3-bob. Global boz
Download 362.03 Kb.
|
3-mavzu Global bozorda biznes yuritish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4. X alqaro stra t e g iya turlari
tarmoqlar
M. Porterning «Milliy romb» modeli. Korxona uning ta’minotchilari o‘z tarmog‘ida yetakchi bo‘lgan hollardagina jahon bozorida yetakchilikni saqlab qolishi mumkin. Ta’minotchilarning mahalliy raqobati ham ko‘rib chiqilayotgan korxonalar raqobatbardoshligini oshiradi, chunki yaxshi kommuni-katsiyalar tufayli yangiliklar kiritish sur’ati ortadi. M.Porter turdosh korxonalar o‘tasida raqobat mavjudligidan tashqari ular o‘rtasida geografik markazlashuv va uzviy bog‘liqlikka ham alohida e’tibor qaratgan. Bunday korxonalar guruhini u tadbirkorlik klasteri deb atagan. Detroyt rayonida avtomobilsozlik va 70 turdosh tarmoqlar yoki Kaliforniyaning Silikon vodiysida elektron sanoat korxonalarining mujassamlanishi klassik klasterlar hisoblanadi. Mazkur modellarni o‘ziga uslubda shakllanishi natijasida, “tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Keyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmog‘ining barqaror o‘sish tendensiyasi va xom ashyo etkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 3.4. Xalqaro strategiya turlari Firmaning jahon bozorida xalqaro faoliyatni amalga oshirishida quyidagi variantlar mavjud: 1) firmaning o‘z texnologiyalaridan foydalanish, mahsulot ishlab chiqarish va sotish huquqini xorijiy firmalarga berish; 2) o‘zining va boshqalarning sotuv kanallaridan foydalanib, mahsulot ishlab chiqarish va chetga olib chiqishni kuchaytirish; 3) ko‘pmilliy strategiyaga amal qilish, uning doirasida har bir mamlakat uchun uning iste’molchilari xohish-istaklari va raqobatli afzalliklariga javob beradigan alohida strategiya ishlab chiqiladi. Firmaning bitta mamlakatdagi harakatlari uning boshqa mamlakatdagi faoliyatiga bog‘liq bo‘lmaydi; 4) past xarajatlar global strategiyasiga amal qilish, bunda firma barcha strategik ahamiyatga molik jahon bozorlarida past xarajatli ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. Maqsad — jahon bozori doirasida raqobatchilar solishtirganda past xarajatlarga erishish; 5) global differentsiyatsiya strategiyasiga amal qilish, bunda firma jahon bozorida o‘zining doimiy imidjini yaratish maqsadida o‘z tovarlarini turli mamlakatlarda bir xil tavsfinomada differenstiyalaydi; 6) barcha mamlakatlarda faoliyat qattiq tartibga solinadi; 7) global fokuslash strategiyasiga amal qilish, bunda firma strategik ahamiyatga molik har bir milliy bozorda aynan bir xil «nisha»larga xizmat ko‘rsatadi; harakatlar past xarajatlar va differentsiyatsiya asosida muvofiqlashtiriladi. Litsenziyalar sotish jiddiy texnik ishlanmalarga ega bo‘lgan holda firma resurslarning etishmasligi yoki xorijiy tashkiliy tuzilmalar yo‘qligi sababli boshqa mamlakatlarda mustaqil faoliyatni amalga 71 oshirishga qodir bo‘lmagan hollarda maqsadga muvofiq. Texnologiyalardan foydalanish huquqi va patentlarni boshqalarga berishda firmalar royalti hisobiga daromad olish imkoniga ega bo‘ladi. Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va boshqa mamlakatlarga mahsulot eksportini oshirish jahon bozorida sotuvni yanada kengaytirish maqsadida yaxshi bir boshlang‘ich strategiya sifatida namoyon bo‘ladi. Bu chet el mamlakatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni minimal qilgan holda moliyaviy resurslarga ehtiyoj va riskni pasaytiradi. Bunday strategiyalar masalan, koreys kompaniyalari orasida keng tarqalgan: tovar mamlakat hududida ishlab chiqariladi, sotuv faoliyati esa mamlakat chegaralaridan tashqarida amalga oshiriladi. Download 362.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling