3-bob. Global boz
Download 362.03 Kb.
|
3-mavzu Global bozorda biznes yuritish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strategiya ishl a b chiqish
Tashqi muhit ta’siri tahlili
Firma salohiyati tahlilining oxirgi bo‘limi tashqi muhit ta’siriga taalluqli. Quyidagi jihatlarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq: a) ta’minot tizimidagi o‘zgarishlar va narx tebranishi; b) talab tebranishi; v) boshqa firmalar bilan taqqoslaganda raqobatli imkoniyatlar; g) jamoatchilik munosabati. Firmaning raqobatli imkoniyatlari unda mavjud bo‘lgan resurslardan samarali foydalanish natijasi hisoblanadi. Bu ularni tahlil qilish shu jihatdan uzil-kesil xulosa chiqarishga imkon berishini anglatmaydi, lekin u ayrim dastlabki solishtirma baholar uchun asos 63 bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Odatda kuchli salohiyat, chiqarilayotgan mahsulotni differentsiatsiyalash bilan birgalikda miqyos samarasi tufayli firmaning raqobatli afzalligini shakllantiruvchi xarajatlarni pasaytirish sharti hisoblanadi (garchi ba’zida xarajatlarning pasayishiga, aksincha, o‘sish sur’atini kamaytirishda – resurslarni oqilona tasarruf qilish, sifatning yomonlashuvi yoki soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash hisobiga erishiladi). Xalqaro raqobat sharoitlarida M.Porter turli (ilmiy-texnik, texnologik, tashkiliy, marketing) innovastiyalarni doimiy ravishda amalga oshirish, afzallikni yaratish va qo‘llab-quvvatlash jarayoniga firmaning qadriyatlar yaratish butun tizimini jalb etish, afzallik manbalarini takomillashtirish va strategiyalarga global yondashuvga o‘tishga alohida ahamiyat qaratadi. Shu bilan birga, xalqaro firmaning raqobatli afzalliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun faoliyat ko‘rsatayot-gan mamlakatda maksimal foyda olishni talab qilinadi, bularning keyingisi, agar firma o‘z muvaffaqiyatlari uchun uning milliy rombi ahamiyatini to‘g‘ri anglasa va uning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadigan bo‘lsa, firmaning xalqaro muvaffaqiyati uchun boshlang‘ich nuqtaga aylanishi lozim. Ko‘rsatilgan sohalarda o‘zining va boshqalarning yutuqlarini tahlil qilish boshqa firmalarga nisbatan raqobatli imkoniyatlarning obyektiv bahosini beradi. Strategiya ishlab chiqish Download 362.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling