3-bob. Global boz


Download 362.03 Kb.
bet14/20
Sana22.02.2023
Hajmi362.03 Kb.
#1222868
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
3-mavzu Global bozorda biznes yuritish

Ko‘pmillatli kompaniyalar (KMK) strategiyasini shakllan-tirishning shart-sharoitlari. M.Porterning xalqaro raqobat nazariyasi asosiy qoidalari
Xalqaro bozorga chiqish qo‘shimcha imkoniyatlar beradi, biroq shu bilan birga raqobat nuqtayi nazaridan yangi muammolarni ham vujudga keltiradi. Baynalmilallashtirish haqida qaror qabul qilishdan oldin quyidagi savollarga javob berish lozim:
1. Korxona xalqaro bozorga chiqish strategiyasini amalga oshirish uchun qaysi raqobatli afzalliklarga ega?
2. Potentsial muvaffaqiyat nuqtayi nazaridan geografik joylash-tirish strukturasi qanday bo‘ishi mumkin va lozim?
3. Bozorga kirib borish va faoliyat ko‘rsatishning qaysi shakllari tanlab olinishi lozim?
4. Xalqaro biznesni boshqarishning qaysi kontseptsiyasi tanlab olinishi lozim?
5. Firmaning xalqaro faollik xususiy strategiyalarida (moliyaviy, sotuv, ITTKI va h.k.) xalqaro miqyosda boshqaruv konstepstiyasi qanday aks ettirilishi va aniqlashtirilishi mumkin?
Birinchi savolga javob berishga M.Porterning xalqaro raqobat nazariyasi ancha yordam beradi. Ushbu nazariyaga muvofiq, raqobatli
68

afzallik kelgan mamlakat sharoitlariga uzviy bog‘liqlikda yaratiladi va qo‘llab-quvvatlanadi; kelgan mamlakat deb firma strategiyasi, asosiy mahsulotlar va va texnologiyalar ishlab chiqiladigan hamda zarur tajribaga ega ishchi kuchi mavjud bo‘lgan mamlakat tushuniladi. KMK ko‘plab mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatadi, biroq raqobatli afzallik-larning asosi bitta yoki kamdan-kam hollarda bir nechta mamlakat-larda shakllanadi.Firmalar quyidagi hollarda raqobatli afzallikka ega bo‘ladi:
kelgan mamlakatda ixtisoslashtirilgan resurslar va ko‘nikma-larni tezda to‘plash imkoni bo‘lsa;
kelgan mamlakatda potentsial mijozlarning joriy va istiqboldagi ehtiyojlari haqida ochiqroq va aniqroq axborot mavjud bo‘lsa;
kelgan mamlakatda ta’minotchi-korxonalar yoki turdosh korxonalar jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lsa;
kelgan mamlakatda milliy tadbirkorlik tizimi ushbu faoliyat sohasida raqobatli afzalliklarni yaratish va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilsa.
Sanab o‘tilgan omillar bir-biri bilan aloqada bo‘lib, tizim samarasini shakllantiradi. Bu barcha omillarning o‘zaro aloqalari sifatida milliy romb modelida13 aks etadi (q.4.3-rasm).

Download 362.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling