3-bob. Global boz


Download 362.03 Kb.
bet7/20
Sana22.02.2023
Hajmi362.03 Kb.
#1222868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
3-mavzu Global bozorda biznes yuritish

Investorlarni jalb qilish na kafolat, na garov talab qilmaydi — ushbu holatda kredit berishdan ko‘ra boshqacharoq xarakterga ega bo‘lgan iqtisodiy asoslar kifoya qiladi: isbot obyekti muayyan chora-tadbir emas, balki firmaning butun faoliyati hisoblanadi. Ko‘p jihatdan mamlakatning kredit reytingi va firmaning nufuz bilan belgilanadigan firmaning ishonchliligi, ayniqsa, ikkinchi holatda katta rol o‘ynaydi. Ta’kidlab o‘tish joizki, Nizom kapitali (fondi) tushunchasi va u bilan bog‘liq qonunchilik mexanizmlarida ko‘zda tutilgan kreditni qaytarib berish kafolatlari mamlakatning huquqiy madaniyati bilan, ya’ni mos keluvchi huquqiy me’yorlarni ishlab chiqish va ularni ijro etishning majburiyligi bilan bog‘liq.
Mahalliy moliyaviy vositalarni jalb qilish imoniyati shu sababli muhimki, mamlakatda chet elliklarning Nizom kapitalida ishtirok etishi borasida cheklovlar bo‘lishi mumkin — bunda yoki davlat, yoki mahalliy biznes firmaning hamkorlariga aylanishi lozim (misol tariqasida mashhur oyoq kiyimi ishlab chiqaruvchi Bata Ltd firmasining Hindiston va Yaponiyadagi investitsion faoliyatini keltiramiz, bu erda uning korxonalardagi ulushi 100%ga intilishiga qaramay, ammo u mos ravishda 40% va 10%dan oshmagan); biroq
60

davlat – eng yaxshi mulk egasi, demak, hamkor ham emas, shu sababli baribir xususiy kapitalni jalb etish afzalroq.
Tahliliy bo‘limda foyda va dividendlarga nisbatan maqsadlarin korib chiqish ularning oldin tanlangan ekanligini nazarda tutadi. Haqiqatdan ham, firmaning moliyaviy salohiyati haqida suhbat agar bu jihat aniqlanmay qolib ketgan bo‘lsa, ma’noga ega bo‘maydi. Shu bilan birga, bo‘lajak tanlov xarakterining o‘zi ikkita prinsipial jihatdan farq qiluvchi yondashuvlarni ajratib ko‘rsatishga imkon beradi.

Download 362.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling