo‘yish akslantirishida, ochiq matn simvollari bir alfavitdan 
olinib, unga mos shifrmatn simvollari boshqa bir alfavitdan olinadi.


54 
Sodda ko‘rinishda olingan o‘rniga qo‘yish akslantirish amali 
asosida shifrlash uchun olingan matn quyida keltirilgan. Ushbu sodda 
shifrlash usuli Sezar nomi bilan mashhur. Masalan, agar ochiq matn 
“HELLO” ga teng bo‘lsa, unga mos holda shifrmatn “KHOOR” ga teng 
bo‘ladi. Mazkur holda shifrmatn alfaviti ochiq matn alfavitidan 3 ta 
pozisiyaga surish natijasida hosil qilingan va shuning uchun shifrlash 
kalitini 3 ga teng deb hisoblash mumkin (3.1-jadval). Rasshifrovkalash 
jarayonida esa shifrmatn simvollari shifrmatn alfavitidan olinib, unga mos 
ochiq matn alfavitidagi simvollarga almashtiriladi. Masalan, shifrmatn 
“ILUVW” ga teng bo‘lsa, unga mos ochiq matn “FIRST” ga teng bo‘ladi.
3.1-jadval 
O‘rniga qo‘yish akslantirishiga misol 
Och
iq
m
atn
A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z 
Sh
if

m
atn
D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z A B C 
O‘rin almashtirish akslantirishi. Ushbu akslantirishga ko‘ra, ochiq 
matn simvollarining o‘rni biror qoidaga ko‘ra o‘zaro almashtiriladi. 
Bunda ochiq matnda ishtirok etgan simvollar shifrmatnda ham ishtirok 
etib, faqat ularning o‘rni almashgan bo‘ladi (3.3-rasm).
1
2
3
4
5
6
7
8
1
2
3
4
5
6
7
8
Ochiq matn = “POSSIBLE”
Shifr matn = “SIPLOSBE”
3.3-rasm. Sodda o‘rin almashtirish usuliga misol 
 

Download 265.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling