3 bob. Axborotning kriptografik himoyasi
Download 265.39 Kb. Pdf ko'rish
|
2-маъруза
Bir martali bloknot. Bir martali bloknot (one time pad) yoki
“Vernam shifri” nomi bilan tanilgan kriptotizim bardoshli shifrlash algoritmi hisoblanib, tarixda keng foydalanilgan bo‘lsada, ko‘p hollarda amalga oshirishning imkoniyati mavjud bo‘lmagan. Uning bir martali deb 55 atalishiga asosiy sabab, undagi kalitning (bloknotning) bir marta foydalanilishi bo‘lib, uni aksariyat hollarda amalga oshirishning imkoni bo‘lmaydi. Masalan, ushbu shifrlash algoritmi 8 ta simvoldan iborat bo‘lgan alfavit bo‘lsin. Olingan alfavit simvollari va unga mos bo‘lgan binar qiymatlar 3.2 - jadvalda keltirilgan. Alfavit simvollari va ularga mos bit qiymatlari barcha uchun ochiq va sir saqlanmaydi. 3.2-jadval Ochiq matn chun tanlangan alfavit Simvollar B E I L O P S T Binar qiymat 000 001 010 011 100 101 110 111 Faraz qilaylik, biror qonuniy foydalanuvchi A bir martali bloknotdan foydalangan holda “POSSIBLE” matnini shifrlab, o‘z sherigi B tomonga jo‘natishi talab etilsin. Ushbu ochiq matnning binar qiymatdagi ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: P O S S I B L E 101 100 110 110 010 000 011 001 Bir martali bloknot usulida shifrlashda ochiq matn uzunligiga teng bo‘lgan tasodifiy tanlangan kalitdan foydalaniladi. Shifrmatn ochiq matn va kalitga XOR amalini qo‘llab hosil qilinadi (P – ochiq matn, K – kalit va C – shifrmatn): 𝐶𝐶 = 𝑃𝑃⨁𝐾𝐾. XOR amali (⨁) quyida keltirilgan: 0⨁0 = 0 0⨁1 = 1 1⨁0 = 1 1⨁1 = 0 Jadvaldan, 𝑥𝑥⨁𝑦𝑦⨁𝑦𝑦 = 𝑥𝑥 tenglik o‘rinligini ko‘rish mumkin. Bu esa bir martali parol bilan rasshifrovkalashda shifrmatnga kalitni XOR amalida bajarilishining o‘zi yetarligini ko‘rsatadi: 𝑃𝑃 = 𝐶𝐶⨁𝐾𝐾. Faraz qilaylik, A tomon 3.2-jadvaldagi ochiq matn uzunligiga teng bo‘lgan quyidagi kalitga ega bo‘lsin: 56 111 101 110 101 111 100 000 101 A tomon ushbu kalit asosida shifrmatnni quyidagicha hisoblaydi: P O S S I B L E Ochiq matn: 101 100 110 110 010 000 011 001 Kalit: 111 101 110 101 111 100 000 101 Shifrmatn: 010 001 000 011 101 100 011 100 I E B L P O L O A tomonidan jo‘natilgan shifrmatn B tomonda bir xil kalitdan foydalanib osongina rasshifrovkalanadi: I E B L P O L O Shifrmatn: 010 001 000 011 101 100 011 100 Kalit: 111 101 110 101 111 100 000 101 Ochiq matn: 101 100 110 110 010 000 011 001 P O S S I B L E Download 265.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling